Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot


Fonetika va uning birligi



Yüklə 233,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.11.2023
ölçüsü233,15 Kb.
#162450
1   2   3   4   5
Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot

Fonetika va uning birligi.
Fonetika deganda eng quyi lisoniy sath ham, tilshunoslikning 
shu sathni o‘rganadigan sohasi ham tushuniladi. Fonetika (
gr.phonetikos
- tovushga, ovozga xos) 
tilshunoslikning boshqa sohalaridan farqli o‘laroq, nafaqat o‘rganish manbaining funktsional 
tomonini, balki nutq tovushlarini hosil qiluvchi talaffuz apparatini, shuningdek, ularning akustik 
xossalarini va til egalari tomonidan qabul qilinish jihatlarini ham tekshiradi. Fonetikada 
tilshunos-likning boshqa fan sohalari-adabiyotshunoslik, fiziologiya, fizika, psixologiya kabi 
fanlar bilan aloqasi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu fanlardan farqli o‘laroq, fonetika 
tovushlarga so‘z, qo‘shimcha va gaplarga moddiy qiyofa beruvchi til tizimi unsuri sifatida 
qaraydi. 
Fonetika nutqdagi tovush o‘zgarishlari va almashinishini, urg‘u va uning turlarini ham 
o‘rganadi. 
Fonetikani o‘rganish imlo (orfografiya), to‘g‘ri talaffuz (orfoepiya) me’yorlarini yaxshi 
o‘zlashtirib olishda, adabiy va dialektal talaffuz farqlarini aniqlashda, logopediya va 
surdopedogogikada nutqiy nuqsonlar diagnostikasi va ularni bartaraf etishda katta ahamiyatga 
ega. Fonetika yutuqlari aloqa vositalarini tekshirish va ular samaradorligini oshirishda hamda 
nutqni avtomatik aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.


Fonetikaning bo‘limlari.
Fonetika, avvalo, umumiy, xususiy va qiyosiy fonetikaga 
ajraladi. 
Umumiy fonetika.
Inson talaffuz apparatining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda nutq 
tovushlari hosil qilishning umumiy shartlari (masalan, undoshlarning hosil bo‘lishi o‘rniga ko‘ra 
lab, til, bo‘g‘iz undoshlarining farqlanishi, hosil bo‘lish usuliga ko‘ra portlovchi, sirg‘aluvchi, 
portlovchi-sirg‘aluvchi tovush xossalarining aniqlanishi kabilar), shuningdek, tovushlarning 
umumiy akustik xossalari o‘rganiladi. Qisman artikulyatsion, qisman akustik belgilarga tayangan 
holda nutq tovushlarining universal, shuningdek, farqlovchi belgilariga tayanadigan ichki 
tasniflarini berish bilan ham shug‘ullanadi. Umumiy fonetika tovushlarning birikish 
qonuniyatlari, bir tovushning ikkinchisiga ta’siri xususiyatlarini (akkomodatsiya va 
assimilyatsiyaning turli ko‘rinishlari), bo‘g‘inning tabiati, bo‘g‘inda tovushlarning birikish 
qonuniyatlari, bo‘g‘inlarga bo‘linish shartlari, so‘zlarning fonetik tuzilishi, qisman urg‘u va 
singarmonizm masalalarini ham tekshiradi. Umumiy fonetika intonatsiya uchun qo‘llaniladigan 
vositalar (tovush balandligi, kuchi (intensivligi), cho‘ziqligi, tezligi (tempi), pauza, tembr kabi 
masalalarni ham tekshiradi. 

Yüklə 233,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin