Mavzulashgan


Nimalar ishlab chiqarish va eksport qilishda ham bu guruhdagi davlatlar katta yutuqlarga erishgan?



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə31/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Nimalar ishlab chiqarish va eksport qilishda ham bu guruhdagi davlatlar katta yutuqlarga erishgan? J: Yangi ishlab chiqarish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaratish va eksport qilishda.

  • Beshinchi guruhga qaysi hududlar kiradi? J: Yirik indusrial-agrar davlatlar.

  • Yirik indusrial-agrar davlatlar qaysilar? J: Indoneziya, Pokiston, Filippin, Turkiya, Eron.

  • Bu davlatlarning iqtisodiyoti nimalarga ixtisoslashgan? J: yengil, oziq-ovqat, tog'-kon sanoati, mashinasozlikning ayrim tarmoqlari hamda ko'p tarmoqli qishloq xo'jaligiga.

  • YIMning hajmi bo'yicha ular jahonning yetakchi nechta davlati qatoriga kiradi? J: 30 ta davlati qatoriga kiradi ammo aholi jon boshiga to'g'ri keladigan ko'rsatkichlari birmuncha pastroq (ayniqsa, Pokiston, Filippin va Indoneziyada).

  • Oltinchi guruhga qaysi hududlar kiradi? J: Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar.

  • Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar qaysilar? J: Fors qo'ltig'i arab davlatlari va Bruney.

  • Nima uchun bu mamlakatlar hozirgi vaqtda aholi jon boshiga YIMning darajasiga ko'ra, nafaqat Osiyo, balki butun jahon miqyosida yetakchi o'rinlarda turadi? J: Buning asosiy sababi neftni eksport qilish hisobiga tushadigan katta daromad va aholi sonining nisbatan kamligi (Saudiya Arabistonini hisobga olmaganda).

  • Oxirgi yillarda Fors qo'ltig'i arab davlatlarida qaysi tarmoqlar rivojlanib bormoqda? J: kimyo, metallurgiya kabi sanoat tarmoqlari, turizm, tranzit savdo, bank-moliya sektori ham yaxshi rivojlanib bormoqda.

  • Yettinchi guruhga qaysi hududlar kiradi? J: O'tish iqtisodiyotidagi davlatlar.

  • O'tish iqtisodiyotidagi davlatlar qaysilar? J: Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari, Mongoliya.

  • Bu davlatlarning iqtisodiyoti industrial-agrar xarakterga ega bo'lib, asosan, nimaga ixtisoslashgan? J: xomashyoni yetkazuvchi tarmoqlarga (neft-gaz sanoati, tog'-kon sanoati, ko'p tarmoqli qishloq xo'jaligi)

  • Neft va gazni katta hajmda eksport qiluvchi qaysi davlatlarning iqtisodiy ko'rsatkichlari guruhdagi boshqa davlatlarga nisbatan yuqoriroq? J: Qozog'iston, Turkmaniston va Ozarbayjonning.

  • Sakkizinchi guruhga qaysi hududlar kiradi? J: Turizm va xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan davlatlar.

  • Turizm va xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan davlatlar qaysilar? J: Kipr, Livan, Maldiv Respublikasi.

  • Bu guruh davlatlarining iqtisodiyoti asosan, nima bilan bog'liq? J: Bu hududiy jihatdan kichik, boy rekreatsion resurslarga ega davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hozirgi sharoitda turizm hamda xizmatlar sohasi, ayniqsa, bank-moliya sektori bilan bog'liq.

  • To’qqizinchi guruhga qaysi hududlar kiradi? J: Sust rivojlanayotgan agrar-industrial davlatlar.

  • Sust rivojlanayotgan agrar-industrial davlatlar qaysilar? J: Vyetnam, Kambodja, Bangladesh,

    Shri-Lanka, Iroq, KXDR va boshqa mamlakatlar.

    1. Bu guruh davlatlari asosan, nimaga ixtisoslashgan? J: qishloq xo'jaligi, tog'-kon, yengil yoki oziq- ovqat sanoatiga ixtisoslashgan.

    2. O’ninchi guruhga qaysi hududlar kiradi? J: Iqtisodiyoti eng qoloq agrar davlatlar.

    3. Iqtisodiyoti eng qoloq agrar davlatlar qaysilar? J: Afg'oniston, Nepal, Yaman, Myanma, Sharqiy Timor, Laos, Butan (Ularda sanoat juda sust rivojlangan, shuningdek, qishloq xo'jaligida mehnat unumdorligi ancha pastdir).



      1. MAVZU: QOZOG’ISTON RESPUBLIKASI.


    1. Qozog'iston Markaziy Osiyoda hududiy jihatdan eng yirik davlat bo'lib, jahon mamlakatlari ichida maydoni bo'yicha nechanchi o'rinni egallaydi? J: 9-o'rinni.

    2. Qozog'iston nechta davlat va qaysilar bilan chegaradosh? J: beshta davlat - Rossiya, Xitoy, O'zbekiston, Qirg'iziston va Turkmaniston bilan.

    3. Qozog'istonning Rossiya bilan davlat chegarasi (7 548 km) uzunligi bo'yicha dunyoda nechinchi o'rinda turadi? J: AQSH va Kanada o'rtasidagi chegaradan keyingi 2-o'rinda turadi.

    4. Mamlakat janubi-g'arbda qaysi dengiz bilan chegaradosh? J: Kaspiy dengizi bilan.

    5. Qozog'iston iqtisodiy geografik o'rnining asosiy xususiyatlari nima bilan belgilanadi? J: Osiyo va Yevropa davlatlarini bog'lovchi temiryo'l va avtomobil magistrallarining o'tganligi, Kaspiy dengiziga tutashligi, Rossiya va Xitoydek yirik davlatlarga chegaradoshligi bilan belgilanadi.

    6. Qozog'istonning milliy mustaqilligi qachon e’lon qilingan? J: 1991-yil 16-dekabrda

    7. Qozog'istonning yer maydoni qancha? J: 2724,9 ming km2.

    8. Qozog'istonning aholisi qancha? J: 18,4 mln kishi. (2018-yil)

    9. Aholi zichligi 1km2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 6,8 kishi (2018-yil)

    10. Qozog'iston poytaxti qaysi shahr? J: Nur-Sulton shaxri.

    11. Qozog'iston davlati boshqaruv shakli qanday?J: prezidentlik respublikasi.

    12. Ma'muriy-hududiy jihatdan qanday davlat? J: unitar davlat bo'lib, 14 ta viloyat va 3 ta respublika ahamiyatidagi shahar (Nur-Sulton, Almati, Shimkent)dan iborat.

    13. Qozog'iston relyefi qanday? J: relyefida tekisliklar hukmronlik qiladi, tog' tizmalari faqat respublikaning janubi-sharqiy qismida joylashgan.

    14. Markaziy hududlari relyefi esa nimadan iborat? J: kuchli parchalangan yassi tog'likdan iborat.

    15. Qozog’iston qanday resurslarining ulkan zaxiralariga ega? J: yoqilg'i, rudali va noruda resurslarining ulkan zaxiralariga ega.

    16. Neft va tabiiy gazning yirik konlari, toshko'mirning asosiy zaxiralari qayerda joylashgan? J: Kaspiy dengiziga yaqin hududlarda, toshko'mirning asosiy zaxiralari (Qarag'anda, Ekibastuz havzalari) esa markaziy qismida joylashgan.

    17. Qozog'istonning markaziy va sharqiy hududlari qanday metallarning katta zaxiralariga ega? J: temir, marganes, xrom, uran, mis, volfram, rux, qo'rg'oshin va boshqa metallarning katta zaxiralariga ega

    18. Noruda mineral boyliklardan qaysilar alohida e'tiborga loyiq? J: fosforit va oltingugurt.

    19. Qozog'iston iqlimi qanday? J: iqlimi mo'tadil keskin kontinental va qurg'oqchil, qishda shimoliy hududlarida havo harorati -50 oC dan ham past bo'ladi.


    20. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin