Mavzu;mustaqillik yillarida qoraqalpog’iston respublikasi



Yüklə 93,61 Kb.
səhifə4/4
tarix04.05.2023
ölçüsü93,61 Kb.
#107333
1   2   3   4
mustaqillik yillarida qoraqalpog\'iston respublikasi

Shuningdek, Nukus shahrida – “Nukus polimer” MCHJ, “Nukuselektroapparat” MCHJ faoliyat olib bormoqda. “Samsung” brendi ostida televizor, changyutkich ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi. Mo‘ynoq tumani aholisini markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha 101 kilometrlik “Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq” suv quvuri va “Qo‘ng‘irot” suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Nukus shahri markazidan o‘tuvchi “Do‘stlik” kanalining ikki qirg‘og‘i obodonlashtirilib, bugungi kunda bu sohil atroflari xalqimizning eng sevimli oromgohiga aylangan. Qorao‘zak tumanidagi “Qoraqalpoq sement”, “Titan sement”, Taxiatosh tumanidagi metal-konstruksiya ishlab chiqarish zavodi, Ellikqal’a tumanidagi “Bo‘ston mega-teksil”, To‘rtko‘l tumanidagi “Vegateks global”, CHimboy tumanidagi “Lanextrakt” korxonalarida ham ishlab chiqarish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Nukus shahrida “Nukus Med Tex” MCHJ, Kegeyli tumanida “Kegeyli qog’oz” MCHJ, “Lanko-miya” korxonasi, Amudaryo tumanida “Amu SHoxjaxon” MCHJ, CHimboy tumanida “Pintok” korxonasi tomonidan tibbiyot kilinikasi ishga tushirildi. Mo‘ynoq tumanida Amfiteatr, “Mo‘ynoq porloq tekstil” tikuvchilik korxonasi, davlat xizmatlari markazi yangidan qurildi hamda futbol o‘yingohi va Madaniyat markazi rekonstruksiyasi to‘liq yakunlandi. SHuningdek, Nukus shahrida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan “Imkon” nomli O‘zbekistondagi birinchi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi. Bulardan tashqari, bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ma’naviy kadriyatlarni qayta tiklashda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bayramlarini tashkil etish muhim rol o‘ynadi: 21 mart Navro‘z, 1 yanvar - YAngi yil, 8 mart - Xotin-qizlar kuni, 9 aprel - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 9 may - Xotira kuni, 1 sentyabr – Mustaqillik kuni, 1oktyabr - Ustozlar kuni, 8dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, Ro‘za haiti, Qurban haiti.

E’tiboringiz uchun raxmat!!!


Yüklə 93,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin