14. Abulgoziy Sulton akasi Asfandiyorxon ortasidagi munosabatlar buziladi va natijada Abulg`oziy Sulton qayerlarda qochib yurishga majbur bo`ladi? 1.Turkiston 2.Toshkent 3.Buxoro 4.Taroz
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4
15. Abulgo`ziy Sulton turkmanlarning chaqirig`i bilan Xivaga qaytib borganda akasi unga qaysi shaharni topshirishga majbur bo`ladi? A) Hazorasp B) Urganch C) Vazir D) Xiva
16. Asfandiyorxon ukasi Abulg`ozini qachon Eron shohi huzuriga garov tariqasida yuboradi? A) 1629-yil B) 1630-yil C) 1633-yil D) 1635-yil
17. Abulg`oziy Sulton necha yil Eronda tutqunlikda kun kechirgan? A) 5 yil B) 10 yil C) 12 yil D) 14 yil
18. Abulg`oziy Sulton tutqunlikdan qochib, …………qarorgohiga yetib keladi A) Buxoro xoni B) Orol o`zbeklari
C) Jung`or xoni D) Qalmoq xoni
19. Abulg`oziy Sulton qachon Xiva xonligi taxtini egallaydi? A) 1642-yil B) 1643-yil C) 1644-yil D) 1645
20. Abulg’ozi Bahodirxon bir-biri bilan o‘zaro nizo qiluvchi urug'lar boshliqlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish uchun u Amudaryoning quyi oqimida yashovchi aholini necha guruhga bo’ladi? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
21. Abulg’ozi Bahodirxon bir-biri bilan o‘zaro nizo qiluvchi urug'lar boshliqlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish uchun u Amudaryoning quyi oqimida yashovchi aholini birlashmalarga bo’ladi va ularga qanday imtiyozlar beradi? A) Soliqlardan ozod qilinadi, har biriga yer bo’lib beriladi
B) Davlat apparatida ma’muriymansablar ular orasidan tayinlash, har biriga yer ajratildi
C) Xon xonadoni ular bilan qarindoshlik munosabatlarini bog’laydigan bo’ldi
C) Ko’plab mol-mulk berilib, ulardan qo’shin tuzildi
22. Abulhg`ozixon har bir qabilaviy guruhga kimlar tayinlanadi? A) Inoq B) Oqsoqol
C) Naqib D) Noib
23. Kimning islohotlari ma’lum muddatga bo‘lsada, hokimiyatning markazlashuviga hamda ko‘chmanchilar va yarim ko‘chmanchilarning o‘troqlashish jarayonini kuchaytirishga xizmat qildi? A) Asfandiyorxon B) Abulg’ozixon
C) Elbarsxon D) Arab Muhammadxon