Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka
qarshi kurash deb hisoblaydi.
Zardushtiylik dinida
qo’riq
yer ochib, uni bog’u-rog’ga aylantirgan odam
ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog’lar,
ekinzorlarni, sug’orish inshootlarini buzganlar
katta
gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv
yashashni, halol mehnat qilishni o’rgatmoqchi bo’ladi.
Bunga ko’ra insonning bu
dunyodagi hayotiga yarasha
narigi dunyodagi taqdiri ham bo’lajak, har
bir inson
o’lgandan so’ng o’zining bu
dunyodagi qilmishiga
yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari
ko’p bo’lsa na xursandlik va na xafalik ko’rmaydigan
arosat joy –
misvongatuga tushadi.