Masalaning qo‘yilishi va maqsad funksiyani aniqlash.
1 Boshlang‘ich ma’lumotlarni aniqlash.
2 Masalaning sonli iqtisodiy matematik modelini tuzish.
3
Iqtisodiy masalaning qo‘yilishi
Qishloq xo‘jalik korxonalarining ishlab chiqarish tarkibini optimallashtarish masalasida, ekin maydonlari va chorvachilik tarmog‘ini shunday o‘lchamlarini toppish nazarda tutiladiki, xo‘jalikning mavjud ishlab chiqarish resurslaridan ratsional foydalangan holda, yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan maksimal daromad olish nazarda tutiladi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarining ishlab chiqarish tarkibini modellashtirish masalasini mohiyati, xo‘jalikning tarmoqlar bo‘yicha optimal ishlab chiqarish tarkiblari ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
Masalaning iqtisodiy-matematik modelini tuzishda xo‘jalik ekin maydonlari, chorva mollarining ayrim tur, guruhlari bo‘yicha bosh sonlari va iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarining ishlab chiqarish tarkibini modellashtirish masalasining iqtisodiy-matematik modelini tuzish uchun masalaning qo‘yilishini quyidagicha ifodalash mumkin: Qishloq xo‘jalik korxonasining ishlab chiqarish tarkibi bo‘yicha, dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarining shunday optimal o‘lchamlarini toppish talab qilinadiki, u xo‘jalikda mavjud resurslarga ko‘ra, mahsulotlarni yetishtirish va sotish rejalarni bajarilsihini ta’minlansin.

Optimallik mezoni. Qishloq xo‘jalik korxonalarining ishlab chiqarish tarkibini modellashtirishda, qaralayotgan iqtisodiy-matematik masalaning optimallik mezoni qilib, yalpi mahsulot ishlab chiqarishni maksimallashtirishni tanlash maqasadga muvofiq hisoblanadi.