O‘tgan davrdan 2021-yilgacha bo‘lgan AKT sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli yangilanish va islohotlar, ularning natijalari haqida to‘xtalinadigan bo‘lsa, aholiga axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish hajmi 2016-yilda 5,2 trillion so‘mni tashkil etgan. 2016—2021-yillarda axborot-kommunikatsiya sohasini yanada rivojlantirish borasida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan davlat boshqaruv organlari, iqtisodiyot tarmoqlari va aholining IT-xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, IT-tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini kengaytirish, narxlarni kamaytirish va sifatni yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlari natijasida xizmatlar hajmi 2020-yilda 12,9 trillion so‘mga yetkazildi.
Birgina telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishiga e’tibor qaratilsa, Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati soniyasiga 1 200 gigabitga yetkazildi. Xalqaro internet kanali narxlari 2016-yilda 295 030 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilning oxiriga kelib, 45 011 so‘mga arzonlashganini ko‘rish mumkin. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasiga ko‘ra, 2021-yil 1-maydan ushbu narx 32 000 so‘m miqdorida belgilandi va ushbu narx yana 30 foizga pasaydi. Bu bilan respublikada internet tezligini oshirishga, operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarifning 2020-yil boshiga nisbatan 25 foizga arzonlashtirishga erishildi.