Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə39/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Tarmoqda IESlar salmog'i 85 % dan yuqori bo'lib, ularda ishlatiladigan yoqilg'ining deyarli necha qismi ko'mirdan iborat? J: 2/3 qismi

  • So'nggi yillarda qanday resurslarga asoslangan elektr stansiyalarini ko'paytirishga katta e'tibor berilmoqda? J: GES, AES va qayta tiklanadigan resurslarga asoslangan

  • Yanszi daryosida dunyodagi eng yirik qaysi GES qurilgan? J: «Uch dara» (Sansya) GESi

  • Xitoyda yetakchi sanoat tarmoqlari qaysilar hisoblanadi? J: Yengil va oziq-ovqat sanoati

  • Xitoy qishloq xo'jaligining asosi nima? J: dehqonchilikdir

  • Jami ekin maydonlarining asosiy qismi nima bilan band? J: donli ekinlar, ayniqsa, sholi bilan band

  • Xitoy jahon mamlakatlari orasida qishloq xo’jaligining qaysi tarmoqlari bo’yicha birinchi o'rinni egallaydi? J: bug'doy, sholi, kartoshka, sabzavot, meva, poliz mahsulotlari, uzum, choy, tamakining yalpi hosili, qo'y, echki, cho'chqa, parranda soni, go'sht, jun, tuxum, asal tayyorlash, baliq ovlash hajmi bo'yicha

  • Jahondagi jami ekin maydonlarining necha % iga ega? J: 9 % iga,

  • Insoniyatning necha % idan ko'proq qismini tashkil etadigan aholisini Xitoy o'z resurslari hisobiga oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlamoqda? J: 18 % idan ko'proq qismini. Bu holat qishloq xo'jaligidagi mehnat unumdorligining yuqoriligini ko'rsatadi.

  • Xitoy Xalq Respublikasi, 2018-yil holatiga ko'ra, qaysi davlatning eng yirik tashqi savdo hamkori hisoblanadi? J: O'zbekistonning, chunki u O'zbekistonning ham eksport, ham import bo'yicha hamkorlari orasida savdo aylanmasiga ko'ra yetakchi o'ringa ega.

  • Xitoy qanday iqtisodiy rayon (zona)larga bo'linadi? J: Sharqiy, Markaziy va G'arbiy iqtisodiy rayon (zona)larga

  • Shulardan qaysi iqtisodiy rayon o'zining tabiiy, ijtimoiy, demografik va iqtisodiy salohiyatiga ko'ra har tomonlama peshqadamlik qiladi? J: Sharqiy iqtisodiy rayon

  • Bu o'rinda, ayniqsa, dengizbo'yi hududlari, va qaysi shaharlari alohida ahamiyat kasb etadi? J: Shanxay, Pekin, Tyanszin, Guanchjou shaharlari

  • Mamlakatda amalga oshirilayotgan mintaqaviy siyosat nimaga yo'naltirilgan? J: tabiiy resurslarga boy Markaziy va G'arbiy iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, bu hududlarning milliy

    iqtisodiyotidagi ulushini ko'tarishga.
    1. MAVZU: KOREYA RESPUBLIKASI.


    1. Koreya Respublikasi qayerda joylashgan? J: Sharqiy Osiyoda, Koreya yarimorolining janubiy qismida

    2. Koreya Respublikasi qirg'oqlarini qaysi dengiz suvlari bilan yuviladi? J: sharqdan Yapon dengizi (Koreyada Sharqiy dengiz deb ataladi), g'arbda Sariq dengiz (Koreyada G'arbiy dengiz deb nomlanadi), janubda Koreya bo'g'izi va Sharqiy Xitoy dengizi (Koreyada Janubiy dengiz deb ataladi) suvlari bilan yuviladi.

    3. Koreya Respublikasi shimolda qaysi Respublika bilan chegaradosh? J: Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) bilan.

    4. Koreya Respublikasiga nechtaga yaqin orollar tegishli bo'lib, ulardan eng yirigi - qaysi oroli hisoblanadi? J: 3000 taga yaqin. Ulardan eng yirigi - Chedjudo oroli

    5. Koreya Respublikasi boshqaruv shakliga ko’ra qanday davlat? J: prezidentlik respublikasi

    6. Ma'muriy-hududiy jihatdan qanday davlat hisoblanadi? J: 9 ta provinsiya, provinsiyaga tenglashtirilgan 6 ta shahar va alohida maqomga ega 1 ta shaharga bo'lingan unitar davlat hisoblanadi.

    7. Koreya Respublikasi qachon mustaqillika erishgan? J: 1948-yil 15-avgust.

    8. Koreya Respublikasining poytaxti qaysi shahar? J: Seul shahri

    9. Koreya Respublikasining yer maydoni qancha? J: 99,4 ming km2

    10. Koreya Respublikasining aholisi necha kishi? J: 51,8 mln kishi (2018-y.).

    11. Poytaxti - Seul - mamlakatning qaysi qismida joylashgan? J: shimoli-g'arbida

    12. Koreya Respublikasi relyefi, asosan, nimalardan iborat? J: Koreya Respublikasi qadimgi platformada joylashgan bo'lib, relyefi, asosan, kuchli parchalangan o'rtacha balandlikdagi tog'lardan iborat

    13. Foydali qazilmalardan mamlakatda qanday konlar bor? J: ko'mir, volfram, temir, rux, qo'rg'oshin, oltin konlari

    14. Lekin zaxiralari nisbatan kam bo'lganligi tufayli Koreya Respublikasi turli xomashyolarga bo'lgan ehtiyojini ko'proq nima hisobiga qondiradi? J: import hisobiga

    15. Koreya iqlimi, asosan, qanday shakllanadi? J: mo'tadil bo'lib, musson shamollari ta'sirida shakllanadi

    16. Eng yirik daryolari qaysilar? J: Naktongan va Xangan

    17. Hududining katta qismini qanday o'rmonlar egallagan? J: aralash ignabargli va keng bargli o'rmonlar egallagan

    18. Koreya Respublikasida necha mln. kishidan ziyod aholi yashaydi? J: 51 mln. kishidan ziyod aholi yashaydi (2018-y.).

    19. Koreya Respublikasi aksariyat Osiyo mamlakatlaridan aholining nima bilan ajralib? J: aholi tabiiy ko'payishining past darajasi bilan ajralib turadi (yiliga 0,1-0,2 %)

    20. Koreya Respublikasi yuqori urbanizatsiyalashgan davlat, aholisining necha % dan ziyodi shaharlarda istiqomat qiladi? J: 80 % dan ziyodi

    21. Eng yirik shaharlari qatoriga, Seuldan tashqari, qaysi shaharlar kiradi? J: Pusan, Tegu, Inchxon, Kvanchju va Tedjon kiradi.

    22. Koreya Respublikasi aholisining etnik tarkibi jihatidan qanday davlat hisoblanadi? J: bir millatli davlat.

    23. Jami aholining deyarli necha % ini koreyaliklar tashkil qiladi? J: 99 % ini

    24. Keng tarqalgan dinlar qaysilar hisoblanadi? J: buddizm va xristianlik

    25. Koreya Respublikasida aholi zichligining o'rtacha ko'rsatkichi ancha yuqori bo'lib, 1 km maydonga necha kishidan ko'proq aholi to'g'ri keladi? J: 500 kishidan ko'proq (521 kishi).

    26. Mamlakatning qaysi hududlarida aholi zichligi juda yuqori darajada? J: relyefi nisbatan tekis bo'lgan g'arbiy va janubiy dengizbo'yi hududlarida

    27. Koreya Respublikasi nechanchi yillardan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ulkan yutuqlarga erishdi? J: 1980-yillardan boshlab

    28. Bu o'sish, ayniqsa sanoat sohasida ko'zga tashlanadi, shuning uchun ham Koreya Respublikasi qanday mamlakatlar guruhiga kiritiladi? J: yangi industrial (sanoatlashgan) mamlakatlar guruhiga

    29. Hozirgi kunda Koreya Respublikasi YIM hajmi bo'yicha jahon mamlakatlarining birinchi nechtaligiga kiradi?J: birinchi o'n beshtaligiga kiradi.

    30. Sanoatning eng muhim tarmoqlari qaysilar hisoblanadi? J: avtomobilsozlik, kemasozlik, elektro texnika, elektronika, atom energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft- kimyo, yengil sanoat.


    31. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin