o'zbek tili tarixini davrlashtirishga oid turkologiyadagi qarashlar
R e j a :
Masalaga kirishish.
Turkiy tillar tasnifi.
O`zbek tili tarixini davrlashtirish.
Qadimgi turkiy adabiy til.
Eski o`zbek adabiy tili.
Hozirgi o`zbek adabiy tili
Jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi o`zgarishlarni hisobga olmagan holda, adabiyot va san`at, fan va ijtimoiy tafakkur tarixi bilan bog`lanmay turib, o`zbek adabiy tilining tashkil topishi va rivojlanishini o`rganib bo`lmaydi. Chunki, adabiy til milliy madaniyat turlaridan biri sifatida jamiyat taraqqiyoti bilan bog`langandir.
O`zbek adabiy tili o`zining tashkil topishi va shakllanishining dastlabki davrlaridan boshlab hozirgi kunlargacha juda murakkab taraqqiyot yo`lini bosb o`tdi. Asrlar daomida o`zbek adabiy tilida yuz bergan o`zgarishlar asta-sekinlik bilan, miqdor o`zgarishlardan sifat o`zgarishlarga o`tish yo`li bilan davom etdi, yuzaga keldi. hunga ko`ra tilning ichki qurilishidagi o`zgarishlar bilan bog`liq ravishda o`zbek adabiy tilining rivojlanishi jarayonida bir-biridan farq qiladigan turlicha davrlar ajratiladi. Ma`lumki, adabiy til haqidagi fan jamiyatda xilma-xil itimoiy hodisalarning rivojlanish haqidagi, til va jamiyat, tilning rivojlanishiga har xil ijtimoiy-tarixiy va madaniy-ijtimoiy omillarning ta`siri to`g`risidagi ta`limotga asoslanadi. Til taraqqiyotining ichki qonuniyatlari haqidagi ta`limot tilning xalq tarixi bilan bog`liq holda rivojlanishi to`g`risida ta`limot bilan mahkam bog`liq bo`lib, ular bir-birini to`ldiradi.
Demak, yuqorida ko`rsatilgan qoidlar asosida o`zbek adabiy tili tarixi fanini tuzish, tashkil etish jarayonida davrlashtirish masalasi g`oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Ma`lumki, adabiy til tarixi shu tilda so`zlashuvchi xalq tarixi bilan adabiy tilning tuzilmasi, tarkibiy qurilishdagi o`zgarishlar bilan, shuni ngdek, uning ijtimoiy vazifalari o`zgarishi bilan uzviy ravishda bog`langandir. hu sababli o`zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish bo`yicha olimlar tomonidan ilgari surilgan nazariy fikrlar, umumiy qoidalar bir-biridan keskin farq qilmaydi. Bu esa adabiy til qurilishdagi o`zgarishlarning uning ijtimoiy vazifasidagi o`zgarishlar bilan yoki adabiy til tarixini xalq tarixi bilan mahkam bo`lganligining yana bir marta tasdiqlaydi.
O`zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish bir tomondan o`zbek xalqining tashkil topishi, etnik tarkibi, uning o`ziga xos murakkab tarixiy rivojlanishi jarayoni bilan bog`langan bo`lsa, ikkinchi tomndan qadimgi umumtarkiy adabiy til qurilishida hamda hozirgi turkiy tillar tasnifida o`zbek adabiy tilining tutugan o`rni, uning o`ziga xos xususiyatlari kabi masalalar bilan bog`langandir.
O`zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish bevosita turkiy tillar tasnif qilish masalasi bilan bog`liq. Chunki o`zining lug`at boyligi, tovush tarkibi va grammatik xususiyatlari jihatidan ko`pchilik turkiy tillar bir-biriga juda yaqin turadi. Ammo ular o`ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq ham qiladi. Bu xususiyatlarni aniqlash esa turkiy tillar tasnifi bilan bog`liqdir.
Davrlashtirish uchun o`zbek tili va unga urug`dosh bo`lgan turkiy tillarning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o`zaro munosabatlarini o`rganish va tasniflash zarur.
Turkiy tillarni o`rganish va tasniflash asosan XIX asrdan boshlandi. Turkiy tillarni tasniflashda ko`proq jug`rofiy nuqtai nazardan asos qilib olinadi. Ma`lumi, jug`rofiy tasnifda qardosh tillarning xududiy yaqinligi yondosh yashash sharoiti nazarda tutiladi. Ammo ularning ba`zilarida bu hodisaga qisman rioya qilmaslik hollari ham seziladi. Turkiy tillarni ilk bor ilmiy nuqtai nazardan tasnif qilgan olim V.V.Radlovdir. U o`zining tasnifida turkiy tillarni uch guruhga bo`ladi: 1) shimoliy guruh; 2) janubiy guruh; 3) qurama guruh.
So`nggi guruhni yana g`arbiy va sharqiy kichik guruhlarga ajratadi. V.V.Radlov o`zining keyingi taraqqiyotlarida bu tasnifni qayta ishlab chiqadi, yana ham takomillashtiradi va turkiy tillarni to`rt guruhga bo`ladi:
Sharqiy guruh (bunga oltoy va cho`lim tillari, xakas, shor, tuva va enasoy turklarining tillari kiradi);
G`arbiy guruh (bunga Sibir tatarlari, boshqird, tatar, qirg`iz, qozoq va qoraqalpoq tillari kiradi);
O`rta Osiyo guruhi (bunga uyg`ur va o`zbek tillari kiradi);
Janubiy guruh (bunga turkman, ozarbayjon va turk tillari kiradi).
A.N.Samoylovich esa turkiy tillarni tasnif qilishda fonetik prinsipga asoslanadi. U turkiy tillarni olti guruhga bo`ladi:
R.guruhi. Bu tillarda qadimgi turkiy tildagi 3 tovush keyincha u ga o`tgan tovush r tovushi bilan aytiladi: azak – ayak (oyoq)- ura kabi. Bu guruhga eski bulg`or va hozirgi chuvash tillari kiradi.
D.guruhi. Bu tillarda z tovushi d tovushi bilan aytiladi. Bu guruhga uyg`ur, tuva, qaragaz, salar tillari, qadimgi uyg`ur va urxun-enasoy turklari kiradi.
Tau guruhi. Bu tillarda to`g` so`zi tau tarzida aytiladi. Bu guruhga oltoy, qirg`iz, ko`mik, qarachay-balqar, tatar, boshqird, karaim, nuqay, qozoq yoki umuman shimoliy-g`arbiy turkiy tillar kiradi.
Taglik guruhi. Bunda so`z sShunday aytiladi. Bu guruhga eski o`zbek tili, hozirgi uyg`ur va o`zbek tillari – janubiy-sharqiy turkiy tillar kiradi.
Taglik guruhi. Bunda so`z sShunday aytiladi. Bu guruhga Xorazm o`zbek tili shevasi, qipchoq-turkman tillari kiradi.
Ol guruhi. Bunda bo`l fe`li o`l tarzida aytiladi. Bu guruhga ozarbayjon, turk, gagauz kabi janubiy g`arbiy turkiy tillar kiradi.
S,E. Malov o`z asarlarida turkiy tillar tasnifiga doir bir qator qiziqarli fikrlarni bayon qiladi. U mavjud tasniflarga qilingan o`zining qo`shimcha va ilovalariga eskirgan xususiyatlarning saqlanishi hamda yangi xususiyatlarning hosil bo`lishi jihatidan barcha turkiy tillarni to`rt guruhga bo`ladi:
Eng qadimgi tillar.
Qadimgi tillar.
Yangi tillar.
Eng yangi tillar.
S.E.Malov o`z tasnifi uchun turkiy tillardagi til orqali g.g va bir- necha orqali qator unlilarning old qator tovushiga o`tishi, qadimgi tillarda jarangsiz undoshlarning, yangi tillarda esa jarangli undoshlarning ko`pligi kabi fonetik hodisalarni o`z tasnifi uchun asos qilib oladi.
Mana shu tasnif asosida S.E.Malov turkiy tillarning rivojlanish tarixini uch davrga bo`ladi:
Turkiy tillarning d-lash davri. Bu hodisa qadimgi runiy va uyg`ur yozuvi yodgorliklari uchun xos xususiyatdir. So`z o`rtasi va oxirida U tovushi d tarzida aytiladi: adak (ayak),adir (ayir), kod(kuy) kabi.
O`tkinchi davr. Bu davrda turkiy tillar d-lash xodisasidan ya-lashga o`ta boshlaydi: kidim (kiyim, kedim) (keyin, adir) ayir kabi.
Turkiy tillarning y- lash davri. Bu davrda turkiy tillarning tabaqalanishi va ajralib chiqishi kuchayadi, alohida xalq tillarining tashkil topishga zamin tayyorlanadi.
Turkiy tillarni tasniflashda N.A. Baskakovning xizmatlari ayniqsa, samarali bo`ldi. Uning asarlariga turkiy tillarning ilmiy-nazariy jihatdan ancha mukammal geneologik tasnif beriladi. Bu tasnifga ko`ra turkiy tillar dastlab ikkiga bo`linadi:
G`arbiy xun tarmog`i;
Sharqiy xun tarmog`i
G`arbiy xun tarmog`i to`rt shaxobchaga bo`linadi:
Bulg`or shaxobchasi. Bunga qadimgi bulg`or, xazar va hozirgi chuvash tili kiradi.
Qipchoq shaxobchasi, Bunga qaraim, qo`mik, qirim tatarlari, tatar, boshqird, qoraqalpoq, qozoq tillari kiradi.
O`g`iz shaxobchasi. Bu shaxobchasiga qadimgi o`g`iz va hozirgi turkman, qaqauz, ozarbayjon, turk tillari kiradi.
Qarluq shaxobchasi. Bu shaxobcha tarkibiga qadimiy uyg`ur tili, eski o`zbek tili va hozirgi uyg`ur va o`zbek tillari kiradi.
harqiy xur tarmog`i ikki shaxobchaga bo`linadi:
Uyg`ur-o`g`iz shaxobchasi. Bunga qadimgi o`g`iz tili va hozirgi tuva, qaraqaz, yoqut, hakas, shor tillari kiradi.
Qirg`iz-qipchoq shaxobchasi. Bu shaxobchaga qadimgi va hozirgi qirg`iz tili va oltoy tillari kiradi.
N.A.Baskakov o`zining ana shu tasnif bilan bog`liq ravishda turkiy tillarning rivojlanish tarixini quyidagi davrlarga bo`ladi:
Oltoy davri (milodgacha III asrlar), turkiy tillar taraqqiyotining eng qadimgi ilk bosqichi bo`lib, bu davrning muayyan sanalari fan tomonidan aniqlangan emas. Chunki tarixiy hujjatlar yo`q.
Xun davri (milodiy Y asrgacha)
Qadimiy turk davri (Y-X asrlargacha)
O`rta turk davri (X-XY asrlar)
Yangi turk davri (XIX-XX asrlar)
Eng yangi davr (XIX-XX asrlar)
Dostları ilə paylaş: |