2
2-LABORATORIYA ISHI
FOTOEFFEKT HODISASINI O‘RGANISH.
FOTOELEMENTNING SEZGIRLIGINI ANIQLASH
Ishning maqsadi:
1. Fotoeffekt hodisasi va uning qonuniyatlarini o„rganish.
2. Fotoelement sezgirligini aniqlash.
Kerakli asboblar: Selenli fotoelement, mikroampermetr, fotometriya qonuniyat-
larini o„rganuvchi asbob, tok manbai, ulovchi simlar.
I. Nazariy ma’lumotlar
Fotoeffekt. Elektromagnit nurlar ta‟sirida moddadan elektronlarning ajralib
chiqishiga
fotoeffekt hodisasi deyiladi. Fotoeffekt hodisasini birinchi marta 1887-
yilda G.Gers kuzatgan. Gers razryadli ochiq konturda elektr tebranishlarini uyg„otish
orqali elektromagnit to„lqinlar generatsiyasini hosil qilishda
katodni ultrabinafsha
nurlar bilan yoritilganda, razryadnikning metall elektrodlari orasida uchqunning
uzunligi uzayishini kuzatgan yoki boshqacha aytganda, metall elektrodga tushayotgan
ultrabinafsha nurlar katod va anod orasida hosil bo„ladigan
uchqunning uzunligini
uzaytiradi. Kuzatilgan bunday hodisaning mohiyati V.Galvaks, A.Stoletov, P.Lenard
va boshqa olimlarning bu borada o„tkazgan tajribalarida tushuntirildi.
Gers kuzatgan hodisaning mohiyati shundan iboratki, manfiy zaryadlangan
katodni ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda katod manfiy zaryadini yo„qotishi
kuzatilgan. Musbat zaryadli anod yoritilganda zaryad yo„qotilishi kuzatilmagan.
1897-yilda J.J.Tomson elektronni kashf qildi. 1898-yilda Tomson va Lenardlar
o„tkazgan tajribalarida modda yoritilganda undan ajralib
chiqayotgan zarralarning
magnit maydonida og„ishiga asoslanib, ularning solishtirma zaryadini (
e/
m kattalikni)
aniqladilar. Bu bilan yorug„lik ta‟sirida katoddan ajralib chiqadigan zarralar
manfiy
zaryadli elektronlar ekanligi aniqlandi. Yorug„lik ta‟sirida (ultrabinafsha, ko„zga
ko„rinadigan, infraqizil va boshq.) metalldan elektronlarning ajralib chiqishi
fotoelektrik effekt yoki
fotoeffekt deb ataldi. Yorug„lik ta‟sirida metalldan ajralib
chiqqan elektronlar fotoelektronlar deyildi.
Stoletov o„z tajribalari asosida fotoeffekt hodisasini o„rganish usullarini va asosiy
miqdoriy qonunlarini ishlab chiqdi. Lenard katodga tushayotgan ultrabinafsha nurlar
katod materialidan electronlarni urib chiqarishini isbotladi.
Fotoeffekt hodisasi yorug„lik kvantlari metall atomlaridagi bog„langan elektronlar
bilan ta‟sirlashganda yuz beradi. Elektronning atomda bog„lanish energiyasi qancha
katta bo„lsa, fotoeffekt hodisasi sodir bo„lishining ehtimoliyati shuncha katta bo„ladi.
Bu ehtimoliyat
f
– element zaryadi
Z ga kuchli bog„liq, ya‟ni
f
~
Z
5
. Bundan tashqi
fotoeffekt hodisasi yorug„lik tushayotgan metallning kimyoviy xossasiga,
sirtining
silliqligi va tozalik darajasiga bog„liqligi tajribada aniqlandi. Fotoeffekt hodisasi
yuzaga kelishining zaruriy sharti yoritilayotgan metall ustki qatlamiga tushayotgan
yorug„likning sezilarli darajada yutilishidir. Fotoeffekt hodisasi metallar,
3
dielektriklar, yarimo„tkazgichlar, elektrolitlarda yuzaga keladi. Ishqoriy metallar –
litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy fotoelektrik ta‟sirga juda sezgir, ko„zga ko„rinadigan
nurlar ta‟sirida ham fotoeffekt hodisasi hosil bo„ladi. Erkin
elektronlarda fotoeffekt
hodisasi yuz bermaydi, chunki erkin elektronlar prinsipial ravishda yorug„likni yuta
olmaydi.
Fotoeffekt tashqi va ichki fotoeffektlarga
ajraladi.
Agar
yoritilayotgan
modda
sirtqi
qatlamidan elektronlar butunlay ajralib chiqib,
boshqa muhitga o„tsa (masalan, vakuumga) bunday
hodisa tashqi fotoeffekt deyiladi.
Tashqi fotoeffekt
hodisasi 1887-yilda G.Gers tomonidan kashf
qilingan.
Agar elektronlar faqat o„z atomi bilan
bog„lanishni “uzib” chiqib yoritilayotgan modda
ichida “erkin elektron”ga
aylanib qolsa, bunday
hodisa ichki fotoeffekt deyiladi. Ichki fotoeffekt
hodisasi 1873-yilda U.Smit tomonidan kashf qilingan.
Ichki fotoeffektda tushayotgan yorug„lik ta‟sirida valent energetik zonadagi
elektronlarning bir qismi o„tkazuvchanlik zonasiga o„tadi. Bunda yarimo„tkazgichda
tok tashuvchilar konsentratsiyasi ortadi va fotoo„tkazuvchanlik yuzaga keladi. Ya‟ni
yorug„lik
ta‟sirida
yarimo„tkazgichning
elektr
o„tkazuvchanligi
ortadi.
Elektronlarning turli energetik holatlarda qayta taqsimlanishi yarimo„tkazgichda ichki
elektr maydonining o„zgarishiga olib keladi. Bundan esa
yoritilayotgan ikki turli
yarimo„tkazgichlar chegarasida elektr yurituvchi kuch (foto EYuK) paydo bo„ladi
yoki yoritilayotgan yarimo„tkazgich va metall chegarasida ham foto EYuK yuzaga
keladi. Chegara yaqinida o„tish qatlami paydo bo„ladi. Bu qatlam tokni faqat bir
yo„nalishda o„tkazadi, ya‟ni bu qatlam ventil xossalariga ega bo„ladi.
Tashqi fotoeffekt metallarda kuzatiladi. Masalan, elektroskopga ulangan manfiy
zaryadlangan rux plastinkasi ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda elektroskop tezda
zaryadsizlanadi, agar plastinka musbat zaryadlangan bo„lganda zaryadsizlanish
kuzatilmas edi. Bundan ultrabinafsha nurlar metall plastinkadan (katoddan) manfiy
zaryadlangan zarralarni ajratib chiqishini ko„rish mumkin.
Tashqi fotoeffekt hodisasi kuzatiladigan qurilma sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
Havosi so„rib olinib yuqori darajada vakuum hosil qilingan shisha idish ichiga anod –