MgO
0,82
0,42
0,38
CaO
0,89
0,38
0,29
Fe
2
O
3
0,08
0,035
0,16
PbO
2
0,03
0,09
0,04
Bu jadvalda mikroorganizmlar hujayrasida ko‘p uchraydigan moddalar qayd
kilingan, bulardan tashkari, hujayra tarkibida oz miqdorda, lekin, fiziologik
aktivlik uchun zarur bo‘lgan bir qancha mikroelementlar: bor, marganes, molibden,
rux, mis, kobalt, brom, yod va boshqalar ham uchraydi.
Har xil moddalarning ximiyaviy tuzilishi bilan ularning mikrob hujayrasiga
kira olishi o‘rtasida mustahkam bog‘liqliq bor. Ionlarga ajralmaydigan
uglevodorodlar va boshqa birikmalar, odatda, hujayraga juda tez o‘tadi, agar
organik birikmaning molekulasida aminogruppa, oksigruppa yoki karboksil gruppa
bo‘lsa, bunda moddalarning xujayra ichiga kirish xususiyati keskin o‘zgaradi.
Bunday gruppalar qancha ko‘p bo‘lsa, organik moddalarning hujayra ichiga
kirishi sskinlashadp. Hujayra ichiga kiradigan moddalar iafas olishda hosil
bo‘ladigan N
+
va NSOionlariga almashinib o‘tadi.
Oziqlanish tipiga ko‘ra, bakteriyalar juda xilmaxil gruppalarga bo‘linadi.
Geterotrof va avtotrof usulda oziqlanish termini hayvonlar va o‘simliklar uchun
qo‘llaniladi. Lekin mikroorganizmlar uchun yetarli emas, chuiki mikroorganizmlar
ensrgiya manbaiga ko‘ra, uglerod manbaiga ko‘ra va donor elektronlarga kura turli
gruppalarga bo‘lipadi. Energiya manbai yorug‘lik bo‘lsa — fototroflar, agar
energiya manbai oksidlanish-qaytarilish protsesslari bo‘lsa — xemotroflar, agarda
anorganik moddalar (H
2
, NH
3
, H
2
S, CO
2
) va boshqalar bo‘lsa — litotroflardir.
Tayyor organik moddalarni o‘zlashtpruvchilar —organotroflar deb ataladi.
Barcha yashil o‘simliklar, ko‘kyashil suv o‘tlar, qirmizi va yashil rangli
oltingugurt bakteriyalari — fotolitotroflar, nitrifikatorlar — xemolitotroflar,
hayvonlar
va
ko‘pchilik mikroorganiyamlar — xemoorganotroflardir.
Oziqlanishning eng keng tarkalgan turi geterotrof, ya’ni tayyor organik moddalar
bilan oziqlanishdir.
Dostları ilə paylaş: