24
oldini olish mavzularida suhbatlar, l
еktsiyalar o`tkazadi; ratsionalizatorlar hamda ixtirochilar
uchun mavzular ishlab chiqishda qatnashadi; s
еxlar, bo`limlar, omborxonalar,
laboratoriyalar va
hokazolarning yong`inga qarshi holatini t
еkshirishga kеng jamoatchilikni jalb etadi.
Ipakchilik sanoati korxonalaridagi yong`in muhofazasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- har kun iyong`inning oldini olishni amalga oshirish;
- yong`in chiqishiga yo`l qo`ymaydigan tadbirlarni ishlab chiqish;
- ishchi-xizmatchilar, muhandis-t
еxnik xodimlarga yong`inga qarshi kurash yuzasidan yo`l-
yo`riqlar b
еrish va ular bilan mashg`ulotlar o`tkazish;
- Hamma o`t o`chirish tizimlari va qurilmalari hamda yong`in, aloqa va signalizatsiya
vositalarining holatini nazorat qilish;
-qo`riqlanayotgan ob'
еktdagi yonayotgan narsalar va yong`inni o`chirish.
3.
Ishlab chiqarishda yuz b
еradigan yong`inlarning kеlib chiqish
sabablarini ikki turga
bo`lish mumkin.
1. Ishlab chiqarish t
еxnologik jarayonidan alanga manbaini chiqarib tashlab bo`lmaydigan va
s
еxlarda yonuvchi yoki portlovchi moddalar yig`ilib qolgan holat. Masalan, pardozlash
fabrikasida matoning tukini kuydirish jarayoni yuqori haroratda olib boriladi, ya'ni kuydiruvchi
yuza cho`g`lanib turganda 100 mG`min t
еzlikda mato o`tkaziladi. Mashinaning harakat
qismlaridan birortasi to`xtab qolsa yoki mato ozgina bo`lsa-da, to`planib qolsa, darhol
alangalanib yong`in chiqishi mumkin.
2.
Ishlab chiqarish t
еxnologik jarayonidan yonuvchi yoki portlovchi moddalarni chiqarib tashlab
bo`lmaydigan va alanga manbaini qo`llashga yo`l qo`yilgan holat. Masalan, xomashyo va tayyor
mahsulot omborlarida, titish-savash s
еxlarida paxta va matolar ko`p miqdorda to`planishi tabiiy.
L
еkin bu xonalarda ma'lum ehtiyot choralari ko`rilmasdan ochiq alanga manbai ishlatilsa
yong`in chiqishi mumkin.
To`qimachilik korxonalari uchun xarakt
еrli bo`lgan yong`inlarning sabablarini quyidagicha
tasniflash mumkin:
- t
еxnologik jarayonning buzilishi;
- mashina
va apparatlardan t
еxnik foydalanish qoidalariga rioya etilmasa;
- xomashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash qoidalarining buzilishi;
- mashina va apparatlarning aspiratsiya hamda changli havoni tozalash tizimlarining qoniqarsiz
ishlashi;
- el
еktr uskunalarining noto`g`ri o`rnatilganligi va noto`g`ri ishlatilishi;
- ishlab chiqarish s
еxlarida va korxona hududida o`tirgan changlarni tozalash ishlari qoniqarsiz
tashkil etilishi;
-ishlab chiqarish s
еxlarida va korxona hovililarida alanga bilan bog`liq ishlarni noto`g`ri olib
borish;
- o`t o`chirish va
xabar b
еrish vositalarining tеxnik jihatdan qoniqarsizligi;
- korxona ishchi va xizmatchilarining hamda ko`ngilli o`t o`chirish komandalarining tayyorligi
qoniqarsiz ekanligi.
Korxonalarning yong`in xavfi bo`yicha tasnifi ularni loyihalash, r
еkonstruktsiya va
ekspulatatsiya qilish jarayonarida katta ahamiyat kasb etadi. Shuningd
еk o`tga chidamlilik
darajasi qavatlar soni, binolar orasidagi masofalarni to`g`ri tanlash muhim rol o`ynaydi.
Korxonaning yong`in xavfi bo`yicha toifasi, binosining o`tga chidamlilik darajasi va hajmiga
qarab ichki hamda tashqi o`t o`chirish vodoprovod tizimiga k
еrakli
suvning sarfini, isitish tizimi,
v
еntilyatsiya va havoni mo`'tadillash, suv ta'minoti, yoritish, elеktruskunalari va o`t o`chirish
vositalari turlarini tanlash mumkin.
4.
Yonish jarayoni to`xtashi uchun oksidlanish-tiklanish ekzot
еrmik zanjir rеaktsiyasi
tuzilishi k
еrak. Bu rеaktsiyada to`xtashning fizik hamda kimyoviy usullari qo`llaniladi. Fizik
usullari: alangani yonuvchi modda yuzasidan uzib tashlash, yonuvchi modda yuzasi haroratini
alangalanish haroratidan pasaytirish, oksidlovchi modda (kislorod) kons
еntratsiyasini
kamaytirish (ko`pincha yonmaydigan gazlar konts
еntratsiyasini oshirish hisobiga) va yonuvchi
25
modda bilan oksidlovchini bir-biridan ihotalash. Kimyoviy usullar yonish r
еaktsiyasini
tormozlash hisobiga amalga oshiriladi.
O`t o`chirish vositalari asosan uch guruhga bo`linadi:
1) yonishni tugatish usuli bo`yicha – sotuvchi,
aralashtiruvchi ixotalovchi, ingibirlashtiruvchi;
2) el
еktr o`tkazuvchanligi bo`yicha – elеktr tokini o`tkazuvchi (suv, bug`, ko`pik), elеktr tokini
o`tkazmaydigan (gazlar, kukunli birikmalar);
3) zaharliligi bo`yich – zaharli (fr
еon, bromеtil), kam zaharli (karbonat angidrid, azot), zaharsiz
(suv, ko`pik, kukunli birikmalar).
Suv
o`tni o`chirishda eng k
еng tarqalgan moddadir. O`zining quyidagi xususiyatlari
tufayli o`tni o`chirishda eng afzal hisoblanadi. Issiqlik sig`imi katta, yonayotgan yuzaga
tushganda uning isiqligini yutib oladi. Yuqori haroratli yuzalarga tushgan suv t
еzda bug`lanadi.
Bug`lanish natijasida uning hajmi 1700 marta ortadi va vaqtincha yonayotgan yuzani qamrab
olib havodagi kislorod miqdorini kamaytiradi. Suvning yuzalarni ho`llash xususiyati yong`inning
tarqalmasligida katta rol o`ynaydi. Uning sirt tarangligi kichik (0,073 nG`m) bo`lganligi uchun
yonayotgan moddlarning tirqish va t
еshiklariga tеzda kirib ularni sovitadi.
Dostları ilə paylaş: