Elektron hisoblash mashinalari (EHM), ularning ishlash prinsipi va AT qurilmalaridan foydalanish. Kompyuterlarning asosiy va qo’shimcha qurilmalari.
Reja:
1.Elektron hisoblash mashinalari.
2.Ularning hisoblash prinsipi.
3.Qurilmalardan foydalanish.
4.Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari.
Elektron hisoblash mashinasi (EHM) — asosiy funksional elementlari (mantiq, xotira va boshqalar) elektron lampalar yoki yarimoʻtkazgichli asboblar, integral mikrosxemalardan tuzilgan hisoblash mashinasi. Birinchi EHM — analograqamli hisoblash mashinasi, raqamli hisoblash mashinasi 20-asr 40- yillarida paydo boʻlgan. 70- yillardan boshlab kompyuter keng rasm boʻla boshladi. EHM ning boshqa tipdagi hisoblash mashinalariga nisbatan afzalligi (tez ishlashi, ixchamligi, puxtaligi, jarayonlarning avtomatlashtirilishy va boshqalar) tufayli ilmiytexnika hisoblarida, axborotlarni ishlashda, avtomatik boshqarishlarda keng qoʻllanilmoqda (yana q. Kibernetika, Hisoblash texnikasi).
Ushbu Qonun EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini yaratish, ularning huquqiy himoyasi va ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi borasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar:
Oldingi tahrirga qarang.
ma’lumotlar bazasi — obyektiv shaklda ifodalangan hamda elektron hisoblash mashinalari (EHM) yordamida topish va ishlov berish mumkin bo‘ladigan tarzda bir tizimga solingan ma’lumotlar (masalan: maqolalar, hisob-kitoblar) majmui;
EHM uchun yaratilgan dastur — obyektiv shaklda ifodalangan hamda muayyan natija olish maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa kompyuter vositalarining ishlashi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar va ko‘rsatmalar majmui;
(1-moddaning birinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
boshlang‘ich matn — birorta dasturlash tilida yozilgan, biron-bir kompilyator qayta ishlamagan matn;
obyekt kodi — boshlang‘ich matnning mashina kodiga aylantirilishi natijasida yuzaga kelgan dastur;
EHM uchun yaratilgan dasturni dekompilatsiya qilish — EHM uchun yaratilgan dasturning tarkibiy tuzilishi va kodlanishini o‘rganish maqsadida obyekt kodini boshlang‘ich matnga aylantirishni o‘z ichiga oladigan texnikaviy usul;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining adaptatsiyasi — yuzaga kelgan muayyan sharoitda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining ishlashini ta’minlash maqsadidagina amalga oshiriladigan hamda (dekompilatsiya qilish oqibatida) muallifning boshlang‘ich matni o‘zgarishiga olib kelmaydigan qo‘shimchalar kiritish;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalash (qayta ishlash) — ularni adaptatsiya deb hisoblanmaydigan va boshlang‘ich matn o‘zgarishiga olib keladigan har qanday tarzda o‘zgartirish;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan nusxa olish — EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini har qanday moddiy shaklda bitta yoki ko‘proq nusxada tayyorlash hamda ularni EHMning xotirasiga yozish;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini tarqatish — EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining har qanday moddiy shaklda, shu jumladan tarmoqlar vositasida va boshqa usullar yordamida, shuningdek sotish, prokatga berish, ijaraga topshirish, qarzga berib turish, jumladan ushbu maqsadlarning istalgani uchun import qilish yo‘li bilan olingan nusxalaridan foydalanishni ta’minlash;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini bosib chiqarish (e’lon qilish) — EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining nusxalarini muallifning roziligi bilan nomuayyan shaxslar doirasiga berish (shu jumladan EHM xotirasiga yozish va bosma matn chiqarish yo‘li bilan berish);
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan foydalanish — ularni bosib chiqarish, ulardan nusxa olish, ularni tarqatish hamda xo‘jalik muomalasiga (jumladan, modifikatsiyalashtirilgan shaklda) kiritish yuzasidan boshqa harakatlarni amalga oshirish. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining bosib chiqarilganligi to‘g‘risidagi xabarlarni ommaviy axborot vositalarining ma’lum qilishi EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan foydalanish deb e’tirof qilinmaydi.
Vazifasi va afzalliklaridan qat’i nazar, obyektiv shaklda ifodalangan, bosib chiqarilgan hamda bosib chiqarilmagan, muallif (hammualliflar) ijodiy faoliyatining natijasi bo‘lgan, EHM uchun yaratilgan har qanday dasturlar va ma’lumotlar bazalariga nisbatan mualliflik huquqi tatbiq etiladi. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik huquqi toki aksi isbotlanmagunga qadar saqlanib qolaveradi.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
Ushbu Qonun bilan beriladigan huquqiy himoya:
har qanday dasturlash tilida va har qanday shaklda ifodalanishi mumkin bo‘lgan EHM uchun yaratilgan dasturlarning barcha xiliga (shu jumladan, operatsiya tizimlari va dasturiy majmualarga) nisbatan, boshlang‘ich matn va obyekt kodiga nisbatan ham, shuningdek ma’lumotlarni tanlash va tashkil etish bo‘yicha ijodiy mehnatning natijasi bo‘lgan ma’lumotlar bazalariga nisbatan tatbiq etiladi;
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalari yohud ularning biron-bir qismiga asos bo‘lgan g‘oyalar va prinsiplarga, shu jumladan interfeys hamda algoritm tashkil qilish g‘oyalari va prinsiplariga, shuningdek dasturlash tillariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4-modda. EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga yoki o‘zga rasmiyatchiliklarga rioya etish talab qilinmaydi.
Mualliflik huquqi obyekti bo‘lmagan materiallardan (asarlardan) tarkib topgan ma’lumotlar bazasiga nisbatan mualliflik huquqi ma’lumotlar bazasini yaratgan shaxslarga tegishli bo‘ladi.
Boshqa shaxsning mualliflik huquqi obyekti bo‘lgan materiallarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mualliflik huquqi bunday materiallarning har biriga nisbatan mualliflik huquqiga rioya qilingan taqdirdagina e’tirof etiladi.
Ma’lumotlar bazasiga kiritilgan materiallarning har biriga nisbatan mualliflik huquqi saqlanadi. Bu materiallar ma’lumotlar bazasidan qat’i nazar ishlatilishi mumkin.
2. Ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mualliflik huquqi boshqa shaxslarning ushbu ma’lumotlar bazasiga kirgan materiallar va asarlarni mustaqil ravishda tanlashi va tashkil etishiga monelik qilmaydi.
Huquq egasi o‘z huquqlaridan xabardor qilish maqsadida EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining birinchi bor bosib chiqarilishidan e’tiboran mualliflik huquqining uch qismdan: doira yoki kichik qavs ichiga olingan “S” harfi; huquq egasining nomi (ismi); EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi birinchi bor bosib chiqarilgan yil ko‘rsatilgan yozuvdan tarkib topgan himoya belgisini qo‘llashi mumkin.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan mualliflik huquqi ularning moddiy ashyosiga nisbatan mulk egaligi huquqi bilan aloqador emas. Moddiy ashyoga nisbatan bo‘lgan huquqlarni o‘zgalarga har qanday tarzda berish EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan mualliflik huquqlaridan birortasining o‘zgalarga o‘tib qolishiga sabab bo‘lmaydi.
5-modda. Mualliflik huquqining amal qilish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan mualliflik huquqining amal qilish muddatlari qonunchilikda ko‘zda tutilgan mualliflik huquqi normalariga muvofiq belgilanadi.
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Mualliflik, shaxsiy va mulkiy huquqlar
Oldingi tahrirga qarang.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik, shuningdek muallifning (mualliflarning) yoki o‘zga huquq egasining shaxsiy va mulkiy huquqlari amaldagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining muallifi (mualliflari) yoxud o‘zga huquq egasi EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalashni, shu jumladan dasturni bir dasturlash tilidan boshqa tilga o‘tkazishni amalga oshirish va (yoki) amalga oshirishga ruxsat etish borasida mutlaq huquqqa ham egadir.
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Mulkiy huquqlarni o‘zgalarga o‘tkazish
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar shartnoma bo‘yicha o‘zga jismoniy yoki yuridik shaxslarga to‘liq yoki qisman o‘tkazilishi mumkin. Shartnoma yozma shaklda tuziladi va unda albatta quyidagilar belgilab qo‘yiladi: EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan foydalanish hajmi va usullari, haq to‘lash tartibi va mukofot puli miqdori, shartnomaning amal qilish muddati.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar qonunda belgilangan tartibda meros bo‘lib o‘tadi.
8-modda. Xizmat vazifalarini bajarish tartibida yaratilgan EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar
Xizmat vazifalarini bajarish tartibida yoki ish beruvchining topshirig‘iga binoan yaratilgan EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar ish beruvchiga, basharti u bilan muallif o‘rtasidagi shartnomada o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tegishli bo‘ladi.
Haq to‘lash tartibi va mukofot puli miqdori muallif bilan ish beruvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga nisbatan mulkiy huquqlarga ega bo‘lgan tashkilot yoki korxona (mulkchilik shaklidan qat’i nazar) qayta tashkil qilinsa, tarqatib yuborilsa yoki tugatilsa, barcha mulkiy huquqlar tegishli ravishda sudning yoki tugatish komissiyasining qaroriga ko‘ra muallifga (mualliflarga), davlatga yoki boshqa huquqiy vorisga o‘tkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
9-modda. EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqi hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish
(9-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga nisbatan barcha shaxsiy va mulkiy yoki shartnomaga ko‘ra faqat mulkiy huquqlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning jismoniy yoki yuridik shaxslari dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga egadirlar. Huquq egasi EHM uchun yaratilgan dasturni yoki ma’lumotlar bazasini bevosita yoxud o‘z vakili orqali Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida yoki Ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) talabnoma berish orqali ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralgan talabnoma (matnda bundan buyon ro‘yxatdan o‘tkazish talabnomasi deb yuritiladi) EHM uchun yaratilgan bitta dastur yoki bitta ma’lumotlar bazasiga taalluqli bo‘lishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazish talabnomasini rasmiylashtirish qoidalarini Agentlik belgilaydi.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatdan o‘tkazish talabnomasi kelib tushgach, Agentlik kerakli hujjatlarning bor-yo‘qligi va qoidalarning talablariga qanchalik muvofiqligini tekshirib chiqadi. Tekshirish natijasi ijobiy bo‘lsa, Agentlik EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini tegishli Reyestrga kiritadi, talabnoma beruvchiga rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma topshiradi hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalariga doir ma’lumotlarni Agentlikning rasmiy axborotnomasida e’lon qiladi.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Talabnoma beruvchi Agentlikning so‘roviga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan ma’lumotlar rasmiy axborotnomada bosib chiqarilguniga qadar talabnoma materiallarini to‘ldirish, ularga aniqlik kiritish va ularni tuzatishga haqlidir. Tekshirish natijasi salbiy bo‘lsa, Agentlik talabnoma beruvchiga rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligini bildiruvchi hujjat topshiradi
3.
Quyosh energetika qurilmasi — quyosh radiatsiyasi (nuri)ni yutib, uning energiyasini issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Issiklik va elektr Quyosh energetika qurilmasiq. bor. Issiqlik Quyosh energetika qurilmasiq.da issiq suv, texno-logik bugʻ, chuchuk suv yoki sunʼiy sovuq hosil qilinadi. Elektr Quyosh energetika qurilmasiq. energiyani oʻzgartirish prinsipiga qarab, fotoelektrik (qarang Quyosh batareyasi), termoelektrik, termoemission yoki mashina siklli Quyosh energetika qurilmasiq. boʻlishi mumkin. Yuqori quvvatli (bir necha MVt li) Quyosh energetika qurilmasiq. koʻpincha Quyosh energetika st-yasi (quyosh elektr st-yasi) deb ataladi.
Quyi temperaturali Quyosh energetika qurilmasiq.da tabiiy zichligi — -0,8 kVt/m2quyosh radiatsiyasidan foydalaniladi. Mas, bunday Quyosh energetika qurilmasiq. yordamida olinadigan 60—70° li issiq suv binolarni isitishda, past temperaturada qaynaydigan suyuqliklar (fre-on, xlor, etil va boshqalar) ning bugʻi maxsus turbinalarni harakatlantirishda va sovitkich mashinalarida qoʻllaniladi.
Yuqori temperaturali Quyosh energetika qurilmasiq.da quyosh radiatsiyasi zichligi tabiiy zichlikka nisbatan 102—104marta kattalashtirilib, bir joyga toʻplanadi (fokuslanadi); buning uchun bir yoki bir necha koʻzgu yoxud linzalar toʻplamidan foydalaniladi (qarang Geliokonsentrator).
Quyosh energetika qurilmasiq. yerda va kosmosda qoʻllaniladi. Yerdagi Quyosh energetika qurilmasiq. tannarxining yuqoriligi va iqlim sharoitlarining chegaralanganligi tufayli kamroq ishlatiladi. Kosmik Quyosh energetika qurilmasiq.dan yer sunʼiy yoʻddoshlari va boshqa kosmik apparatlarini mus-taqil energiya bilan taʼminlashda foydalaniladi (yana q. Gelioqurilma).
4. Kompyuter Asosiy qurilmalari Monitor Qo’shimcha qurilmalari Sichqoncha Klaviatura Printer Kalonka Sistema bloki CD-Rom Skaner Protsessor Naushnik Mikrofon Disket Disk yuritgich Vinchester Modem Plotter Multimedia Kompakt disk Flash xotiraKompyuterning asosiy qurilmalari Monitor – kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur qismini ekranga yoritib berishni ta’minlaydi. Sistema bloki – himoya g’ilofiga o’ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. Klaviatura – kompyuterga turli ma’lumotva axbortlani kiritish imkonini beruvchi qurilma. Sichqoncha O’ng tugma – amallar ro’yxati(kontekst manyu)ni ochish imkonini beradi. Chap tugma – tanlash yoki buyruq berish imkonini beradi. Sichqoncha – boshqaruvchi buyruqlarni jo’natish imkonini beradi. Biror sirt bo’ylab harakatlantirilganda ichida joylashgan sharcha harakatga keladi, hosil bo’lgan signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda yurgichning mos harakatlari yuzaga keladi.
Tovush chiqarish qurilmalari Karnay (kalonka ) Kino, klip qo’shiq, musiqalardagi tovushlani tovush chiqarish qurilmalariTovush chiqarish qurilmalari Karnay (kalonka ) Kino, klip qo’shiq, musiqalardagi tovushlani tovush chiqarish qurilmalari deb ataluvchi karnay (kalonka) va quloqchin (naushnik)lar orqali eshitish mumkin Quloqchin
Disket – bir kompyuterdan Boshqasiga ma’lumotlarni ko’chirish uchun ishlatiladi. Disketga ma’lumot yozish uchun undagiDisket – bir kompyuterdan Boshqasiga ma’lumotlarni ko’chirish uchun ishlatiladi. Disketga ma’lumot yozish uchun undagi ma’lumotlarni o’qish uchun disk yuritguch (diskovod) qurilmasi yordamoda oshiriladi. Kompakt disk Flash-xotira – bu energiya talab qilmaydigan ko’p marta yoziladigan yarim o’tkazgichli hotiradir Kompakt disklardagi ma’lumotlarni o’qish CD-ROM qurilmasi ishlatiladi
Printer – ma’lumotlarni qog’ozga chiqarish qurilmasi. Lazerli printer – ma’lumotlarni chop etishda rang solinganPrinter – ma’lumotlarni qog’ozga chiqarish qurilmasi. Lazerli printer – ma’lumotlarni chop etishda rang solingan Maxsus barabanga elektr maydoni ta’sir ettirishdan foydalandi Purkovchli printer – qog’ozga Chiqariladigan ma’lumotlarni maxsus idishdagi suyuqlikni Juda kichik naycha teshigiga bosimli purkash yo’li bilan hosil qilinadi Bosma printer – qog’ozdagi Satr bo’ylab harakatlanadigan Maxsus qurilmaga o’rnatilgan Metal ignachalar qog’oz va qurilma orasiga o’rnatilgan Rangli tasmaga tegib, qog’ozda iz qoldirib ma’lumotlarni hosil qiladi
Skaner – fotosurat, grafik va matn hsklidagi axborotlarni Kompyuterga kiritish uchun Ishlatiladi. mikrofon –Skaner – fotosurat, grafik va matn hsklidagi axborotlarni deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |