Mavzu;mustaqillik yillarida qoraqalpog’iston respublikasi



Yüklə 93,61 Kb.
səhifə1/4
tarix04.05.2023
ölçüsü93,61 Kb.
#107333
  1   2   3   4
mustaqillik yillarida qoraqalpog\'iston respublikasi

MAVZU;MUSTAQILLIK YILLARIDA QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI

TAYYORLADI;

QABUL QILDI;

REJA: 1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar. 2. Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar. 3. Ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi-g‘arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoli-g‘arbida Ustyurt pasttekisligi, shimoli-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Qoraqalpog‘iston umumiy er maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo‘lib, u hududining kattaligi jihatdan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Respublikaning aholisi 1 881,9 ming kishidan ziyoddir.
Respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilmasi 16 ta tuman va 1 ta shahardan iborat: Amudaryo, Beruniy, Bozatov, Ellikqal’a, To‘rtko‘l, Kegeyli, CHimboy, Qorao‘zak, Taxtako‘pir, Qonliko‘l, SHo‘manoy, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Xo‘jayli, Taxiatosh, Nukus tumanlari va poytaxt – Nukus shahridir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament boshqaruv shakliga ega bo‘lgan suveren Respublikadir. Qoraqalpog‘iston o‘z Konstitutsiyasi, bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. Qoraqalpog‘istonning Konstitutsiyasi va qonunlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va ular shu asosda amal qiladi. Respublikada umumiy rahbarlik Jo‘qorg‘i Kenges Raisi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi parlamenti tomonidan amalga oshiriladi. Respublikaning oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Kengashi tarkibiga Kengash Raisi, Raisning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, yirik konsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, o‘z vazifasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi
1990 yili 14 dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining IV sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qorakalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi” Deklaratsiya qabul qildi. Mazkur Deklaratsiya 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi” Qonunda o‘zining huquqiy asosini topib, 1-17-moddalarida Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etildi. Har ikki respublika o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasida (70-75 moddalar) o‘z aksini topdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining XII sessiyasida (1993 yil 9 aprel) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlariga ega. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992 yil 14 dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrog‘i, 1993 yil 9 aprelda bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida Davlat gerbi, 1993 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi. Parlament - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengesi hisoblanadi. 86 deputatdan iborat. Quyidagi davlat arboblari Parlament raislari bo‘lib ishladi: Dauletbay SHamshetov (1991-1992), Ubbiniyaz Ashirbekov (1992-1997), Timur Kamalov (1997-2002). 2002 yili 2 may kuni bu lavozimga Musa Tajetdinovich Erniyazov saylandi. Mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori Qoraqalpog‘istonning rivojlanishiga ham ulkan e’tibor qaratildi. Aynan ana shunday e’tibor tufayli bugungi kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan boshlab, tumanlar va qishloqlar, hatto, eng chekka ovullar ham har tomonlama o‘zgarib, rivojlanib bormoqda.

Yüklə 93,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin