Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105
Makroiqtisodiy tahlil

Friksion ishsizlik
(«friksiya» so‘zidan olingan bo‘lib, ishqalanish 
ma’nosini anglatadi) deganda ish qidirish bilan bog‘liq ishsizlikni 
tushunmoq darkor. Ish qidirish juda ko‘p vaqt va harakatni talab etgani 
sababli, kishilar ma’lum vaqt ishsiz bo‘lib yuradilar.
Tarkibiy ishsizlik 
iqtisodiyotda ro‘y berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar 
bilan bog‘liqdir. Bunday o‘zgarishlar esa o‘z navbatida: a) turli tarmoqlar 
mahsulotlariga bo‘lgan talabdagi tarkibiy o‘zgarishlarga va b) ilmiy-
texnik taraqqiyot bilan bog‘liq iqtisodiyot tarmoqlarining tarkibiy 
o‘zgarishlariga bog‘liqdir.
Ishsizlikning tabiiy darajasi
(natural rate of unemployment – u*) – 
bu 
ishchi 
kuchlarining 
to‘lik 
bandligi 
(full-employment) 
ta’minlangandagi darajasi bo‘lib, ulardan samarali va ratsional 
foydalanilayotganlikni bildiradi. Bu degani, barcha ishlashni xohlovchilar 
ish topish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va ish bilan ta’minlanadilar. 
Shuning uchun ishsizlikning tabiiy darajasini 
to‘liq bandlik (full-
employment rate of unemployment) sharoitidagi ishsizlik darajasi
deydilar va tabiiy ishsizlik darajasiga mos keluvchi ishlab chiqarish 
100%
L
U
u


100%
U
E
U
u





86 
hajmini esa 
tabiiy ishlab chiqarish
hajmi (natural output) deb ataydilar. 
Iqtisodiyotda to‘liq bandlik sharoitida faqatgina friksion va strukturaviy 
ishsizlik mavjud ekan, u holda tabiiy ishsizlik ularning yig‘indisidan 
iborat bo‘ladi: 
 
bunda,
u
*
– ishsizlik darajasi; 
U
frik
– friksion ishsizlik turidagi ishsizlar soni; 
U
strukt 
- tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik turidagi ishsizlar soni; 
L - umumiy ishchi kuchi soni.
Ishsizlikning 
tabiiy 
darajasi 
ko‘rsatkichi 
zamonaviy 
ba’zi 
tushuntirishlarda 
inflatsiya darajasini tezlashtirmaydigan ishsizlik darajasi
deb ham yuritiladi (NAIRU, ya’ni non – accelerating inflation rate of 
unemployment). Buni tushuntirish uchun iqtisodiy o‘sish va davriylik 
grafigidan foydalanamiz.
9.2.1-rasmda keltirilgan chizmada trendning har bir nuqtasi potensial 
YaIM darajasini yoki resurslarning to‘liq bandligini anglatadi (B va C 
nuqtalar). Sinusoidadagi, ya’ni iqtisodiy siklni tasvirlovchi har bir nuqta (A va 
D nuqtalar) esa haqiqiy YaIM hajmini bildiradi. Agar haqiqiy YaIM hajmi 
potensialdan yuqori bo‘lsa (A nuqta), ishsizlikning haqiqiy darajasi tabiiy 
darajadan past bo‘ladi, yalpi talab yalpi ishlab chiqarish hajmidan yuqori 
bo‘ladi va bu holat yuqori darajadagi bandlikka olib keladi. B nuqtadan A 
nuqtaga o‘tilganda narxlar darajasi ortib boradi, ya’ni inflatsiya jarayoni 
tezlashadi. Iqtisodiyot potensial ishlab chiqarish darajada (to‘liq bandlik 
sharoitida), ya’ni tabiiy ishsizlik sharoitida bo‘lganda inflatsiya jarayoni 
tezlashmaydi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin