O'zbek tili tarixini davrlashtirishga oid turkologiyadagi qarashlar


O`zbek tili tarixini davrlashtirish



Yüklə 40,72 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü40,72 Kb.
#169432
1   2
o\'zbek tili tarixini davrlashtirishga oid turkologiyadagi qarashlar

O`zbek tili tarixini davrlashtirish

Turkiy tillarni tasniflash taraqqiyot tarixini davrlashtirish bilan bog`liq ravishda o`zbek adabiy tili tarixi ham olimlar tomonidan turlicha davrlashtirilgan. Jumladan, S.E.Malov o`zbek adabiy tili tarixini uch davrga bo`lib o`rganadi:





  1. Uyg`ur adabiy tili

  2. Chig`atoy adabiy tili

  3. Uyg`ur adabiy tili

Bu davrlashtirishga ko`ra hozirgi o`zbek adabiy tili chig`atoy adabiy tilidan kelib chiqqqan. Chig`atoy (eski o`zbek) adabiy tili esa o`z navbatida o`yg`ur adabiy tilidan kelib chiqqan.


A.N. Samoylovich o`zbek adabiy tilining tarixini uch davrga bo`ladi:

  1. Qoraxoniylar davri adabiy tili (X-XI). Bu davr koraxoniylar davlatida shakllangan va keng qullangan sharqiy turkiy adabiy til va shu tilda yoziladigan asarlar bilan ajralib to`radi.

  2. O`g`iz- qipchoq adabiy tili (XII-XX asrlar). Bu davr Xorazmda o`g`iz-qipchoq dialekti negizida rivojlangan g`arbiy turkiy adabiy til hamda bu erda yaratilgan asarlar bilan bog`langan.

  3. o`rta Osiyo turkiy adabiy tili (XIV-XX asrlar). Bu davr tili shu asrlar davomida turkiy- eski o`zbek adabiy tilida yaratilgan asarlar bilan bog`langan. Hozirgi o`zbek adabiy tili esa O`rta Osiyo turkiy adabiy tilining davomi deb qaraladi.

A.M.Shcherbak o`zbek adabiy tili tarixini to`rt davrda bo`lib o`rganadi:

  1. O`zbek adabiy tilining eng qadimgi davri (X-XIII asrlar). Bu davr asosan sharqiy turkiy adabiy til hamda ma`lum darajada g`arbiy turkiy adabiy til bilan bog`langan.

  2. O`zbek adabiy tilining o`rta –«Chig`atoy» tili davri (XIV-XVII asrlar). Bu davr tili asosan eski o`zbek adabiy tili hamda shu tilda yozilgan asarlar bilan bog`langan.

  3. O`zbek adabiy tilining yangi davri (XVII-XYIII asrlar). Bu davr xonliklar davri adabiy tillini qamrab oladi.

  4. O`zbek adabiy tilining eng yangi davri(XIX-XX asrlar).

O.Usmonov o`zbek adabiy tilining tarixini besh davrga bo`ladi:



    1. Qadigi turkiy tili davri (VI-IX asrlar)

    2. Qadigi o`zbek tili davri (IX-XIIasrlar)

    3. Eski o`zbek tilining ilk davri.(XIII-XIV asrlar)

    4. Eski o`zbek tili (XIV-XIX asrlar)

    5. Hozirgi zamon o`zbek adabiy tili.

G.Abduraxmonov o`zbek adabiy tili tarixini quydagicha davrlashtiradi.



      1. eng qadimgi turkiy til (VII asrgacha bo`lgan davr).

      2. Qadimgi turkiy til (VII-XI asrlar)

      3. Eski turkiy til (XI-XIII asrlar)

      4. Eski o`zbek adabiy tili.(XIV-XIX asrlar)

      5. Yangi o`zbek adabiy tili (XIX-XX asrlar)

      6. Hozirgi zamon adabiy tili.

Yuqorida bildirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda quyidagicha davrlashtirish mumkin:



    1. Qadimgi turkiy adabiy til davri(VII asrdan-XIII

asrgacha)

    1. Eski o`zbek adabiy tili davri (XIII-XIX asrlar)

    2. Hozirgi o`zbek adabiy tili davri (XIX-XX asrlar)

ADABIYOTLAR:



  1. Abduraxmonov G`., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1982.

  2. Abduraxmonov G`., Rustamov A. Navoiy tilining grammatik xususiyatlari. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1984.

  3. Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnika Bilge-kagana. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1966.

  4. Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnikov drevnetyurkskoy pismennosti VIII veka. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1971.

  5. www.ziyonet.uz

Yüklə 40,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin