Mavzu№1. Ko‘rish analizatori va uning yordamchi a’zolari klinik anatomiyasi va fiziologiyasi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/27
tarix24.08.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#63242
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
1- mavzu



Mavzu№1. Ko‘rish analizatori va uning yordamchi a’zolari klinik anatomiyasi va fiziologiyasi. 
Ko`zning tashki qavati: uning asosiy vazifasi ko`z shaklini, ma’lum turgorligini ushlab turish, ko`zni 
ximoyalashdir, tashki fibroz qavat – bu ko`z mushaklarining birikkan soxasidir. Bu qavat 2 ta nerv 
kismlaridan iboratdir: shox parda va sklera. 
Shox parda: fibroz qavatga taallukli bulgan umumiy funksiyalarni bajarishdan tashkari yoruglik 
nurlarini sindirishda ishtirok etadi. 
Shox parda umuman qon tomirlarga ega emas, fakat limbning yuza qavatlari chetki tomirlar 
tutamlaridan va limfatik tomirlardan iboratdir. Moddalar almashinuvi chetki xalkasimon tomirlar tutami, 
ko`z yoshlar va oldingi kamera suyukligi xisobiga buladi.
Bunday nisbiy aloxidalik belmalardagi shox pardani utkazishda yaxshi aks etadi. Antitanalar utkazilgan 
shox pardaga etib borolmaydi va boshka yot tukimalarda sodir bulgani singari shox pardani emirib 
tashlolmaydi. Shox parda nevr tolalariga juda boy va odam organizmidagi eng yukori sezgirlikka ega 
bulgan tukimalardan xisoblanadi. Manbasi uch shoxli nerv bulgan bir kancha sezgir nervlar katorida shox 
pardada trofik funksiyani bajaruvchi simpatik innervatsiya xam mavjudligi aniklanagan. Moddalar 
almashinuvi normal bulishi uchun tukima va qon orasidagi jarayonlar balansi anik bulishi lozim. Aynan 
shuning uchun kolbachalar retseptorlarining eng afzal ko`rgan urni tomirlarga boy bulgan shox parda-
skleral zona xisoblanadi. Shu erda normal moddalar almashinuvi jarayonidagi kichiknagina siljishni xam 
xisobga oladigan tomirli-tukimali retseptorlar joylashadi.
Normal kechuvchi almashinuv jarayonlari – shox parda tinikligining garovidir. Xozirgacha shox 
parda tinikligining sababi noanik. Shox parda tinikligi shox parda tukimasidagi proteinlar va 
nukleotidlarga boglik degan taxminlar bor. Shu katorda kollagen fibrillalar xolatining tugriligiga xam 
axamiyat beriladi. Gidratatsiyaga epiteliyning tanlangan utkazuvchanligi ta’sir etadi. Ana shu murakkab 
zanjirlardan birining buzilishi shox parda tinikligining yukolishiga sabab buladi.
Shu tarika, shox pardaning asosiy xususiyatlari kuyidagilardan iborat: tinikligi, sferikligi, anik 
ulchamdaligi, yukori sezgirligi, sillikligi. 
Sklera: fibroz qavatning 5/6 kismini tashkil kiladi, shuning uchun skleraning asosiy funksiyasi 
ko`z shaklini ushlab turishdan iborat, shuningdek sklera ko`zni xarakatlantiruvchi mushaklarni birlashtirib 
turadi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin