Mavzuꓽakt sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar


Sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda



Yüklə 25,02 Kb.
səhifə8/8
tarix07.01.2024
ölçüsü25,02 Kb.
#203689
1   2   3   4   5   6   7   8
AKT tizimi

Sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda

  • Sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda
  • Ta’kidlash joiz, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 30 nafar talabani bakalavr darajasiga va 10 talabani magistraturaga, O‘zbekiston Milliy universiteti - magistraturaga 10 talaba, shuningdek, Samarqand davlat universitetiga 5 ta magistr darajasiga grant asosida kvotalar ajratildi. Shu bilan birga, 15 ta oliy o‘quv yurtida sun’iy intellektni iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida, davlat boshqaruvi tizimida amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha kurslar va fanlar joriy etilmoqda. “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” nomli doktoranturaning alohida yo‘nalishi ochilib, 2022-yildan boshlab Innovatsion rivojlanish vazirligi sun’iy intellekt sohasidagi doktoranturasiga maqsadli kvota (5 o‘rin) va mustaqil tadqiqotchilar uchun ajratilishi belgilandi va 9 ta tajriba sinov loyihalari doirasida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Strategiya ijrosi izchil ta’minlanmoqda

  • Strategiya ijrosi izchil ta’minlanmoqda
  • “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida daqiqa sayin o‘ta jadal suratlarda rivojlanib borayotgan va jamiyat hayotining muhim bo‘g‘inlaridan biriga aylanishga ulgurgan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish, respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni qabul qilindi. So‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat tizimini takomillashtirish bo‘yicha muhim ishlar bajarildi. Ularning mantiqiy uzviyligini ta’minlish maqsadida “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, ijrosi izchil ta’minlanyapti. Uchrayotgan kamchilik va muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralar ko‘rilmoqda. Ushbu Farmon bilan hududlar va tarmoqlarda jami 1 627 ta loyiha va chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan bo‘lsa, shundan: 587 tasi 2020-yil va 2021-yilning birinchi choragida 29 ta namunaviy tumanda, 597 tasi 2020—2022-yillarda 13 ta hududda, 443 tasi 2020—2022-yillarda soha va tarmoqlarga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 25,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin