Avesto yoki «Хo’rdak Avesto» kitobida jamlangan.
Avesto haqida eng muhim manba IX asrga oid
«Dinkard» (din amallari) asaridir. Unda Avestoning 21
kitobi to’la ta’riflab berilgan. Bu ta’riflar savobli ishlar
yo’riqnomasi, diniy marosimlar va rasm-rusumlar
qoidasi; zardushtiylik ta’limoti asoslari; dunyoning
Axura-Mazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni va
undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-
qoidalar; Zardushtning tug’ilishi va bolaligi; haq yo’lini
tutish; jamiyat a’zolarining haq-huquqlari; devlar, jinlar
kabi yovuz kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar
va boshqalardan iboratdir.
Hozirgi kunda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi
diniy jamoalar mavjud. Ular Hindistonning Mumbay
(Bombey, G’ujarot shtatlarida; 115 ming kishiga
yaqin), Pokiston, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, Kanada,
AQSh, Avstraliya va Eronning (Тehronda 19 ming
kishidan ortiq) ba’zi chekka viloyatlarida saqlanib
qolgan. Eron Islom Respublikasida zardushtiylik
diniga e’tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan.
Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma
nomidagi institut faoliyat olib boradi. Undan tashqari
Mumbayda
homiy
Dxalla
raisligida
dunyo
zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960
yilda zardushtiylarning I umumjahon kongressi
Тehronda o’tkazildi. Keyingi kongresslar Boybeyda
o’tkazildi.
Bizlar zardushtiylik dinini ma’naviy me’rosimiz
asoslaridan biri ekanligi, shu bilan birga jahon
madaniyati shakllanishiga ulkan hissa qo’shganligini
alohida ta’kidlashimiz lozim. Ingliz olimasi Meri
Boys shunday deydi: «Zardushtiylikning ulug’vor va
original ta’limotlari butun Yaqin Sharq hududiga
ta’sir etib, uning asosida iudaizm rivojlangan,
xristianlik va islom paydo bo’lgan”, shuningdek,
buddizmning maxayana oqimi ham zardushtiylikdan
oziqlangan. “Shuning uchun, – deydi u, – jahon
dinlarining
barcha
jiddiy
tadqiqotchilari
zardushtiylikni o’rganadilar”.
Zartushtiylikni o’rganish hozirgi kunlarda ham
faol olib borilayapti. Bizlarga shuni ta’kidlash
kerakki, bu sohadagi tadqiqotlar O’zbekiston
uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy
qadriyatlar va ko’p qatlamli diniy tajribada
mazkur dinning tutgan o’rni beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: |