Mavzu.“KO’Mning xususiy masalalari” fanining maqsadi va vazifalari. Kimyo o’qitishning ta’limiy axamiyati


Labarotiya Maktab kimyo xonasi jixozlari va unga qo’yiladigan talablar Ishning maqsadi



Yüklə 39,95 Kb.
səhifə6/12
tarix22.12.2023
ölçüsü39,95 Kb.
#189891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu.“KO’Mning xususiy masalalari” fanining maqsadi va vazifala-fayllar.org

Labarotiya Maktab kimyo xonasi jixozlari va unga qo’yiladigan talablar Ishning maqsadi: Maktab kimyo xonasi jixozlari va unga qo’yiladigan talablar bilan tanishish. Maktab kimyo xonasi bilan tanishtirish. Tajriba uchun kerakli asboblar:Shisha va chinni idishlar. Kimyoviy tajriba o‘ziga xos ko‘rgazmali qurol va qo‘llanma bo‘lib, uni tayyorlash uchun o‘qish jarayonida o‘qituvchining anchagina vaqti sarflanadi. Kimyoviy tajribaning yetakchi roli o‘quv reja bo‘yicha ajratilgan vaqtga nisbatan 2-3 barobar ko‘proq vaqt talab etuvchi, o‘quvchilarning mustaqil tajribalarda ham o‘z kuchini saqlab qoladi. Kimyo kabineti yaxshi jihozlanganligi o‘quvchilarning mustaqil tajribalarini tashkil etish uchun zaruriy jihozlar yetishmasligi natijasida bunday tajribalarni amalga oshirish qiyinchilik tug‘dirganda ham o‘qituvchi ko‘rgazmali tajribalarini o‘tkazishi shart. Kimyoviy tajriba jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar kuzatishini tashkil qiladi, laboratoriya jihozlari bilan to‘g‘ri foydalanishni ko‘rsatadi: o‘quvchilar diqqatini tajriba o‘tkazish sharoitlariga, uning maqsadga muvofiqligiga va ta’sir asosiga hamda xavfsizlik texnikasiga jalb etadi. Maktab kimyo tajribasining turlari.Kimyo o‘qitish amaliyotida kimyoviy tajriba ikki turga bo‘linadi:1. Ko‘rgazmali tajriba - o‘qituvchi tomonidan bajariladi.2. O‘quv tajriba - laboratoriya tajribalari, amaliy mashg‘ulotlar, amaliyot o‘tkazish, tajribaviy masalalar yechish tarzida o‘quvchilarning o‘zlari bajaradilar. Bu klassifikatsiya o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyati asosida yaratilgan. Laboratoriya tajribalarining hillari: 1. individual (yakka tartibda); 2. guruh (bitta stolda o‘tirgan o‘quvchilar bir xil tajribani bajaradilar-u, lekin o‘rtasidagi vazifalar taqsimlanib qo‘yilgan bo‘ladi); 3. jamoa (turli xil stolda o‘tirgan o‘quvchilar turlicha tajribalar bajaradilar, natijasi esa sinfda muhokama qilib, jamoa bo‘lib xulosalar qiladilar). Kimyo kursining bir qismi o‘tilgandan keyin o‘quv tajribalar: 1. laboratoriya tajribalari, 2. amaliy mashg‘ulotlar, 3. amaliyotdan iborat.
Laboratoriya tajribasining maqsadi - yangi bilim olish, yangi mavzuni o‘rganish. Laboratoriya tajribalari yangi o‘quv materialni o‘qitishda ko‘proq qo‘llaniladi, o‘quvchilarning ko‘nikma va malakalar egallashda yordam beradi. Laboratoriya tajribasining darsdagi muvafaqqiyati uni tayyorlashga bog‘liq. Avvalo, har bir stol uchun zarur bo‘lgan jihozlarni tanlash va uni o‘z joyiga qo‘yish haqida o‘ylash lozim. Asbobning bir qismi, yoki probirka va shunga o‘xshashlarning yo‘qligi butun sinf ishini izidan chiqaradi. Idishlardagi reaktivlar albatta o‘qituvchi tomonidan tekshirilib ko‘rilishi kerak. Agar bir qism reaktivlarni probirkalarga quyib berish kerak bo‘lsa, ularni raqamlash, doskada esa qaysi probirkada qanday modda borligini yozib qo‘yish kerak. Xavfsizlik texnikasi qoidasiga rioya qilish maqsadida biroz murakkab tajribalarni yakka tartibda emas,
balki o‘quvchilar guruh bo‘lib (2-3 kishi) bajargani ma’qul. Tajribani bajarish paytida o‘quvchilarning faoliyati boshqarilishi, kim yaxshi ishlayotganligini ta’kidlash, xavfsizlik texnikasi va natijalarini kuzatib boorish kerak. Ish yakunida avvaldan yig‘ishtirish uchun bir necha daqiqa qoldirish kerak. Ish tamom bo‘lgandan so‘ng, uning natijalari muhokama qilinadi va daftarga yoziladi. Amaliy mashg‘ulotlarni o‘quvchilar ayrim mavzularni o‘tgandan keyin mustaqil o‘zlari bajaradilar, ya’ni mavzu tamom bo‘lgandan so‘ng bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, aniqlashtirish amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish uchun o‘tkaziladi. Demak, laboratoriya tajribasi va amaliy mashg‘ulot didaktik maqsadiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.

Yüklə 39,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin