Mavzular: Sharq mutafakkirlarining til shakllaninshiga oid qarashlari


Praga lingvistika maktabining fonologiya nazariyasi



Yüklə 19,5 Kb.
səhifə4/4
tarix26.12.2023
ölçüsü19,5 Kb.
#197731
1   2   3   4
Rahmonberdiyeva Muxlisa

Praga lingvistika maktabining fonologiya nazariyasi jahonda eng dong chiqargan hisoblanadi. Uning vakillari Praga fonologiya maktabi nazariyasining asoschisi mashhur olim N.S. Trubetskoy (1890-1938), R. Yakobson, V. Matezius, B. Trnka, I. Vaxek va boshqalardir. Bu maktabning xususan, N.S. Trubetskoyning fonologik nazariyasi va metodlari bir necha tillarni ilmiy o'rganishga tatqiq etilgan va hozirgi davrda ham qo'llanib kelinmoqda. Praga fonologiya maktabi fonologik oppozitsiyalar klassifikatsiyasi, fonologik neytralizatsiya, korrelyasiya, fonemalarning birikmalari va boshqa qator masalalarni ilmiy tatqiq etish nazariya va metodlarni taklif etgan. Bu maktabning qarashlari jahon tilshunosligida ham keng o'rin olgan. Shu sababli ulardan ba'zilarini yuqorida ko'rsatib o'tildi. London fonologiya maktabi va uning yirik namoyondasi D. Jounz tomonidan taklif etilgan fizik (akustik) fonologiya nazariyasi (Angliya). Bu nazariyaga asosan fonema akustik jihatdan bir xil bo'lgan "tovushlar oilasi" hisoblanadi. Distributiv fonologiya nazariyasi (AQSH). By nazariyaga asosan fonema akustik jihatdan bir xil bo'lgan "tovushlar sinfi" yoki "allofonlar sinfi" deb ta'rif beriladi. Dixotomik fonologiya nazariyasi (AQSH) ham keng tarqalgan bo'lib, u jahon tillaridagi fonemalarni o'n ikki juft binar farqlanish belgilari asosida tasnif etish metodini taklif etdi.
Glossematika (yun. glossematos — til) — umumlingvistik nazariya. 20-asr 30-yillarida Kopengagen universitetida L. Yelmslev va b. tomonidan yaratilgan. Mualliflar gnoseologik masalalar yechimi (bunda mantiqiy pozitivizmning falsafiy taʼsiri nazarda tutiladi)ni qatʼiy inkor etib, yangicha metodlarni ishlab chiqishni moʻljalladilar. Bu metodlar yordamida til hodisalarini qaramaqarshiliklarsiz, mukammal va nihoyatda oddiy qilib (ekspertizm asosida) tasvirlab berish imkoniyati bor. G. moxiyatan F.de Sossyur taʼlimoti bilan alokador va unga juda yaqin turadi. G.dagi lingvistik taxlil metodikasi deduksiya sifatida harakterlanadi. U taxlil qilinayotgan matn asosida sistemani belgilashga olib kelishi kerak. Buning uchun dastlabki maʼlumotlar — yaxlit matn izchillik bilan mayda qismlarga (bosqichlarga, gaplarga, soʻzlarga, boʻgʻinlarga va fonemalarga) boʻlinadi. Har bosqichda birlikni belgilashning asosiy usuli taxlil boʻladi. G.dagi taxlilning ikkinchi muhim bosqichi til birliklari oʻrtasidagi funksiyalarni hisobga olishdir. Oʻzaro bogʻliqlikdan kelib chiqadigan til hodisalarini rasman taxlil va bayon qilishda G. samarali natijalar beradi.
Adabiyotlar
Yüklə 19,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin