86
hajmini esa
tabiiy ishlab chiqarish
hajmi (natural output) deb ataydilar.
Iqtisodiyotda to‘liq bandlik sharoitida faqatgina friksion va strukturaviy
ishsizlik mavjud ekan, u holda tabiiy ishsizlik ularning yig‘indisidan
iborat bo‘ladi:
bunda,
u
*
– ishsizlik darajasi;
U
frik
– friksion ishsizlik turidagi ishsizlar soni;
U
strukt
- tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik turidagi ishsizlar soni;
L - umumiy ishchi kuchi soni.
Ishsizlikning
tabiiy
darajasi
ko‘rsatkichi
zamonaviy
ba’zi
tushuntirishlarda
inflatsiya darajasini tezlashtirmaydigan ishsizlik darajasi
deb ham yuritiladi (NAIRU, ya’ni non – accelerating inflation rate of
unemployment). Buni tushuntirish uchun iqtisodiy o‘sish va davriylik
grafigidan foydalanamiz.
9.2.1-rasmda keltirilgan chizmada trendning har bir nuqtasi potensial
YaIM darajasini yoki resurslarning to‘liq bandligini anglatadi (B va C
nuqtalar). Sinusoidadagi, ya’ni iqtisodiy siklni tasvirlovchi har bir nuqta (A va
D nuqtalar) esa haqiqiy YaIM hajmini bildiradi. Agar haqiqiy YaIM hajmi
potensialdan yuqori bo‘lsa (A nuqta), ishsizlikning haqiqiy darajasi tabiiy
darajadan past bo‘ladi, yalpi talab yalpi ishlab chiqarish hajmidan yuqori
bo‘ladi va bu holat yuqori darajadagi bandlikka olib keladi. B nuqtadan A
nuqtaga o‘tilganda narxlar darajasi ortib boradi, ya’ni inflatsiya jarayoni
tezlashadi. Iqtisodiyot potensial ishlab chiqarish darajada (to‘liq bandlik
sharoitida), ya’ni tabiiy ishsizlik sharoitida bo‘lganda inflatsiya jarayoni
tezlashmaydi.
Dostları ilə paylaş: