Shaxs so‘rovnomasi. Epq (G. Ayzenk)



Yüklə 21,66 Kb.
səhifə1/2
tarix26.09.2023
ölçüsü21,66 Kb.
#148973
  1   2
.SHAXS SO‘ROVNOMASI. EPQ (G.AYZENK)

.SHAXS SO‘ROVNOMASI. EPQ (G.AYZENK)


Yo‘riqnoma: Taqdim qilinayotgan savollar Sizning kundalik xulq-atvoringizni baholashga asoslanadi. Savollarga birinchi paydo bo‘lgan fikrga tayanib javob bering. Bu eng maqbul javob hisoblanadi. Agar Sizga mos kelgan javobni belgilash zarur bo‘lsa, “ha” javob uchun (+), “yo‘q” uchun (-) belgisini javoblar varaqasiga belgilang. Tez va aniq javob bering. So‘rovnomada “to‘g‘ri” va “noto‘g‘ri” javoblari mavjud emas.



  1. Sizning qiziqish doirangiz kengmi?

  2. Siz biror ishni bajarishga kirishishdan oldin uning oqibatlarini atroflicha o‘ylaysizmi?

  3. Kayfiyatingiz vaziyatga qarab tez-tez o‘zgarib turadimi?

  4. Boshqa kishi bajargan ishni meniki deb, rag‘batlantirishga da’vogarlik qilganmisiz?

  5. Siz gapga chechanmisiz?

  6. Qarzdor bo‘lganingizda Sizni bezovta qilishganmi?

  7. Siz asosli sababsiz o‘zingizni baxtsiz odamman deb his qilganmisiz?

  8. Sizda o‘ylaganingizdan ko‘proq narsa olish uchun qizg‘anish bo‘lganmi?

  9. Siz tunda eshikni sekingina qulflaysizmi?

  10. Siz o‘zingizni quvnoq odam deb hisoblaysizmi?

  11. Bolalar yoki hayvonlarni azoblanganini ko‘rganingizda asabiylashganmisiz?

  12. Siz tez-tez nega bu ishni qildim yoki bu gapni gapirdim deb afsuslanasizmi?

  13. Sizga noqulay bo‘lsa ham doimo va’dangizga turasizmi?

  14. Siz parashyutdan sakrashdan qoniqish olganmisiz ?

  15. Siz hislaringizga erk berib, quvnoq davralarda xotirjam hordiq chiqarasizmi?

  16. Siz ta’sirchanmisiz?

  17. Siz aybingiz bo‘la turib, shu ish bo‘yicha boshqa kishini ayblanganmisiz?

  18. Sizda yangi tanishlar orttirish yoqadimi?

  19. Siz sug‘urtadan foydalanishga ishonasizmi?

  20. Sizni xafa qilish osonmi?

  21. Sizni barcha odatlaringiz yaxshi va ma’qulmi?

  22. Siz odamlardan panada bo‘lishga harakat qilasizmi?

  23. Siz g‘ayri-tabiiy yoki xatarli holatga olib kelishi mumkin bo‘lgan vositalar (alkogol, narkotiklar) qabul qilganmisiz?

  24. Sizda ko‘pincha hamma narsa jonga tekkandik tuyuladimi?

  25. Siz o‘zga kishiga tegishli narsani, hatto, u kichkina to‘g‘nag‘ich yoki nina bo‘lsa ham o‘zingizga olganmisiz?

  26. Sizda tez-tez mehmondorchilikda va jamoa ichida bo‘lish yoqadimi?

  27. Siz yoqtirgan kishingizni xafa qilishdan huzur olasizmi?

  28. Sizni tez-tez aybdorlik hissi bezovta qiladimi?

  29. Sizda o‘zingiz yomon bilgan narsa haqida gapirishga to‘g‘ri kelganmi?

  30. Siz odamlar bilan uchrashishdan ko‘ra kitob o‘qishni afzal hisoblaysizmi?

  31. Sizning dushmanlaringiz borligi aniqmi?

  32. Siz o‘zingizni asabiy odam deb hisoblaysizmi?

  33. Siz doimo boshqalarga qo‘pollik qilsangiz uzr so‘raysizmi?

  34. Sizning do‘stlaringiz ko‘pmi?

  35. Siz ba’zan odamlarga azob bersa ham yutuqli o‘yin va hazil-mutoyiba uyushtirishni yoqtirasizmi?

  36. Siz bezovtali odammisiz?

  37. Siz bolalikda berilgan topshiriqlarni doimo shoshmasdan va sekin bajarganmisiz?

  38. Siz o‘zingizni betashvish odam deb hisoblaysizmi?

  39. Sizning ozodaligingizni belgilovchi jihatlaringiz ko‘pmi?

  40. Sizni sodir bo‘lmagan, ammo sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalar bezovtalantiradimi?

  41. Sizda o‘zga kishining buyumini yo‘qotib qo‘yish yoki buzib qo‘yish hollari bo‘lganmi?

  42. Siz odatda tanishuvda birinchi bo‘lib tashabbus bilan chiqasizmi?

  43. Agar biror kishi o‘zining tashvishlari bilan o‘rtoqlashsa uning holatini oson tushunasizmi?

  44. Sizda tez-tez haddan ortiq asabiylashish bo‘ladimi?

  45. Agar axlat tashlash qutisi bo‘lmasa, keraksiz qog‘ozni polga tashlaysizmi?

  46. Siz o‘zga kishilar davrasida bo‘lsangiz ko‘proq tinglab o‘tirasizmi?

  47. Siz nuqsonli buyumni eski andazadagi narsa sifatida uni bekor qilish kerak deb hisoblaysizmi?

  48. Siz ba’zan o‘zingizga norozilik bilan qaraysizmi?

  49. Siz ba’zan ko‘p maqtanasizmi?

  50. Sizda zerikarli davrani jonlantirish qiyin emasmi?

  51. Ehtiyotkor haydovchilardan asabiylashasizmi?

  52. Siz sog‘lig‘ingizdan bezovtalanasizmi?

  53. Siz o‘zga odam haqida yomonlab gapirganmisiz?

  54. Siz do‘stlaringizga hazil-mutoyiba aytishni va hazillashishni yoqtirasizmi?

  55. Siz uchun ko‘pchilik taomlarning mazasi bir xil tuyuladimi?

  56. Sizda ba’zan yomon kayfiyat hukm so‘radimi?

  57. Siz bolaligingizda ota-onangizni ranjitganmisiz?

  58. Sizga odamlar bilan suhbatlashish yoqadimi?

  59. Siz ishingizda xatoga yo‘l qo‘yganingizni sezsangiz azoblanasizmi?

  60. Siz uyqusizlikdan bezovtalanasizmi?

  61. Siz doimo ovqatlanishdan oldin qo‘lingizni yuvasizmi?

  62. “Qalovini topsang qor yog‘ar” naqliga amal qiladigan insonmisiz?

  63. Siz uchrashuvga belgilangan vaqtdan oldin kelib turish kerak deb hisoblaysizmi?

  64. Siz hech qanday sababsiz o‘zingizni majolsiz, charchagandek his etasizmi?

  65. Siz qulay sharoit tug‘ilsa, paytni boy bermasdan yangi kishi bilan suhbatlashishni yoqtirasizmi?

  66. Siz qachondir o‘yinda ayyorlik qilganmisiz?

  67. Sizning onangiz yaxshi insonmilar (yaxshi inson edilarmi)?

  68. Sizda tez-tez hayot juda ham zerikarlidek tuyuladimi?

  69. Siz qachonlardir boshqa kishidan o‘z maqsadlaringiz uchun foydalanganmisiz?

  70. Siz biron bir safarga hozirlanganingizda o‘zingiz bilan vaqt talab etadigandan ham ko‘proq narsani olasizmi?

  71. Odamlar Sizdan qochishga harakat qilgan vaqt bo‘lganmi?

  72. Sizning tashqi qiyofangiz juda ko‘p mashg‘ul bo‘lishni talab etadimi?

  73. Siz yoqimsiz kishilar bilan ham xushmuomalalik bilan so‘zlashasizmi?

  74. Siz odamlarni o‘z kelajagi, ehtiyot sharti, o‘zini va hayotini himoyalash uchun ko‘p vaqt sarflaydilar deb hisoblaysizmi?

  75. Sizda qachonlardir o‘lish xohishi paydo bo‘lganmi?

  76. Sizni bu borada ta’sir o‘tkaza olmasliklariga ishonsangiz ham qo‘shimcha daromad solig‘ini to‘lashdan qochganmisiz?

  77. Siz davralarga jonlantirish kirita olasizmi?

  78. Siz odamlarga qo‘pollashmaslikka intilasizmi?

  79. Siz xijolatga tushganingizda uni uzoq vaqt boshdan kechirasizmi?

  80. Siz qachondir boshqalarni xohlaganingizdek ishni bajarishlariga majburlaganmisiz?

  81. Siz tez-tez vokzalga poyezd jo‘nashiga oz vaqt qolgan daqiqalarda yetib kelasizmi?

  82. Siz qachondir atayin odamlarga yoqimsiz yoki xafa qiladigan so‘z gapirganmisiz?

  83. Sizni asabingiz bezovta qilganmi?

  84. Sizda o‘rtoqlari ustidan hazil qiladiganlar davrasida bo‘lish noqulaymi?

  85. Siz o‘z aybingiz bilan do‘stlaringizdan osongina ayrilib qolasizmi?

  86. Siz tez-tez o‘zingizni yolg‘izdek his etasizmi?

  87. Sizning doimo gapingiz va ishingiz bir joydan chiqadimi?

  88. Sizda ba’zan hayvonlarning joniga tegish yoqadimi?

  89. Sizni shaxsingiz va ishingizga tegishli bo‘lgan tanbehlardan tez xafa bo‘lasizmi?

  90. Hayot sizga hech qanday xavf-xatarsiz, ortiqcha zerikarlidek tuyuladimi?

  91. Siz ishga yoki uchrashuvga kech qolganmisiz?

  92. Sizga jonli va zavq-shavqqa to‘lgan muhit yoqadimi?

  93. Odamlarning Sizdan qo‘rqishlarini xohlaysizmi?

  94. Siz ba’zan g‘ayrat-shijoatli, ba’zan esa hafsalasiz bo‘lib qolasizmi?

  95. Siz ba’zan bugun bajarilishi kerak bo‘lgan ishni ertaga qoldirganmisiz?

  96. Sizni jonli va quvnoq odam deb hisoblash mumkinmi?

  97. Sizga tez-tez nohaq gapiradilarmi?

  98. Siz bir qator hodisalar, voqealar va narsalarga nisbatan juda sezgirmisiz?

  99. Siz doimo o‘z xatoyingizni tan olishga tayyormisiz?

  100. Sizni qachonlardir hayvonni tuzoqqa tushib qolishi afsuslantirganmi?

  101. Sizda savollarga javob berish qiyinchilik tug‘dirmadimi?


Yüklə 21,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin