stimulga bog‘liq bo‗lgan noassotsiativ o‗rganishlar sodir bo‗ladi.
Hayvonlarni
yoshi katta bo‗lib borgan sari ular uchun tashqi va ichki signallarni ahamiyati ortib
boradi. Ularni tobora aniq va nozik tomonlarin sezib boradi.
Tashqi va ichki
signallar xatti-harakatlar bilan birlashmalar (assotsiatsiyalar) hosil qiladi. Bu
assotsiativ o‗rganishlardir. Tajribali hayvonlarda oliy shakldagi o‗rganishlar
sodir
bo‗lib o‗rganishlar kognitiv o‗rganishlar deyiladi. Biz quyidagi bu o‗rganishlarni
xillarini alohida-alohida ko‗rib chiqamiz.
1.Noassotsiativ o‘rganishlar:
a) Summatsiya. Turli xil sodda hayvonlarda shartli reflekslarga o‗xshash fe‘l-
atvorlar mavjud. Bular ma‘lum
bir marshurutni bilishi, to‗planadigan
joylarni
bilishi, yesa bo‗ladigan narsalarni yesa bo‗lmaydiganlardan ajratishi va x.k. Bu
reaktsiyalarni chuqurroq o‗rganish shuni ko‗rsatdiki, ular uzoq saqlanmaydi, ularni
paydo qiluvchi ta‘sirlar maxsus summatsiya jarayoni tomirigacha buziladi.
Ta‘sirlarga javob reaktsiyasini yengillashishini fazilitatsiya, ta‘sirlarga organizmni
sezgirligini ortishini sesitizatsiya deyiladi. Bu jarayonlar summatsiya reaktsiyalari
paytida birga uchraydi.
Dostları ilə paylaş: