Zastavka grafik tasvirlar ko‘rinishida bo‘lib, programmalar ishga tushirilganda bir necha sekunddan so‘ng ekranda paydo bo’ladi. Unda programma nomi va uning avtorlari haqida ma’lumot bo’lishi mumkin.
Grafik tasnifi, ya’ni .bmp kengaytmaga ega bo’lgan faylni grafik muharriri yordamida tayyorlaymiz. Delphi sistemasini ishga tushirishdan avval tuziladigan ilovani saqlash uchun o‘zimizga papka tashkil qilamiz.
1.01din tuzilgan biror-bir ilovani ochamiz yoki yangi ilova tashkil etamiz.
2.Bosh menyudan grafik muharririni ishga tushiramiz: Tols=>Image Editor. (Bu Delphi grafik muharriri oddiy Paint grafik muharriridan uncha katta farq qilmaydi.)
3 .Delphi grafik muharriri Image Editor menyu sid an File=>New=>Bitmap File(.bmp) buyrug‘i beriladi. Natijada, ekranda rasm paramertlarini berish uchun muloqot darchasi paydo bo’ladi. Muloqot darchasidan kerakli parametrlar tanlanib, Ok tugmasi bosiladi. Tayyor mavjud rasm fayllaridan ham foydalanish mumkin.
4.Grafik muharriri oynasidan ajratilgan joyga ixtiyoriy rasm chizililadi va, u saqlanadi. Masalan, aylana va unga tashqi chizilgan rasm chizib, ichiga «Tuzuvchi — R.Ahmedov » so‘zi yozib qo‘yilsin. Matnni yozish uchun uskunalar panelining «T» (Text) tugmachasidan foydalaniladi.
5.Grafik fayli saqlanadi va undan chiqiladi.
6.System palitrasidan Timer komponentasining tugmachasini bosib, formaga olib kelib qo‘yiladi va u Timerl nom oladi. Interval xossasini 3000 ga tenglashirib olamiz.
7.Additional palitrasidan Image komponentasi tugmachasini bosib formadan rasm uchun joy ajratiladi va keyin esa xossalar bo’limidan Picture xossasi tanlanib, u yerdan uch nuqtali tugmachasi bosiladi. Natijada, ekranda rasmni aniqlash va joylash uchun muloqot darchasi ochiladi. Muloqot darchasidan Load buyrugi berilib, saqlangan rasm faylimiz tanlanadi va Ok tugmasi bosiladi. Rasm to’liq formaga joylashishi uchun Autosize xossasiga True qiymatini o‘rnatamiz.
8.Timerl komponentini aktivlashtiramiz, ya’ni uni ikki marta tez- tez bosamiz va kodlami yozish oynasiga quyidagi qora yozilgan kodlami kiritamiz: