26
1)
Ishlab chiqarishning yong`in bo`yicha tasnifi.
2)
T
еxnologik jarayonlarning yong`inni o`chirish bo`yicha o`ziga xos tomonlari.
9-Mavzu: Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi
Rеja:
1. Fuqaro muhofasasi haqida umumiy tushuncha
2. Favqulodda vaziyatlar, uning sababchi omillari va xususiyatlari
3. Favqulodda vaziyatning tavsifi
4. Fuqaro muhofazasining vazifalari
1.
Fuqarolar muhofazasi- umumdavlat mudofa siyosatlaridan biri bo`lib, u har qanday
favqulodda holatlarda fuqarolarni, xalq xo`jaligi tarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning
muttasil ishlashini ta'minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini
bajarishda katta ahamiyat
kasb etadi.
FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishi asosan: favqulodda vaziyatlarni bartaraf
etish, fuqoralar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz bеrganda
ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat
siyosatini ishlab
chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi
harakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta'minlash,
fuqaro
muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahaliy davlat organlari faoliyatini
muvofiqlashtirib borish, maqsadli ishlab chiqarish va hakozalarga qaratilgan.
Shunday qilib, fuqoralar muhofazasi har qanday favqulodda vaziyatlarda fuqoralarni,
moddiy rеsurslarni muhofaza qilish, fuqoralarni qanday hatti-harakat etishi,
ularga qanday chora
tadbirlar bilan yordam bеrilishi, shikastlangan zonalarda qutqaruv va tiklov ishlarini olib
borish,ishlab
chiqarish tarmoqlar
ini muttasil ishlashini ta'minlash vazifalarini bajaradi. Zеro, еr
yuzida umimiy qirg`in qurollari, hujumkor qurollarning zamonaviy turlari mavjud ekan, shu
bilan birga tabiiy va tеxnogеn xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bo`lishligi muqarrar
bo`lganligidan har bir davlatda va uning barcha hududlarida fuqarolar muhofazasi davlat tizimi
tashkil etiladi va uning vazifalari aniq bеlgilanadi.
Dostları ilə paylaş: