30. Xiva xonligida qo’shbegi vakolati doirasiga kiradigan sohalarni belgilang.
1. Xonlikda to‘planadigan soliqlarning davlat xazinasiga tushishini ta’minlagan
2. Xonlik xavfsizlik xizmatini boshqargan
3. Moliya ishlari uchun. shuningdek, qo‘shinning holati uchun javobgar bo’lgan
4. Barcha harbiy harakatlarda ishtirok etgan
5. Xonning qo’riqlanishi va maxfiy davlat hujjatlarining saqlanishi uchun javobgar bo’lgan
6. Urush harakatlari vaqtida qo‘shinga qo‘mondonlik qilgan
A) 1, 2, 6 B) 1, 3, 4
C) 2, 4, 6 D) 2, 3, 5
31. Xiva xonligida - amir, „sohibi devoni a’lo“
sifatlari bilan ulug’langan mansab bu?
A) Qo’shbegi B) Mehtar
C) Yasovulboshi D) Parvonachi
32. Markaziy hokimiyatning kuchayishi natijasida avvallari xonlikda juda katta nufuzga ega bo’lgan ………….. ning mavqeyi XIX asrning birinchi yarmidan boshlab pasayib bordi.
A) Beklar B) Noiblar
C) Inoq D) Oqsoqollar
33. Qaysi Xiva xoni saroydagi amaldorlar sonini 360 nafardan 100 nafarga tushirdi.
A) Olloqulixon
B) Muhammad Rahimxon I
C) Abulg’ozi Bahodirxon
D) Eltuzarxon
34. Biy, otaliq va inoq mansablari qaysi Xiva xoni davrida bekor qildi.
A) OlloqulixonB) Muhammad Rahimxon I
C) Abulg’ozi BahodirxonD) Eltuzarxon
35. Xonlikda nechta devon (vazirlik) faoliyat ko‘rsatgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
36. Xiva xonligida devonga kim rahbarlik qilgan?
A) Qo’shbegi B) Mehtar
C) Yasovulboshi D) Devonbegi
37. Xiva xonligida faoliyat ko`rsatgan devonlarni aniqlang
1. Xo`jalik devoni
2. Ijtimoiy-siyosiy ishlar bilan shug`ullanuvchi devon
3.Harbiy devon
4. Tashqi ishlar devoni
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4
38. Xivada Oliy Kengash a’zosi yasovulboshi vazifalarini belgilang
1. Xonlikda to‘planadigan soliqlarning davlat xazinasiga tushishini ta’minlagan
2. Xonlik xavfsizlik xizmatini boshqargan
3. Moliya ishlari uchun. shuningdek, qo‘shinning holati uchun javobgar bo’lgan
4. Barcha harbiy harakatlarda ishtirok etgan
5. Xonning qo’riqlanishi va maxfiy davlat hujjatlarining saqlanishi uchun javobgar bo’lgan
6. Urush harakatlari vaqtida qo‘shinga qo‘mondonlik qilgan
A) 1, 2, 6 B) 1, 3, 4
C) 2, 5, 6 D) 2, 3, 5
Dostları ilə paylaş: |