O`ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
TILSHUNOSLIK
KAFEDRASI
Kamolova Dilnoza
MAVZU: Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot. nutqning fonetik bo’linishi
ANDIJON-2014
Reja
Tilning moddiy (substansial) sathi xususida.
Lisoniy sathlar sirasida fonetika eng kichik
tashkil etuvchi va boshqa sathlar birliklari uchun moddiy (substantsial) asos bo‘luvchi birliklarni
beradigan sath sifatida ajralib turadi.
Insonning nutq faoliyati sezgi a’zolari asosida his qilinuvchi nutq birliklari - tovush yoki
tovushlar tizimi vositasida ro‘yobga chiqadi. Nutq tovushlari o‘zida
uch jihatni birlashtirgan
murakkab nutqiy birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilar:
a)talaffuz a’zolari bilan boshqariladigan markaziy nerv sistemasi mahsuli (fiziologik jihat);
b)tabiatdagi har qanday tovush kabi akustik tabiatga ega (fizik, akustik jihat);
v)nutq tovushlari kishilarning axborot uzatish, kommunikatsiya vositasi (funktsional,
sotsial, lisoniy jihat).
Nutq tovushlarining haqiqiy va biz uchun muhim jihati ularning funktsional aspektidir.
Tilshunoslikda aytilgan uch jihatni yaxlitlikda o‘rganish yoki ajratgan
holda tadqiq qilish
masalasida bir xillik yo‘q. Ba’zilar nutq tovushlarining fiziologik tomoni biologiya fanining,
akustik jihati fizika fanining o‘rganish predmeti bo‘lib, tilshunos
uning faqat funktsional
tomoninigina tekshirishi lozim degan g‘oyani ilgari surishsa, ayrimlari
har uchala jihat bir-
biridan ajralmasdir, ularni yaxlitlikda o‘rganmoq kerak degan aqidaga tayanadilar. Ana shu ikki
qarash kurashi natijasida tilshunoslikda ikki-fonetika va fonologiya sohalari ajraldi. Pirovard
natijada fonetika nutqiy variant (xususiylik)larni, fonologiya
esa lisoniy invariant
(umumiylik)larni tadqiq qilish bilan mashg‘ul bo‘ladigan bo‘lib qoldi.