38. Xivada Kalta minor nomi bilan mashhur bo`lgan minorani kim qurdirgan?
A) Eltuzarxon B) Muhammad Rahimxon I
C) Olloqulixon D) Muhammad Aminxon
39. Xivadagi Kalta minor nomi bilan mashhur minora qayеrda joylashgan?
A) Ichan qal`aning g`arbiy qismidagi Ko`hna ark yonida
B) Ichan qal`aning sharqiy qismidagi Ota darvoza yonida
C) Ichan qal`aning janubiy qismidagi Ko`hna ark yonida
D) Olloqulixon qurdirgan karvonsaroy yonida
40. Qachon Ichan qal`a me`moray yodgorlik sifatida alohida muhofazaga olingan va muzey-qo`riqxonaga aylantirilgan?
A) 1950-yil B) 1956-yil C) 1961-yil D) 1973-yil
41. Ichan qal`aning yer maydoni necha gaktarni tashkil qiladi?
A) 25 ga. B) 26 ga. C) 27 ga. D) 28 ga.
42. Ichan qal`ada qancha tarixiy-me`moray obida joylashgan?
A) 50 ta B) 52 ta C) 54 ta D) 56 ta
43. Ichanqal`a qachon Butunjahon yodgorliklari ro`yxatiga kiritilgan va muzeyga aylantirilgan?
A) 1961-yil B) 1990-yil C) 1993-yil D) 1996-yil
44. Qachondan muzey-qo`riqxona Xiva “Ichan qal`a muzey-qo`riqxonasi” deb ataladi?
A) 1961-yil B) 1990-yil C) 1969-yil D) 1978-yil
45. Qaysi Xiva xoni Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida uzunligi devor bilan o`rattirdi?
A) Eltuzarxon B) Muhammad Rahimxon I
C) Olloqulixon D) Muhammad Aminxon
46. Dishan qal`a qachon devor bilan o`rab olingan?
A) 1840-yil B) 1842-yil C) 1843-yil D) 1844-yil
47. Dishan qal`ada nechta darvoza bo`lgan?
A) 8 ta B) 10 ta C) 12 ta D) 14 ta
48. Quyidagi ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang.
1. Xorazmshoh ma’muniylar tashkil etgan ilm-fan markazi (Ma’mun akademiyasi)da zamonasining Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi o!nlab allomalari shu ilm maskanida faoliyat yuritdilar.
2. Amudaryo o‘z o‘zanini o'zgartirib Kaspiy dengiziga emas, Orol dengiziga quyila boshlashi tufayli Gurganj shahri suvsiz qoldi. Natijada, odamlar har tomonga ko‘chib keta boshlagan
3. Xivaning mashhurligi bunyod etilgan davrlardanoq u orqali Sharq bilan G‘arbni bog’lovchi savdo yo‘li o’tganligi bilan izohlanadi.
4. Ichan qal’ani bunyod etishda Xiva me’morlari O‘rta Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an’ana - inshootlarni ro‘parama-ro‘para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul ,,qo‘sh“ deb ataladi.
5. Bbinolarni alohida ansambl holida qurish an’analariga ham amal qilingan. Masalan, Bog’cha darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi ana shunday o‘ziga xos ansamblni tashkil etadi.
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4,5 D) 1,2,4,5
Dostları ilə paylaş: |