MIKROORGANIZMLARNING AZOT BILAN OZIQLANIShI
Azot elementiga munosabatiga ko‘ra, mikroorganizmlar turli gruppalarga
bo‘linadi. Ba’zilari oqsil va peptonlarni o‘zlashtirsa, boshqalari nitratlarni,
uchinchilari ammiakni, to‘rtinchilari atmosfsra azotini o‘zlashtiradi.
4 jadvalda mikroorganizmlarnipg azot manbalariga nisbatan talabi
ko‘rsatilgan.
Oqsil va peptonlar proteoliz (parchalanish) va dezaminlanishdan so‘ng
o‘zlashtirilsa, aminokislotalarning to‘liq aralashmasi bevosita parchalanadi, ba’zi
vakillari nntratlarni, ko‘pchiligi ammiakni o‘zlashtiradi.
Mikroorganizmlar uchun turli azot manbalari
(N. D. Ierusalimskiy ma’lumoti)
Azot manbalari
Azot manbalari o‘zlashtiradigan turli fiziologik xususiyatlari
proteoliz
dezaminlanish
nitratlarning
qaytarilishi
azotfikasatsiya
Oqsilar
+
+
—
—
Peptonlar
+
+
—
—
Aminokislotalarning
to‘liq aralashmasi
—
—
—
—
Ba’zi bir aminokislotalar
—
—
—
—
Ammiak
—
—
—
—
Nitratlar
—
—
+
—
Atmosfera azoti
—
—
—
+
Patogen mikroorganizmlarni ham aminokislotalarda o‘stirish mumkin.
Hayvonlar singari bakteriyalar .ham o‘zi sintez qila olmaydigav amipokislotalarni
talab qiladi, lekin hayvonlarning ko‘pchiligi 8—10 ta^ aminokislota talab qilsa,
bakteriyalarning ayrimlari 2—3 ta, ba’zilari esa 17 taga yaqin aminokislotani talab
qiladi. Ayniqsa patogen, sut kislota hosil qiluvchi va chirituvchi bakteriyalar uchun
aminokislotalar nihoyatda zarur. Zamburug‘lar, turushlar va aktinoiitsetlar ozig‘ida
aminokislotalar bo‘lsa, ular tez o‘sadi, mabodo, aminokislotalar bo‘lmasa, ularni
o‘zi sintezlay oladi (Zgjadval).
Bu jadvaldagi « + » albatta zarurligini, «—» zarur emasligini, «( + )» o‘sishni
tezlashtiruvchi stimulyator ekanligini ko‘rsatadi.
N.D.Ierusalimskiy (1963) aminokislota sintezlovchilarni aminoavtotroflar,
sintezlay olmaydiganlarni aminogeterotroflar deb atagan. Mikroorganizmlar uchun
zarur bo‘lgan amyushkislotalar ro‘yxatini aminogramma deb ta’riflagan.
Mikroorganizmlarning normal o‘sishi uchun V vitamnnlar gruppasiga
kiradigan va suvda eriydigan moddalar zarur. Ba’zilari nuklein kislotalar yoki
fermentlar tarkibiga kiradigan komponentlardir. Ba’zi mikroorganizmlar o‘zi
vitamin
sintezlaydi,
ularni
Shopfer
(1938)
auksotroflar
deb
atagan.
Geteroauksotroflar vitamin sintezlay olmaydi.
Bakteriyalarning uglevodorodlarni o‘zlashtirishi. V. O. Tauson 1925 yildan
boshlab to 1935 yilgacha uglevodorodlarni oksidlovchi bakteriyalar va
zamburug‘lar ustida ish olib boradi va ularni ikki gruppaga: aeroblar va
anaeroblarga ajratadi. U parafinlarning Azr. Iauiz tomonidan parchalanishini va
oraliq mahsulot — murakkab efirlar hosil bo‘lishini kuzatgan. Keyinchalik u ochiq
zanjirli uglevodorodlarni oksidlovchi formalarni ham topgan. Toluol, benzol,
ksilolni parchalovchi turlarni aniqlagan. Ba’zilari faqat toluolni parchalasa,
boshkalari 2 halqali (definil, naftalinni), uchinchilari uch halqali (fenantren va
antrasen) uglevodorodlarni parchalaydi. Tauson neft, terpinlar va smolalarning
oksidlanishini ham aniqlagan. Uning bu ishlari geterotrof mikroorganizmlarda
moddalar almashinuvi protsessi nihoyatda xilmaxil ekanligini ko‘rsatadi.
Yashil va qirmizi rang bakteriyalarda fotosintez. Barcha yashil
o‘simliklarning eng muhim xususiyatlaridan biri quyosh nurlari yordamida SS va
N20 dan organik modda hrsil qilish, ya’ni fotosintez protsessidir. Uni tubandagi
tenglama bilan ifodalash mumkin:
6SO
2
+ 6N
2
O → S
6
N
12
O
6
+ O
2
Fotosintez protsessida yorug‘lik energiyasi yutiladi va organik moddada
to‘planadi, atrofga esa kislorod ajralib chiqadi.
Tuban organnzmlardan ko‘kyashil va bnr hujayrali yashil suv o‘tlarda x.am
fotosintez protsessi boradi, ayniqsa xlorella muhim ahamiyatga ega. Yuksak
o‘simliklardan farq qilib, yashil bakteriyalar ko‘kyashil suvo‘tlar xlorofillni
qorong‘ida hosil qiladi. Rus olimi Lrtari (1899, 1913) aniqlashicha, ko‘pchilik
yashil suvo‘tlar va lishayniklar tanasidan ajratib olingan suvo‘tlar agaragarda
yaxshi o‘sadi (ya’ni oziqda glyukoza, pepton, mineral tuzlar bo‘lganda). Bu esa V.
N. Lyubimenko va A. I. Oparinnnng fikrini tasdiklaydi, ya’ni ular geterotrof
oziqlanish avtotrofdan oldin kelib chiqqan deganlar. Yashil bakteriyalar va yuksak
o‘simliklardagi xlorofill turli nurni yutadi. Yuksak o‘simliklardagi xlorofill qizil va
ko‘kbinafsha nurni yutsa, bakteriyalardagi xlorofill olti xil rangli nurni yutadi.
Bundan tashqari, bakternoxlorofill molekulasida ikki atom vodorod ortiqcha,
nurlarning yutilish maksimumi yashil va qirmizi rang bakteriyalarda 800—890 nm
oralig‘ida. Qirmizi bakteriyalarning karotinoidlari 400—600 nm orasidagi nurni
yutib, uni bakterioxlorofillga o‘tkazadi. Ulardagi xlorofill granalarda joylanadi va
faqat elektroi mikroskopda ko‘rinadi. Ularda fotosintez quyidagicha boradi:
Yashil bakteriyalarda: SO
2
+ 2N
2
S → 1/6S
6
N
12
O
6
+ H
2
O + S
Qirmizi bakteriyalarda: SO
2
+ 2N
2
S + 2H
2
O → 1/6S
6
N
12
O
6
+ H
2
SO
4
Dostları ilə paylaş: |