Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


 Ishsizlik oqibatlari. O‘zbekistonda ishsizlikni bartaraf



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105
Makroiqtisodiy tahlil

 
9.3. Ishsizlik oqibatlari. O‘zbekistonda ishsizlikni bartaraf 
etishning davlat siyosati.
Ishsizlik oqibatlari. 
Davriy ishsizlikning mavjud bo‘lishi jiddiy 
makroiqtisodiy muammo bo‘lib, makroiqtisodiy beqarorlikni va mavjud 
resurslar to‘liq bandlik sharoitida ishlatilmayotganligining yorqin ifodasi 
hisoblanadi.
Ishsizlikning iqtisodiy va noiqtisodiy oqibatlari mavjud bo‘lib, ular 
individual va umumjamiyat darajalarda namoyon bo‘ladi. Ishsizlikning 
noiqtisodiy oqibatlari – bu ish yo‘qotishning psixologik, ijtimoiy va 
siyosiy oqibatlaridir.
Individual darajada ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari
kishining o‘z 
daromadidan mahrum bo‘lishida, o‘z kasbiy malakasini yo‘qotishida 
(ayniqsa zamonaviy kasblarni egallagan shaxslar uchun) namoyon 
bo‘ladi.
Ishsizlikning umumjamiyat darajadagi iqtisodiy oqibatlariga 
YaIMning potensial darajada ishlab chiqarilmasligida namoyon bo‘ladi. 
Davriy ishsizlikning mavjudligi (haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy 
ishsizlikdan yuqori bo‘lgan vaziyat) resurslar to‘liq ishlatilmayotganligini 
bildiradi. Shuning uchun bunday sharoitda haqiqiy YaIM potensial 
YaIMdan kam bo‘ladi. Haqiqiy YaIMning potensial YaIMdan ortda 
qolishi (uzilishi) quyidagicha hisoblanadi: 
 
bunda,
Y– haqiqiy YaIM; 
Y* - potensial YaIM.
60-yillardagi AQSh prezidenti Kennedining maslahatchisi, iqtisodchi 
olim Artur Ouken (A. Okun) bir necha o‘n yillik statistik ma’lumotlar 
asosida ishlab chiqarish hajmining ortda qolishi va davriy ishsizlik 
100%
Y
Y
-
Y
GDP
*
*




89 
o‘rtasidagi empirik bog‘liqlikni o‘rgandi va iqtisodiy adabiyotlarda 
«Ouken qonuni» deb nom olgan qonuniyatni yaratdi.
 
Tenglamaning chap qismida YaIMning uzilish formulasi yozilgan.
Tenglamaning o‘ng qismida:
u – ishsizlikning haqiqiy darajasi
u* - ishsizlikning tabiiy darajasi;
(u - u*) – davriy ishsizlik darajasi
β - 
Ouken koeffitsienti
(β> 0).
Ushbu koeffitsient agarda ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy 
darajasidan 1%ga ortgan sharoitda, haqiqiy YaIM potensial YaIMga 
nisbatan necha foizga kamayganini ko‘rsatadi. AQSh iqtisodiyoti uchun 
ushbu koeffitsient o‘sha yillarda A. Ouken hisobi bo‘yicha 2. 5-3%ni 
tashkil etgan.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin