«VISA International» xalqaro to’lov tizimiga printsipial a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi.
Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yo’nalishlarini jalb etgan.
Mikrokreditbankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
Mikrokreditbank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash
Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xo’jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi
(KIKA)ning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. Toshkentda Mikrokreditbank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yig’ilishi va Ijroiya qo’mitasining 58-majlisi o’tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xo’jaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish bo’yicha konferensiya bo’lib o’tdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010–2012 yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.
Bankningfunksiyalari:
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisob varaqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;
yuridik va jismoniy shaxslardan depozit va omonatlarni jalb etish;
kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobidan o’z nomidan kreditlar berish;
chet el valyutasini yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;
cheklar, to’lov va hisob-kitob hujjatlarini inkassatsiya qilish;
uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
qimmatli qog’ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog’ozlarni boshqarish, qimmatli qog’ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
moliyaviy lizing va faktoring xizmatlarini ko’rsatish;
jismoniy shaxslarga iste'mol, ipoteka va boshqa turdagi kreditlani berish;
litsenziyada ko’zda tutilgan va amaldagi qonunchilikka zid bo’lmagan boshqa bank operatsiyalari.