Mavzuni о‘qitishdagi interfaol ta’lim metodlari va ilg‘or xorijiy tajribalar



Yüklə 119,46 Kb.
səhifə4/6
tarix24.05.2022
ölçüsü119,46 Kb.
#59338
1   2   3   4   5   6
Mavzuni о‘qitishdagi interfaol ta’lim metodlari va ilg‘or xoriji

«6*6*6 METODI»
Bu shunday metodki, unga koʻra 36 ishtirokchi maium bir vaqt mobaynida biror bir masalani muhokama qilib, koʻpchilik guruh a’zolarining masalaga boigan munosabatlarini bilib olish mumkin. Har biri 6 kishidan iborat boʻlgan 6 ta gumhda maium bir vaqt mobaynida oʻqituvchi tomonidan qoʻyilgan muammo muhokama qilinadi. Shundan soʻng oʻqituvchi guruh a’zo!ari orasida oldingi bahs gurahida qatnashgan oʻquvchilari boigan yangi guruh tuzadi. Yangi guruhda ishtirokchiiar oʻz guruh-larida qilgan ishlarining natijalarini muhokama qiladilar.
Ushbu metod guruh a’zolarining faolligini oshiradi. Ular-ning har biri qisqa fursat davomida bahs ishtirokchisi boiishi bilan birga, ma’ruzachi vazifasini ham bajaradi.
Ushbu metod bilan mashgʻulotni qanday olib borish kerak?
1. Mashgʻulot oldidan oʻqituvchi 6 ta stol atrofiga 6 ta oʻrindiq qoʻyib chiqadi.
2. Sinf har biri 6 ta oʻquvchidan iborat boʻlgan 6 ta guruhga boiinadi.
3. oʻquvchilar oʻz oʻrinlarini egallab boʻlganlaridan soʻng oʻqituvchi bahs mavzusini e’lon qiladi (guruhlar uchun vazifalar bir xil yoki bitta masalaning turli jihatlariga tegishli boʻlishi mumkin).
4. oʻqituvchi ish borishini nazorat qilib turadi. Barcha guruh a’zolari masalaning shartini toʻgʻri tushunganligiga ishonch hosil qilgach, savollarga javob beradi va agar ishtirok-chilar yordamga muhtoj boʻlib qolsalar, ularga qoʻshimcha koʻrsatmalar beradi.
5. Belgilangan vaqt tugaganidan soʻng oʻqituvchi yangi guruhlar tuzadi. Bunda har bir guruhda oldingi bahs guruhlaridan albatta bittadan vakil ishtirok etadi.
6. Mashgʻulotga yakun yasaladi.


«ROLLI OʻYINLAR»
Rolli oʻyinlar metodining mohiyati shundan iboratki, unda oʻquvchilarboshqa kishining roliga kirib, uning «ichida» hara-kat qiladilar. oʻyinda oʻquvchilarga asosan tugallanmagan vaziyatlar beriladi. Ular qaror qabul qilishlari, munozarali holatlarni bartaraf etishlari yoki taklif etilgan vaziyatlarni nihoyasiga yetkazishlari kerak boʻladi.
Rolli oʻyinlar oʻquvchilarda boshqalarai tushunish, ularga xayrxohlik qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi. Boshqalar rolini oʻynash orqali, oʻzgalarning oʻy-xayollarini tushunish oson. Rolli oʻyinlar oʻquvchilarga turli vaziyatlarda oʻzini tuta bilishning modellarini berishi mumkin.
Darslarda rolli oʻyiniarini qoʻllash quyidagi bosqichlami oʻz ichiga oladi:
l. Oʻyinli vaziyatni tanlash. Rolli oʻyinlar uchun koʻplab materiallar mavjud. Ular individual qiyinchiliklarni (masalan, Internet xizmati provayderi bilan muloqot qilish) va muam-moni hal qilish vaziyatlarini (masalan, dasturiy mahsulot buyurmachisi bilan bahs) oʻz ichiga oladi. oʻyinlar maxsus savollar yoki muammolami hal etishda qoʻllanilishi mumkin. Masalan, yosh bolalarga Intemet larmogʻining barcha ma’Iu-motlariga kirishga ruxsat berish kerakmi yoki yoʻqmi, degan savolga javob topishda oʻyin metodidan foydalanish mum-kin. Va nihoyat, oʻyin jarayonida oʻquvchilardan intervyu olish, jnuzokara olib borish, tadqiqot olib borish va qaror qabul qilish, oʻzini himoya qila olish koʻnikmalari rivqjlanadi.
2. Tayyorlash. oʻquvchilar vaziyat yoki muammo bilan tanishadilar va ular oʻrtasida rollar taqsimlanadi.
3. Ishtirokchilarni tanlash. oʻqituvchi rolga oʻquvchilarni oʻzi tanlashi, guruhda oʻzlari taqsimlashlariga imkon berishi yoki xohlovchilarni taklif etishi mumkin. Rolli oʻyinlarda ishtirok etmayotgan oʻquvchilar kuzatuvchi boʻlishlari yoki boshqa rolni oʻynashlari mumkin.
4. Oʻyinni o ‘tkazish. oʻquvchilar oʻyin doirasida oʻzlarini tutish usulini oʻzlari tanlaydilar. Bunda, albatta, berilgan vaziyatga tushganda inson oʻzini qanday tutishi mumkinligi asos qilib olinadi. oʻyinning borishiga oʻqituvchi aralashmas-ligi lozim. Ayrim hollarda oʻyin tugagandan keyin rollarni almashib, yana bir bor oʻyin oʻtkazish foydadan xoli boʻlmaydi.
5. Muhokama. oʻyin muhokama qilinishi va baholanishi kerak. Ishtirokchilar va kuzatuvchilar oʻyinda boʻlib oʻtgan voqealarni va bu voqealar nima uchun roʻy berganligini muho-kama qilish va tahlil etish imkoniyatlariga ega boʻlishlari lozim.
Muhokama uchun quyidagi savollarni berish mumkin:

  • Siz nimalarga oʻrgandingiz?

  • Oʻyin boʻyicha va har bir rol boʻyicha nimalarni his etayapsiz?

  • Oʻyin hayotda roʻy beradigan vaziyatga nimasi bilan oʻxshadi va nimasi bilan farq qildi?

  • Qoʻyilgan masala hal etildimi?

  • Agar boshqacha oʻynalganda nima boʻlar edi?


Yüklə 119,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin