Mavzular: Sharq mutafakkirlarining til shakllaninshiga oid qarashlari



Yüklə 19,5 Kb.
səhifə1/4
tarix26.12.2023
ölçüsü19,5 Kb.
#197731
  1   2   3   4
Rahmonberdiyeva Muxlisa

Termiz davlat pedagogika institute tilshunoslik fakulteti ona tili va adabiyoti yo’nalishi 23-05-guruh talabasi Rahmonberdiyeva Muxlisaning axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatta qo’llash fanidan tayyorlangan amaliy ishi


Mavzular:
  • Sharq mutafakkirlarining til shakllaninshiga oid qarashlari;
  • Fonema nazariyasi tarixidan. Fonema xaqida turli fonologik maktabvakillariming fikrlari (N. S. Trubetskoy, L. V. Shcherba qarashlarini o’rganish;
  • “Tilshunoslik nazariyasi” kursining asosiy masalalari;
  • O’rta asrlar Sharq va Yevropa tilshonosligi;
  • Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishi va rivojlanishi;
  • Yosh grammatikachilar maktabining yutuqlari va kamchiliklari;
  • F. de Sossyur ta’limoti va strukturalizm;
  • Praga lingvistik maktabi ta’limotida fonologiyaning o’rni;
  • Glossematika maktabi ta’limoti;
  • Amerika deskriptiv lingvistikasi;
  • Psixolingvistika til va tafakkur birligini yorituvchi soha sifatida;
  • Tilshunoslik fanining zamonaviy tahlil usullari;
  • Mahmud Qoshg’ariy turkey tillar qiyosiy grammatikasining asoschisi;
  • Alisher Navoiy va chog’ishtirma tilshunoslik;
  • O’zbek tilshunosligidagi yangi yo’nalishlar;
  • Tilshunoslikning tadqiqot metodlari;
  • Qadimgi hind tilshunosligi;
  • Qadimgi yunon tilshunosligi;
  • Tilning ijtimoiy ko’rinishlari;
  • Tilshunoslik va boshqa fanlar;
  • Til, lison va nutq munosabatlari;
  • Lisoniy va nutqiy birliklar;
  • Tilning jamiyat bilan munosabati.

Abu Rayhon Beruniy
Abu Rayhon Beruniy mantiq ilmini o`rganmasdan uni malomat qiladiganlarga achinib shunday yozadi: “Agar u dangasalikni tashlab oromga berilmasdan gap bilan bog’lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she`r o`lchovi) va mantiq (logika) ni mutolaa qilganda edi, so`z (nutq) zotan, nasr va nazmga ajralishini bilgan bo`lardi”. Beruniy nutqning nazm va nasr ko`rinishlari borligini ko`rsatadi.
Abu Nasr Farobiy
Abu Nasr Farobiyning asli ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Ulug’ Tarxon bo`lib, u “Sharq Arustusi”, “Muallimi soniy” hisoblangan. Olim butun umri mobaynida 160 dan ortiq asar yaratgan. Forobiy asarlari XII-XIII asrlardayoq lotin, qadimiy yahudiy, fors tillariga tarjima qilingan Toshkentdagi Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida qadimgi Sharq faylasuflarining asarlaridan jami 107 risolani, jumladan, Forobiyning 16 risolasini o`z ichiga olgan “Hakimlar risolalari” to`plami mavjud. Olim grammatika, mantiq she`riyat ilmlar fanlardan to`g’ri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga so`z vositasida to`g’ri tushuntirish, aqliy tarbiya berish uchun xizmat qilishini ta`kidlaydi.
Abu Abdulloh al Xorazmiy
Nutq madaniyati masalalari Beruniy zamondoshi bo`lgan Abu Abdulloh al Xorazmiy asarlarida ham o`z aksini topgan. Olimning to`liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiydir. Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan yagona ma`lum asari- “Mafotih ul-ulum” (“Ilmlar kalitlari”) dir. Bu asarning uch nusxasi Buyuk Britaniya muzeyida, bir nusxasi Berlin kutubxonasida saqlanadi. Amerikalik olim K.Bosvort asrimizning 60- yillarida ushbu asarni olti nusxasini Turkiya kutubxonalarida borligini (Istambulda) aniqladi. Asarda nutq madaniyatining ba`zi bir masalalari-devonxona ish qog’ozlari, ularning shakllari, ishlatiladigan islohatlar; shuningdek adabiyotshunoslik fani islohatlari, ularning ta`rifi haqida ma`lumot beradi.
Zahiriddin Muhammad Bobur
O`zbek adabiyoti tarixida Bobur lirikasi, “Boburnoma” asari nutqning go`zal namunalaridir. “Boburnoma” nihoyatda ravon va go`zal tilda yaratilgan. Shoir ham ommabop yozishni ma`qul ko`rgan va o`g’li Xumoyunga yozgan xatida birovga yozgan maktubni bir necha bor o`qish, uning ravonligiga, so`zlarning ko`zda tutilgan ma`nosi to`g’ri aks ettirayotganligiga ishonch hosil qilgandan so`ng jo`natishga chaqirdi. Chunki, so`zlarning xato yozilishi aytilmoqchi bo`lgan fikrni xiralashtiradi, o`quvchini qiynaydi.

Yüklə 19,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin