Mavzu. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix14.01.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#79206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
26-27-mavzu Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish

Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning bo`g`inidan iborat bo`lib, u turli
guruhlarga, turlarga mansub hayvonlar, jonivorlar psixikasini, ularning xatti- 
harakatlarini 
o`rganadi. 
Hayvonlarning 
xatti-harakatini 
o‗rganish inson 
psixologiyasini chuqurroq va kengroq tushunishga olib kelishi mumkin. Biologik 
fanlar va ijtimoiy fanlar talabalari qiyosiy psixologiyani o‗rganishda foyda 
ko‗rishlari mumkin. 
Rus zoopsixologi V.A.Vanger (1849-1934) urg‘ochi o‗rgimchakning nomaqul 
bo‗lib qolgan instinktlari sharotida uning xatti-harakatlarini kuzatgan va tasvirlab 
bergan 
edi. 
Chunonchi, 
ko‗pincha 
o‗rgimchak pillasining ichidagini 
zararkunandalar yeb ketgan bo‗ladi. Lekin urg‘ochi o‗rgimchak bo‗shab qolgan 
pillani qo‗riqlashda va u yoqdan-bu yoqqa ko‗chirishda davom etadi. SHunday 


hollar ham bo‗ladi-ki, urg‘ochi o‗rgimchak pillani yasab va odatda tuxum qo‗yish 
chog‘ida bajariladigan harakatlarni bir necha marta takrorlab, amalda tuxum 
qo‗ymasligi ham mumkin. Shunday bo‗lsa-da, u kelgusi bosqichga, ya‘ni bo‗sh 
pillani qo‗riqlashga va uni u yoqdan – bu yoqga ko‗chirishga o‗tadi. Asalarilar 
reaktsiyasining maqsadga muvofiqligi ham nisbiydir. Agar mumkatakning orqa 
tomoni teshib qo‗yilsa, asalari yaroqsiz uyaga ma‘lum miqdordagi shirani to‗kib 
bo‗lgach, garchi uning ikkinchi tomonidan shira oqib ketadigan bo‗lsa ham mum 
bilan berkitib ketadi. Frantsuz tadqiqotchisi K.Fabri yer arisining bir qolipdagi 
maqsadga muvofiq bo‗lmagan xatti-harakatini kuzatgan edi. Yer arisi uyasining 
oldiga chalajon chigirtkani keltirib, barcha arilar singari uyasini tekshirish uchun 
kirib ketganida tadqiqotchi uning o‗ljasini yiroqqa surib ko‗yadi. Ari uyasidan 
chiqib, uni izlab, shoshib yana uyasining oldiga qo‗yadi va tekshirish uchun yana 
uyasiga kirib ketadi. Fabri arining uyasi oldidan chigirtkani qirq marta chetga surib 
qo‗yadi va ari qirq martasida ham o‗ljasini topib, uni olib kirish uchun uyasini 
tekshirgan. Bu misollar instinktning cheklanganligini ko‗rsatadi. 
Aql (intellektual) bosqichi hayvonlarning deyarli murakkab faoliyati bilan 
tavsiflanib, u aks ettirishning murakkab turidir. «Hayvonlarning borliqni psixik aks 
etish usuli intellektual faoliyatga o‗tishida alohida narsalargina emas, balki 
ularning munosabatlarini aks ettirish ham vujudga keladi. Hayvonlar 
rivojlanishning bu bosqichida, narsalar orasidagi bog‘lanishlarni aks ettira oladilar. 
Nemis zoopsixologi V.Kyolerning tadqiqotlarida maymunlarga yetib bo‗lmaydigan 
joyga xo‗rak qo‗yiladi. Xo‗rakdan yaqinroq, lekin bevosita yetib bo‗lmaydigan 
joyga uzun tayoq qo‗yiladi. Bu tayoqqa yetishish uchun qafasda qisqa tayoqcha 
bilan xo‗rakni olib bo‗lmaydi. Maymun esa birinchi bosqichda qisqa tayoq bilan 
uzun tayoqni oladi. Ikkinchi bosqichda esa uzun tayoq orqali xo‗rakni olishga 
muvaffaq bo‗ladi. A.N.Leontьevning fikricha, muvaffaqiyatsiz harakatlardan so‗ng 
to‗satdan javobni topishi aqliy xatti-harakatlarning yana xususiyatidir. Bu hodisa 
V.Kyoler tomonidan ―insayt‖-ravshanlashish deb atalgan. Aqliy xatti-harakat 
boshqa ikki xususiyati mavjud bo‗lib, bu topilgan muammoning yechimini tez 


eslab qolish va shu bilan shakllangan operatsiyalarni bir faoliyatdan ikkinchi 
faoliyatga o‗tkaza olishdir. 
Rus psixologi N.N.Ladigina – Kots (1889-1963) ning tajribalarida Paris degan 
shimpanze ichiga xo‗rak solingan naychani olishi bilanoq naychaning ichiga 
kiritish uchun yaroqli bo‗lgan, ishlatishga qulay qurolni tanlashga tushardi. Bunda 
Paris turli belgilarni-narsalarning shakli, uzunligi, kengligi, qalinligini ajrata 
bilardi. Agar mos keladigan narsa topilmasa Paris yonida yotgan daraxt 
shoxlaridan yon shoxlarini yulib olar, enli taxtadan payraxalar ajratib chiqar, 
buklangan simlarni to‗g‘irlar, xullas maymunlar «qurol» yasar edi. Biroq yuksak 
taraqqiy etgan maymunlardan «qurol yasash» faoliya-tining ahamiyatini oshirib 
yuborish yaramaydi. E.G.Vatsuro, N.NLadigina-Kotslar o‗tkazgan tajribalaridan 
ma‘lumki, shimpanzelar aynan bir xildagi vaziyatda, ya‘ni maqsadga erishish 
uchun ikkita tayoqni birlashtirish zarur bo‗lgan paytda o‗zlarini yo‗qotib 
qo‗yishadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin, ya‘ni shoxlarni g‘ajish, 
payraxalarni ajratish maymunning tabiatda bajaradigan harakatlaridir. Lekin 
maymunlar tabiiy sharoitlarda tayoqlarni bir-biriga ulab ish ko‗rmaydi. 
Ko‗p hujayrali hayvonlarda qo‗zg‘aluvchanlikning yangi shaklisezuvchanlik 
mavjuddir. A. A. Leontevning taxminiga ko‗ra sezuvchanlik genetik jihatdan 
olganda seskanuvchanlikning o‗zidir. U ham muxitning tashqi ta‘sirlariga javob 
berish asosida vujudga keladi. Faqat sezuvchanlik seskanuvchanlikga nisbatan 
yuqorirok bosqichdir. K.E.Fabri fikricha, psixik taraqqiyotning ikkinchi bosqichi 
ko‗p hujayrali hayvonlarga xosdir. Ko‗p hujayrali hayvonlarda aks ettirish bir 
muncha yuqori bo‗ladi. Bunday hayvonlarga kavakichlilar (gidra,meduza) ni 
kiritish mumkin. Ular ham bir hujayrali hayvonlar kabi suvda yashaydi. Lekin 
kavakichlilar o‗zining tuzilishi jihatdan bir hujayrali hayvonlardan ancha 
murakkabdir. 
Ularning 
murakkabligi 
hujayralarning 
bir-biridan 
farq 
qilganligidadir: tanasining tashqi qismidagi hujayralar qoplagich, ichki hujayralar 
esa hazm qiluvchi bo‗ladi. Evalyutsiya zanjirining yuqoriroq pog‘onasida turgan 
ko‗p hujayrali hayvonlarda tana tuzulishi ham ancha murakkablashadi, yer 
sharoitiga mos o‗zgarishlar yuz beradi, turli taassurotlarni aks ettiradigan sezgi 


organlari vujudga keladi, aks ettirish ham murakkablashadi. Tugunli nerv 
sistemasiga ega bo‗lgan hayvonlarda aks ettirish faqat shartsiz reflekslar orqaligina 
bo‗lmaydi, balki hayot davomida ta‘sirlanishning tug‘ma turiga nisbatan ancha 
yangi, serxarakat shakli – shartli reflekslar hosil bo‗ladi. Tugunsimon nerv 
sistemasining murakkabroq shakllari atrofni aks ettirish imkoniyatini oshiradi. 
Ancha 
murakkab 
tugunsimon 
nerv 
sistemasiga 
ega 
bo‗lganlardan 
o‗rgimchaksimonlar va hashoratlarni olish mumkin. Ularning organizmi ancha 
murakkab tuzilishga ega. hayvonlarning evolyutsiyasi natijasida ularning 
retseptorida 
ajralish 
(spetsializatsiya) 
yuz 
bera 
boshlaydi. 
Masalan, 
qisqichbaqaning uzun mo‗ylovi – tuyg‘u organi, kaltalari xid biluvchi organlardir. 
Hayvonlarga mansub shakllarda ta‘sirlanuvchanlikning yangi turi - sezuvchanlik 
paydo bo‗ladi. A. N. Leontevning gipotezasiga ko‗ra, sezuvchanlik «genetik 
jihatdan qaraganda, muhitning organizmni boshqa ta‘surotlar bilan bog‘lovchi, 
organizmni muhitda mo‗ljal olishiga yordam beruvchi, signal beruvchilik 
vazifasini o‗tovchi ta‘sirlarga javob ta‘siridan bo‗lak narsa emas. In‘ikos etish 
darajasi ko‗p hujayrali hayvonlarda ancha yuksakroqdir. Ko‗p hujayralilarning 
murakkabligi hujayralar ko‗pligida emas, har xilligidadir. Masalan, tanasining 
tashqi qismida sanchiladigan (chaqadigan) hujayralar joylashgan bo‗lsa, ichki 
qismi esa ovqat hazm qiladigan hujayralar bilan qoplangan. Ko‗p hujayralilarning 
organizmida, shuningdek organizmning biron bir qismida ro‗y bergan 
qo‗zg‘alishning o‗tkazgichi funktsiyasini bajaradigan alohida sezuvchan 
protoplazmali hujayralar o‗zaro birikib, hayvonning butun tanasiga yoyilgan nerv 
shoxobchasini tashkil etadi. Kovakichaqlilardagi qisqichlar - o‗ljani ushlab turish 
organlari yuksak darajada sezuvchandir. Organizmning turli qismida joylashgan 
hujayralar o‗rtasidagi bog‘lanishlar shartli reflekslar paydo bo‗lishiga, xotira 
jarayoni shakllanishiga olib kelgan bo‗lishi kerak. Evolyutsion zanjirda 
kovakichaqlilardan yuksak turadigan va bu yerda hayot kechiradigan ko‗p 
hujayralilarda hayot tarzining o‗zgarganligi munosabati bilan tananing tuzilishi 
murakkablashadi, qo‗zg‘atuvchilarning ma‘lum bir turlarini aks ettiradigan o‗ziga 
xos organlar - sezgi a‘zolari rivojlanadi, aks ettirish shakllari ham ancha 


murakkablashadi. Chuvalchangning har bir segmentida (murakkablashgan 
bo‗g‘inida) nerv hujayralarining tugunlari - gangliylari mavjud bo‗ladi. 
Gangliylardan biri yetakchi, asosiy bo‗lib, organizmning istalgan qismida yuz 
beradigan qo‗zg‘alishlarni jamlaydi, ularni tahlil qiladi, boshqa hujayralarga 
o‗tkazadi, impulslarni segmentlarning mushak apparatiga yo‗naltiradi. Hatti-
harakatlarning 
instinktiv 
shakllari 
Chuvalchanglarning 
hattiharakatlari 
kovakichaqlilardan ko‗ra ancha murakkabroqdir. Chuvalchanglarga faol tarzda 
qidirish xususiyati xosdir. Bu ulardagi shartsiz refleks elementlaridan dalolat 
beradi. Ayrim chuvalchang urg‘ochisi tuxumini o‗zi bilan olib yuradi, harakatlanib 
kislorod bilan ta‘minlaydi, yoki ayrimlari o‗ziga juft tanlash uchun uzoq yo‗l 
bosadi va hokazo. Biroq shartsiz reflekslar faqat tashqi muhitning muqarrar tarzda 
qat‘iyan barqarorligi sharoitida hosil bo‗ladi; muhit esa doimo o‗zgarib turadi va 
shuning uchun ham tug‘ma taasurotlarning genetik jihatdan programmalashtirilgan 
holda yoyilishiga to‗sqinlik qilishi mumkin. Gangliy funktsiyali nerv tizimiga ega 
bo‗lgan hayvonlarning aks ettirish imkoniyatlari shartsiz reflekslar bilangina 
cheklanmaydi. Hayot kechirish jarayonida ularda tug‘ma reaktsiyalarga nisbatan 
yangi, ancha harakatchan reaktsiya shaqllari - shartli reflekslar paydo bo‗ladi. (T-
shaklidagi labirintdagi chuvalchang harakatini misol qilish mumkin. «T» 
shaklidagi labirintda joylashtirilgan chuvalchang berilgan ta‘sirga javobini tajriba 
120-180 marta takrorlangandan keyingina o‗zgartirgan). Bo‗g‘im oyoqlilarda, 
ayniqsa hasharotlarda muhitning muayyan sharoitlariga munosabat bildirishining 
murakkab, tug‘ma shaqli - instinktlar mavjuddir. Instinktlar - izchil ravishda bir 
qancha moslashuvchi harakatlarni keltirib chiqargan holda xalqasimon xarakter 
kasb etadi. (O‗rgimchak tuxumi uchun pilla yasab o‗zi bilan olib yuradi, bolalari 
mustaqil harakatlana boshlashi bilan tashlab ketadi). Asalarilarda guruhiy hatti-
harakatlar bilan bog‘liq bo‗lgan eng murakkab instinktlarni ko‗ramiz. Asalari 
uyasida bitta ona ari, bir necha o‗nlab erkak va bir necha yuzlab bepusht ishchi 
arilar bo‗ladi, hammasining ishi turlicha taqsimlanganday (er arisi ovqat topib 
kelishini, uyani qarab chiqishini frantsuz olimi K. Fabri kuzatgan). K.Fabri arining 
bir qolipdagi, maqsadga muvofiq bo‗lmagan hatti-harakatini kuzatgan. Yer arisi 


o‗z uyasi oldiga chalajon chigirtkani keltirib,uya oldiga qo‗yadi va ichkarini qarab 
chiqish uchun kirib ketadi, shu vaqt tajriba o‗tkazuvchi Fabri chigirtkani boshqa 
joyga olib qo‗yadi, ari chiqib qarasa chigirtka o‗rnida yo‗q, qidirib topadi va yana 
uyasi oldiga olib kelib qo‗yadi va uya ichiga kirib ketadi, olim yana olib qo‗yadi va 
hokazo. Bu holat 40 marta takrorlanadi. Rus zoopsixologi V.A.Vagner (1849-
1934) urg‘ochi o‗rgimchakning nomaqbul bo‗lib qolgan instinktlari sharoitida 
uning hatti-harakatlarini kuzatgan. (O‗rgimchak pillasi ichidagini zararkunandalar 
yeb ketsa ham ona o‗rgimchak qo‗riqlab yuraveradi). Bu misollar instinktning 
cheklanganligini ko‗rsatadi. Instinktiv harakatlar muayyan shart-sharoitlarga qat‘iy 
bog‘liq bo‗ladi. Instinktiv harakatlar undan standart shart sharoitlar o‗zgarishi 
bilanoq o‗zining maqsadga muvofiqligini yo‗qotadi. Shunday qilib, hatti-
harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga 
muvofiqdir. Jonzotning individual hayot kechirishi jarayonida orttirilgan va tug‘ma 
hatti-harakat programmasining puxta bajarilishini ta‘minlaydigan tajriba 
instinktlarining rivojlanishiga yordam beradi. Shartli bog‘lanishlar faqat fe‘l-
atvorning instinktiv hatti-harakatlar programmalari doirasida hosil bo‗ladi. (O‗z 
nasli uchun qayg‘urish instinktini - baliqlarda, o‗zini himoya qilish instinktini-
skuns degan hayvonning o‗zidan yoqimsiz hid chiqarib o‗zini himoya qilishida 
ko‗rishimiz mumkin). Sodda hayvonlarga qaraganda umurtqali hayvonlarda shartli 
bog‘lanishlar mislsiz ko‗p hosil bo‗ladi. Hayvon evolyutsion taraqqiyotning yuqori 
bosqichiga ko‗tarilgan sari hosil bo‗ladigan shartli bog‘lanishlari ham shuncha 
murakkabrok va yana ham nafisroq bo‗lishi mumkin. Asalarida yana ham 
murakkabrok instinktlarni ko‗ramiz. Ma‘lumki bir asalari uyasida tuxum 
ko‗yadigan katta ona ari, bir nechta erkak ari va juda ko‗p ishchi arilar bo‗ladi. Eng 
murakkab qiliqlar ishchi arilarda bo‗ladi. Ular yoshi o‗zgara borishi bilan oilada 
turli ishlarni bajaradi: uy tozalaydi, lichinkalarni ovqatlantiradi, uy quradi, ovqat 
yig‘adi, eshik oldida qorovullik qiladi. Yosh hayvonlar instiktiv xarakatlarini 
kuzatganimizda ularning xatixarakatlari xech kanday o‗rgatishsiz yuz berishini, 
ya‘ni ota- bobolarining xarakatlarini o‗z- o‗zidan takrorlab ketaverishini kuramiz. 
Lekin yoshlarning xarakatlari kattlarinikiga nisbatan bir muncha yomonrok buladi. 


Nasldan o‗tgan xarakatlar pragrammasini anik bajarish asosida va tajribaning 
ortishi tufayli instinktlar o‗sib boradi. Xarakatlarning instinktiv shakli fakat 
bugimoѐklilarda emas, balki barcha umirtkali xayvonlarda (balik, anfbiya, kush va 
xashoratlarda) kurish mumkin. Ularda jinsiy, ovkatlanish, ximoyalanish instinktlari 
kuplab uchraydi. SHunday kilib hayvonlarning instinktiv xarakatlarini 4 guruxga 
bulish mumkin: Ovkatlanish instinkti – xayvonlarning uz va bolasi uchun ovqat 
qidirib topish, ovqat g‘amlash xarakatlari. Ximoyalanish instinkti - hayvonning uz 
hayotini va omonligini saqlash xarakatlarida ifodalanib, u ikki ko‗rinishda sodir 
bo‗lishi mumkin. Birinchisi, dushmanga xujum qilish, ikkinchisi , uzini ximoya 
qilish. Xar bir hayvon uzini dushmandan saqlash uchun biror organidan ( shoxlari, 
tuѐklari, 
tish- 
tirnoklari, 
tikonlari 
kabi 

yoki 
zaxarli 
suyuklikdan 
foydalanadi.Masalan, afrika kobrasi uz zaxarini 3,5 m masofaga ota oladi. Nasl 
koldirish instinkti. Bu ota –onalik instinkti sifatida ko‗rinib nasl- avlod uchun 
g‘amxurlik qilish, uni ma‘lum vaqtgacha ovqat bilan ta‘min etish, xav- xatardan 
saqlash, o‗z bolalarini parvarish qilish tug‘ma maxoratiga ega bulib, o‗z naslining 
kelajagi haqida g‘amxo‗rlik qiladi. To‗da bo‗lib yashash instinkti. Bu instinkt 
hayvonlarining turli usullar bilan o‗zaro aloqa qilishida,xilma –xil shaklda 
birgalashib, to‗dalashib, poda bo‗lib, gala bo‗lib yashashlarida zoxir bo‗ladi. 
Yukori darajadagi hayvonlarda birinchi o‗rinda yangi, bir muncha plastik, ya‘ni 
sharoitga qarab o‗zgara oladigan xatti-xarakatlar chiqadi. Ular olamni ancha keng 
aks ettirish imkoniyatini beradi. Hayvonlar tarakkiyotining kanchalik yuqori 
bosqichida tursa ular turli muvvaqat bog‘lanishlarni shunchalik tez hosil qiladilar. 
Olamni aks ettirishning bundan keyngi bosqichi individual xayot tajribalari asosida 
hosil qilingan bir muncha murakkab, shu bilan birga,plastik xarakatlar tufayli 
bo‗ladi. Individal plastik xarakatlar uchun muxitni, shu paytdagi sharoitni analiz va 
sentiz kilish xosdir. Jonli materiya aks ettirishning rivojlanishida navbatdagi 
bosqich hatti-harakatning yangi belgilarini mustaqil hosil qilishga asoslangan. 
Nafis-o‗zgaruvchan-plastik individual hatti - harakatning yanada murakkabroq 
shakllarini keltirib chiqaradi.(Tovuqqa don sepib oldini to‗r bilan to‗sib qo‗yilsa, 
o‗zini bir necha marta sim to‗rga uradi, keyin o‗tish joyini topib oladi.). Yuksak 


taraqqiy etgan hayvonlarda hatti-harakatning instinktiv shaklari bilan bir qatorda 
o‗zgaruvchan individual shakllari - malakalar va intellektual hatti-harakatlar ham 
mavjud bo‗ladi. Malakalar deganda hayvonlarning shartli bog‘lanishlariga asosan 
bajaradagan va avtomatik tarzda takrorlanadigan hatti-harakat tushuniladi. 
(quyonning nog‘ora chalishi,zanjirdagi bog‘liq itning keyingi oѐg‘i bilan yemishini 
tortib olishi). Ayniksa sut emizuvchilar sharoitni ancha yaxshi taxlil kila oladilar 
va o‗zgargan muxitga o‗z xarakatlarini moslashtira oladilar. Yukori darajadagi 
hayvonlarda instinktiv xarakat bilan bir qatorda tez o‗zgaruvchan individual 
xarakatlar – malakalar va faxm bilan aloqador xarakatlar ham mavjud bo‗ladi. B. 
Keller maymunning xarakatlarini batafsil kuzatib «Yukori darajada tashkil topgan 
hayvonlar sharoitni analiz qasosida faxm bilan aloqador xarakatlar qila oladi» 
degan xulosaga kelgan. Keyinchalik amerika psixologi Ierks, avstriya psixologi 
K.Byuler, gollandiyalik psixolog Boytendayk xam maymunlar bilan tajribalar 
utkazib yukoridagi fikrni tasdikladilar. Xayvonlardagi faxm bilan alokador 
xarakatlarni o‗rganish masalasi bilan rus olimlari xam shugullangan. Bu ishni 
dastlab zoopsixolog-darvinist olim V.A.Vagner boshlab bergan edi. Keyinchalik 
esa I.P.Pavlov, N.N.Ladigina-Kots, N.Yu.Voytonis, G.Z.Roginskiy, L.S.Vigotskiy, 
A.N.Leontьev kabi olimlar bu ishni davom ettirdilar. Ayniksa LadiginaKotsning 
shimpanze bolasi bilan psixikasining rivojlanishi ustida utkazgan tadkikotlari 
butun jaxonga mashxurdir. Rus olimlarining kalamushlar, tovuklar, karga, it va 
maymunlar ustida olib borgan tadkikotlari xayvonlarda psixikaning rivojlanish 
boskichlari, ularda kunikmalar xosil bulishi va faxm bilan alokador xarakatlar kila 
olishini bilishda juda katta axamiyatga ega buladi. Odamsimon maymunlar kuplab 
faxm bilan alokador xarakatlar kila olishda boshka xayvonlar ichida aloxida urinda 
turadi. Masalan, odamsimon maymunlarning bir turi primatlar boshka sut 
emizuvchi xayvonlarga karaganda fakat ovkat manbalarinigina emas, balki xamma 
turdagi narsalarni timirskilab, tekshirib kurishga juda ustadir. Bunday kizikishni 
I.P.Pavlov «sabotli», «begaraz kizikuvchanlik», «sinchkovlik impulьsi» deb atagan 
edi. Maymundagi ana shu xususiyat, buning ustiga ularda kuzning yuksak darajada 
tarakkiy kilganligi ularning idrok doiralarini bekiѐs ravishda kengaytiradi, tajriba 


boyliklarini nixoyada oshirib yuboradi va kunikmalarning tarkib topishida, 
murakkab xarakat shakllarining vujudga kelishida boshka xayvonlarga karaganda 
unga keng imkoniyatlar yaratadi. Boshka xayvonlarga karaganda maymunlarda 
tekshirish refleksining kuchliligi ulardagi kul tipidagi oѐkning mavjudligidir. 
CHunki ular «kul» ѐrdamida tevarak-atrofdagi narsalar bilan juda murakkab 
munosabatlarga kirishish imkoniyatiga egadir. SHuning uchun ularda boshka 
xayvonlarda bulmagan vaktli boglanishlar kuplab xosil buladi. Xayvonlar xam 
uzaro munosabatda buladilar va bir-birini tushunadilar. Xatto ganglioz nerv 
sistemasiga ega bulgan xayvonlar xam kattakatta galaga uyushib xaѐt kechiradi. 
CHumolilarning tili yanada murakkabdir. Olimlarning utkazgan tadkikotlaridan 
ma‘lum bulishicha, chumolilar bir-birini juda yaxshi tushunar ekan. Bunda ular 
topgan uljasi, xavf – xatar va boshka kup extiѐjlari xakida bir-birini xabardor 
kiladi. Xush, ular kanday kilib gaplashadi? Kupchilik olimlar chumolilarning uzaro 
aloka kiladigan asosiy tili – kimѐviy til bulsa kerak, deyishadi. CHumolilar kaysi 
tomonga yurishini, xavf-xatarni va boshka signallarni xidli modda chikarish bilan 
ma‘lum kiladi. Kimѐviy signallar chumolilarning birbiri bilan aloka kilish 
yullaridan biri xolos. Umuman olganda, bu xashoratlarning «nutqi va aloka 
vositalari xilma-xil». Ganlioz nerv sistemasiga ega bulgan xayvonlarning turli 
kiѐfada turishlari, tovush signallari , xid tarkatishlari, xar xil usulda suykalishlari 
ularda til vazifasini utaydi. Xasharotlarning tudadagi yalpi xatti –xarakatlari 
maksadga muvofikligi va uygunligi bilan kuzatuvchini xayratda koldiradi. Lekin 
ularning bu xarakatlari negizida axborot oluvchi xayvonlarning bir xildagi 
reaktsiyalari ѐtadi. Ularning reaktsiyalarida zarracha xam anglash, axborotlarni 
kayta ishlash рollalarini mutlako uchratmaymiz. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin