Mavzu’’SINF TARBIYAVIY SOATLARI HAQIDA UMUMIY TUShUNChA”
Tayyorladi: Yusupova Mavluda gr 22-1(2- OTM)
REJA: 1. Kun shiori: 2. Kirish; 3. Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash; 4. Yakuniy qism.
1
Sinf tarbiyaviy soatlari maktab sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakllaridandir. Sinf tarbiyaviy soatlari quyidagi: ma’rifiy, baholovchi, yoʻnaltiruvchi singari uch asosiy tarkibiy qismlardan iborat boʻladi. Ma’rifiy tarkibiy qismda: oʻquv dasturlaridan tashqari, oʻquvchilarning etik, estetik, ruhiy tushunchalarni, fantexnika, xalq xoʻjaligi, dunyo voqealarini boyitib, kengaytirib borishdan iborat ishlar amalga oshiriladi
2
Baholovchi tarkibiy qismda: oʻquvchilarda atrof-muhitga muayyan munosabatda boʻlish, undagi moddiy va ma’naviy boyliklarimizning bahosi, ahamiyati va qadr-qimmati, mehnat kishilari va Vatanimiz himoyachilarining shon-shuhrati, ona Vatanimizning, ulugʻ xalqimizning shuhrati haqidagi tegishli tushunchalarni hosil qilish va mustahkam qaror toptirishdan iborat sifatlar roʻyobga chiqariladi
3
“Inson va insoniy munosabatlar”. Bunda jamiyatimizdagi insoniy munosabatlar, jonajon maktabi, oʻqituvchilari oʻz ota-onasi qarindosh-urugʻi, doʻstlari va boshqa kishilarga, jamoat mulkiga, ona Vatan boyliklariga munosabat, yurish-turish madaniyati, muomalasi, rostgʻoʻylik, halollik, mehnatga ongli munosabatda boʻlish.
4
Tarbiyaviy soatlar uchun maktab oʻquvchilari va oʻqitivchi tarbiyachilarga moʻljallangan hamda ommabop gazeta va jurnallar, pedagogikaga
oid va bolalar tarbiyasiga doir badiiy adabiyot namunalari, kinolavha, kinofilm,
diafilm va radio eshittirish va telekoʻrsatuvlardan, tarbiya mavzusiga yoʻnaltirilgan va shu kungi oʻquvchilar uchun dolbzarb, hayotiy materiallardan tanlab olishlari kerak
5
Shundagina sinf oʻquvchilarining qaynoq ijodiy faoliyati ta’minlangan boʻladi.
Bunday vaqtlarda oʻquv-texnika vositalari, koʻrgazmali qurollar va didaktik materiallardan unumli foydalanish esa soʻzsiz sinf tarbiyaviy soatlarini yanada ijobiy natijalarga olib keladi.
6
Sinf tarbiyaviy soati tarbiyaviy ishning ajralmas qismi boʻlib
oʻquvchilar uchun ham, sinf rahbari uchun ham amaliy-ijodiy ishdir.
Sinf tarbiyaviy soatlarida tanlangan mavzu boʻyicha oʻtkaziladigan
mashgʻulotlarga eng avvalo oʻqituvchi puxta tayyorgarlik koʻrishi lozim.
7
Mashgʻulot jarayonida ustoz oʻz maqsadini oʻquvchilari ongiga yetkaza oladigan, ularning qalbini toʻlqinlantira oladigan, ta’sirchan va ifodali
bayon qila oladigan nutqqa ega boʻlishi, turli pedagogik ta’sirlar orqali
singdira oladigan boʻlishi lozim
8
Sinf tarbiyaviy soatlari uchun tanlangan mavzuning maqsadiga mos keladigan kuy va qoʻshiqning yangrashi, badiiy oʻqish, she’rxonlik, oʻz
ijodiy ishlaridan namunalar koʻrsatish, muhokama qilinayotgan
masalaga nisbatan oʻquvchilarning oʻz mustaqil fikrlarini bayon qilashlariga keng
yoʻl berish, hayotiy muhim masalalar haqida aniq va toʻgʻri xulosalar chiqarishlariga yoʻnaltirib borish lozim
9
Bu esa oʻquvchilarni oʻz fikrlarini mustaqil va erkin bayon qilishga
odatlantirib, ularda faollikni kuchaytiradi.
10
Sinf rahbarining asosiy maqsadi, oʻquvchilarni toʻgʻri tarbiyalash jarayonida oʻquvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushuna olish va sinf rahbari tomonidan oʻquvchilarga e’tiborliroq boʻlishdir.
Boshlangʻich sinf maktab ta’limining dastlabki bosqichi boʻlib, unda bolalar oʻqituvchi rahbarligida birinchi qadam qoʻyadilar.
Oʻquv faoliyatida bilim, koʻnikma va malakalarni egallaydilar. Oʻqituvchi sinf bilan yolgʻiz ishlaydi va koʻpincha tarbiyachi sifatida ish yuritadi.