Mavzu№1. Ko‘rish analizatori va uning yordamchi a’zolari klinik anatomiyasi va fiziologiyasi


Mavzu№8. Ko‘ruv a’zolarining jarohatlari



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/43
tarix07.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#51066
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Таркатма-материал-1

Mavzu№8. Ko‘ruv a’zolarining jarohatlari 

Ko`ruv      a’zolarining    shikastlanishini,  atrof    tukimalar  shikastlanishiga  va  ko`z  olmasi 

shikastlanishiga  bulinishi  kup  darajada  shirtlidir,  chunki  qovoqlar,  ko`z  yosh  a’zolarining  va 

qon’yunktivaning, mushak va ko`z sokkasining boshka tuzilmalarini shikastlanishi ko`zni xar xil darajada 

zararlanishiga  olib  kelishi  mumkin.  Ko`z  olmasining,  shuningdek,  atrofidagi  tukimalarini  shikastlanishi 

tumtok    (kontuziyalar),  teshib    kiruvchi,    teshib  kirmaydigan,  shuningdek  kuyishlarga  bulinadi.  Shuni 

ta’kidlaщ  kerakki,  ma’lum  sharoitlarda  shox  pardani  xamma  moddalari  bilan  sovuk  urishi  mumkin 

(Kuyishga uxshash). 

Shuni  ta’kidlash  kerakki,  uzr  SSV  ning  ko`rsatgichlari  buyicha  tez  yordam  kasalxonalariga 

birlamchi  murojaat kiluvchilarning  ichida, ko`z shikastlanishi buyicha 50 foizdan ortigining  ko`z olmasi 

mikrotravmalari  xosil  kiladi,  ular  birinchi  shifokorlargacha  va  shifokorlar  yordamidan  sung  izsiz  utib 

ketadi. Lekin xar kanday ko`z shikastlanishi kanchalik axamiyatsiz bulmasin, oftalmologning kechiktirib 

bulmas  va  shartli  ko`ruvini  talab  kiladi.  Ko`zning  shikastlanishi  respublikaning  xamma  regionlarida  xar 

xil  va  bulib  1000 ta  odamga  1-4tagacha  uchraydi.  Ko`z  shikastlanishining  darajasi axoli  yoshi,  jinsi,  yil 

fasli  va  yashash  joyiga  asosan  oldini  olish  tadbirlariga  xam  boglik.  Shaxar  axoliey  ichida  kishlok 

axolisiga nisbatan ko`z shikastlanishi 2 marotaba kuprok uchraydi. 

Ko`z shikastlanishlari ichida mikrotravmalarning 80 foizi utmas shikastlanishlar, 10 foizi kesib 

utmaydigan  va  2  foizi  kesib  utadigan,  b  foizini  kuyishlar  tashkil  kiladi.  Bolalar  ko`z  kasalliklari 

kasalxonalarida  60  foizini  utmas,  30  foizini  kesib  utmaydigan,  10  foizini  kuyishlar  xosil  kiladi. 

(E.I.Kovalevskiy) 

Ko`z  shikastlanishi  bilan  bemorlarning  asosiy  kismini  mikrotravmalardan  tashkari  tezkor 

ko`rsatma  bilan  kasalxonalarning  yoki  dispanserlarning  oftalmologiya  bulimlariga  yotkaziladi.  Ko`zni 

kesib utuvchi shikastlanishlari bilan xamma bemorlarni tezlik bilan gospitalizatsiya kilinishi shart. 

Ko`z  shikastlanishi  bilan  xar  bir  bemorga  tezkor  xabarnoma  tuziladi  va  yashash  joyidagi 

soglikni  saklash  bulimining  statistika  bulimiga  yuboriladi.  Bundan  tashkari  shikastlanish  sodir  bulgan 

xujalik boshliklariga xabar yuboriladi. 



 

Ko`z olmasining va atrof tukimalarining tumtok

 

shikastlanishi (kontuziyalar)  

Ko`z olmasining va atrof tukimalarining tumtok shikastlanishi giperemiya, shish, qon kuyilish, 

eroziyalar, ko`zni tegishli kushimcha apparatlarini shikastlanishi va faoliyatini buzilishi (ptoz, yosh okishi 

va boshkalar) bilan xarakterlanadi.   Tumtok shikastlanishlarni 4 ogirlik darajasiga ajratish kabul kilingan: 

1-engil, 2-urta, 3-ogir, 4-juda ogir. Deyarli xar bir tumtok shikastlanish, xar xil davomiylikdagi, kup yoki 

kam  darajadagi  ogrik  bilan  namoyon  buladi.  Ko`z  sokkasi  soxasidagi      tumtok  shikastlanishlarda 

retrobulbar  bushlikka  qon  kuyilishi,  ko`z  kosasi  va  burun  devorlari  suyaklarining  sinishi  yuzaga  kelishi 

mumkin. Buning natijasida, ko`z olmasining burtib chikishi va surilishi, ikkilanish, qovoqlar emfizemasi 

kabi  simptomlar  yuzaga  kelishi  mumkin.  Ko`zni  xarakatlantiruvchi  mushaklarning  shikastlanishi 

natijasida,  ko`zni  xar  xil  yunalishda  siljishi  va  shikastlangan  mushak  tomonida  xarakatchanlikni 

cheklanganligi yoki bulmasligi ko`zatilishi mumkin. 

Kam xollarda ko`z sokkasini ogir tumtok shikastlanishi ko`zni yukori tirkishini shikastlanishiga 

va bu keyinchalik tashki xamda ichki oftalmoplegiyaga olib keladi. 

Ko`z  atrof  tukimalarini  shikastlanishidagi  birinchi  yordam,  shikastlangan  joyga  1-2  s.ga sovuk 

kuyishdan (yax, nam salfetkalar) iborat. Shifokor tezkorlik bilan qonni ivuvchanligini oshiradigan va qon 

tomirlarni toraytiradigan prerapatlarni (vikasol, vitamin K, askorutin, kalsiy xloridning 10 foizli eritmasi, 

suprastin) berishi kerak. 

Ko`z  atrof  tukimalarini  shikastlanishini  ogirlik  darajasi,  joylanishi,  tarkalishdan  kat’iy  nazar 

bemor kechiktirilmasdan oftalmologga yuborilishi kerak. 

Tumtok  shikastlanishlar  okibati:  1-darajali  shikastlanishda  –  tuzalib  ketish;  2-darajali 

shikastlanishda  –  ko`z  faoliyati  deyarli  uzgarmasdan,  kichik  koldikli  uzgarishlarni  bulishi;  3-darajali  – 

katta  morfologik  va  funksional  uzgarishlar;  4-darajali  –  kupol  morfologik  uzgarishlar,  faoliyatini 

yukolishi. 

Ko`z olmasining tumtok shikastlanishi ogirlik darajasi buiicha 3 darajaga bulinadi: engil, urta va 

ogir. Kuprok 1-darajali, ya’ni engil shikastlanish uchraydi, ular davolangandan sung 3-5 kunda izsiz utib 

ketadi  (90  foiz  xolatda).  Tumtok  shikastlanishlarni  tashxislash  va  ogirlik  darajasini  baxolash  murakkab 

emas  va  birinchi  navbatda  ko`rish  faoliyatini  uzgarishi  (ko`rish  utkirligi,  ko`rish),  ko`zni  old  kismidagi 

uzgarish  (shox  parda,  old  kameraning  chuko`rligi,  suyukligining  tinikligi,      rangdor  parda  va  korachik 

soxasini  xolati),  oftalmotonusning  kattaligi,  shuningdek,  paypastlaganda  ogrik  bulishi.  Tumtok 

shikastlanishning  eng  kup  tarkalgan  ko`rinishi  yoki  asorati  –  shox  parda  eroziyasi.  U  eroziya  soxasida 




tiniklikning  yukolishi  va  shox  pardaning  (xiralashishi)  nursuzligi  bilan  xarakterlanadi.  Ayniksa,  shox 

pardani  epiteliysini  1  foizli  natriy  flyuoressein  bilan  inetillyasiya  kilinganda,  natijasi  kandayligi 

(defektlari) yakkol ko`rinadi, bunda ular och yashil tusni oladilar. 

Kontuziyaning  birinchi  kup  uchraydigan  belgilaridan  biri  rangdor  va  shox  parda  burchagidagi 

qon tomirlarning dilyatatsiyasi va yorilishidir,  buning natijasida oldingi kamerada xar xil intensivlikdagi 

qon  kuyilishlar  –  rangdor  pardada  qon  izlari  va  kamera  suyukligidagi  biroz  qon  kushimasidan  rangdor 

parda  xam  korachik  xam  ko`rinmaydigan  gifema  va  total  qon  kuyilishigacha  bulishi  mumkin.  Ikkinchi 

belgi  –  qon  kuyilish  shishasimon  tanada  (gemoftalm)  va  ko`zning  boshka  bulimlarida  xam  bulishidan 

iborat. Qon kuyilishining lokalizatsiyasi kattaligiga ko`ra, ko`rish faoliyati xar xil darajada pasayadi. 

Tumtok  shikastlanishning  uchinchi,  kup  uchraydigan  belgisi  –  rangdor  pardani  va  kipriksimon 

tananing  kontuziyasidir,  bu  rangdor  pardani  pirpirashi  (iridodonez),  korachikning  kengayishi,  notugri 

shaklni  opishi  va  yoruglikka  reaksiyasining  susayishi,  oldingi  kamera  chuko`rligining  notekisligi, 

akkomadatsiyaning buzilishi va uzok-yakinni ko`rishni pasayishidan iborat. Agar shikastlanish natijasida 

sinn  boilamlari  uzilib  ketsa,  gavxarning  yarim  siljishi  va  umuman  siljib  ketishiga,  bu  esa  ko`rish 

kobiliyatini keskin pasayishiga olib keladi. 

Keskin kontuziya bilan namoyon bulgan tumtok shikastlanish qon kuyilishidan tashkari rangdor 

pardani  yorilishi  yoki  uzilishi  (iridodialix),  xorioideya  va  tur  pardaning  yorilishi  yoki  uzilishi,  tur 

pardaning kuchishi, ko`ruv nervining erilishi va umuman uzilishiga olib kelishi mumkin. 

Bu    patologiyaning  xamma  ko`rinishlari  shikastlanishning  kattaligi  va  lokalizatsiyasiga  ko`ra 

birinchi  navbatda  markaziy  va  periferik  ko`rish  xolatiga  ta’sir  kiladi,  xatto  ko`z  ko`rmay  kolishiga  xam 

olib keladi. Ko`z olmasining tumtok shikastlanishidagi birinchi shifokor yordami kuyidagilardan iborat: 

Ko`z  atrof  tukimalari  kontuziyasidagi  ko`rsattilgan  birinchi  yordamdan  tashkari,  qon’yunkival 

kopchaga  antibiotik      yoki  sulfanilamid  eritmasi,  agar  bulsa,  ogriksizlantiruvchilar  (novokain,  dikain, 

lidokain)  xam  tomizish  kerak.  Engil  aseptik  boglam  kuyiladi  va  bemorni  kechiktirmasdan  oftalmologga 

yuboriladi. 

Oftalmologning      vazifasiga    zamonaviy    usullar      bilan  shikastlanishning  ogirlik  darajasini 

aniklash va keyingi ambulator yoki statsionar sharoitda davolanishni  davom  ettirish  muammosini  echish 

kiradi. 


Kasalxonada  symptomatik,  yalliglanishga  karshi,  regenerator,  neyrotrofik  va  suriltiruvchi 

davolashlar kilinadi. 

 


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin