Mavzu: Statistik modellashtirishda eng kichik kvadratlar usuli. Dinamik
dasturlash.
Dinamik dasturlashning tamoyili
Maqsad funktsiyasining koʼrinishi va oʼzgaruvchilarga qoʼyiladigan
cheklanish shartlari sistemasiga koʼra matematik dasturlash
asosan olti turga
ajratiladi:
1. Chiziqli dasturlash. Аgar maqsad funktsiyasi va oʼzgaruvchilarga qoʼyilgan
shartlar chiziqli (masalan
koʼrinishda boʼlsa, u holda dasturlash
chiziqli dasturlash deyiladi. Dasturlashning bu turi eng sodda va eng koʼp
oʼrganilgan boʼlib, u amalda eng koʼp qoʼllaniladi.
2. Chiziqli boʼlmagan dasturlash. Аgar maqsad funktsiyasi va oʼzgaruvchilarga
qoʼyilgan shartlar chiziqli boʼlmagan (masalan
) koʼrinishda
boʼlsa, u holda dasturlash chiziqli boʼlmagan dasturlash deyiladi.
3. Dinamik dasturlash. Аgar oʼzgaruvchilar vaqt oʼzgarishi bilan oʼzgarsa va
oldingi bosqichdagi natija undan keyingi bosqich natijasiga taʼsir koʼrsatsa, bu
holda matematik dasturlash dinamik dasturlash deyiladi.
Bu turdagi dasturlar iqtisodiy masalalarda koʼp uchraydi.
Bundan tashqari yuqoridagi uch turdagi dasturlashdagi oʼzgaruvchilarning qabul
qilish qiymatlariga koʼra:
1. Diskret dasturlashtirish. Bunda oʼzgaruvchilar, baʼzi diskret (uzlukli)
qiymatlarini qabul qiladi.
2. Butun sonli dasturlashtirish. Bunda oʼzgaruvchilar
faqat butun son
qiymatlarini qabul qilib, diskret dasturlashning xususiy holidir. (masalan
avtomobillar, binolar, pasajirlar).
3. Stoxastik dasturlashtirish. Аgar oʼzgaruvchilar va ularga quyilgan shartlar
ehtimoli miqdorlar boʼlsa, stoxastik dasturlash deyiladi.
Dinamik dasturlash — matematikaning koʻp bosqichli eng maqbul
(optimal) boshqarishga oid masalalar nazariyasi va ularni yechish usullarini
oʻrganuvchi boʻlimi. Bu yerda dasturlash tushunchasi "rejalashtirish", "qaror qabul
qilish", yaʼni "bir qarorga kelish" maʼnolarida ham qoʻllaniladi.
Bu prinsip
dinamik dasturlashning asosiy masalasini oxiridan boshlab yechishga imkon
beradi. Dinamik dasturlash chekli bosqichli jarayonlardan tashqari, uzluksiz davom
etadigan jarayonlar uchun ham ishlab chiqilgan. U texnika, kosmik parvozlar, xalq
xoʻjaligini rejalashtirishning turli masalalarida eng maqbul yechimlar topishga
imkon beradi. Dinamik dasturlash usuli
elektron hisoblash mashinalari,
kompyuterlar yordamida tatbiq qilinadi.
Dinamik dasturlash - bu matematik dasturlash bo'limlaridan biri bo'lib, unda
yechish jarayonini alohida bosqichlarga bo'lish mumkin. Ushbu bo'lish turli xil
printsiplarga muvofiq amalga oshiriladi. Ba'zi vazifalar vaqt bo’yicha,
boshqalarida boshqaruv ob'ektlari bo’yicha. Ba'zan bo'linish sun'iy ravishda
amalga oshiriladi. Ushbu yondashuv bizga bitta katta o'lchovli
muammoni kichik
o'lchamdagi ko'plab muammolarga bo’lish imkonini beradi. Bu hisoblash hajmini
2
sezilarli darajada kamaytiradi va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonini
tezlashtiradi. Dinamik
dasturlash tamoyili shundaki, eng optimal yo'lning har
qanday qismi optimaldir. Bu har bir bosqichda oldingi bosqichlarda topilgan
yo'lning qismlaridan foydalangan holda optimal yo'lni topishga imkon beradi.
Optimallashtirishning eng taniqli usullaridan biri bu o'tgan asrning elliginchi
yillarida amerikalik olim Richard Bellman tomonidan taklif etilgan dinamik
dasturlashdir. Dinamik dasturlashni ko'p bosqichli
qarorlar qabul qilish
jarayonlarini tahlil qilishda ishlatiladigan matematik protseduralar to'plami sifatida
aniqlash mumkin. O'z navbatida, qaror qabul qilishning ko'p bosqichli jarayoni
umumiy maqsadga erishishga qaratilgan izchil qarorlar
qabul qilinadigan faoliyat
sifatida belgilanishi mumkin. Dinamik dasturlashning mohiyati optimallashtirish
tamoyiliga asoslanadi. Buni shunday tariflash mumkin – optimal strategiya
shunday
xususiyatga egaki, dastlabki holat va yechim qanday bo'lishidan qat'iy
nazar, keyingi yechimlar dastlabki qarordan keyin yuzaga keladigan holat uchun
eng optimal strategiyaga ega bo'lishi kerak.