Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


Ishsizlik darajasi va inflatsiya sur’ati o‘rtasidagi o‘zaro



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105
Makroiqtisodiy tahlil

9.7. Ishsizlik darajasi va inflatsiya sur’ati o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik. Fillips egri chizig‘i.
Inflatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni Fillips egri 
chizig‘i yordamida tasvirlash mumkin.
Inflatsiya sur’atlarining o‘zgarishi, aniqrog‘i, ish xaqining o‘sish 
sur’atlari va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni O. Fillips tadqiq qilgan 
(9.7.1–rasm).
9.7.1-rasm. Qisqa muddatda Fillips egri chizig‘i
40
 
bunda,
u - ishsizlik darajasi; 
W - ish haqining o‘sish sur’atlari.
40
N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018 


96 
Gorizontal o‘q bo‘ylab Fillips ishsizlik darajasi (unemployed - u) ni, 
vertikal o‘q bo‘yicha esa ish haqining o‘sish sur’atlari (W)ni belgiladi. 
Yuksalish davrida ish haqining yuqori o‘sish sur’atlari va ishsizlikning 
past sur’atlari (W
1
; u
1
), davriy tebranishning pasayish fazasida esa 
aksincha, - ish haqining past va ishsizlikning yuqori sur’atlari (W
2
, ; u
2

kuzatildi. O‘rtacha holat (W
0
; u
0
) ish haqi va ishsizlik sur’atlarining eng 
maqbul (optimal) barqaror iqtisodiy rivojlanish vaziyatini aks ettiradi. 
Ya’ni, bunday vaziyatda ikkala ko‘rsatkichning minimal darajasiga 
erishiladi.
Keyinchalik Fillips egri chizig‘i modifikatsiya qilingan: taniqli 
iqtisodchi olimlar P. Samuelson va R. Solou ish haqi sur’atlarini 
narxlarning o‘sish darajasiga yoki inflatsiyaga o‘zgartirdilar (8. 7. 2-
rasm).
9.7.2-rasm. Modifikatsiyalangan qisqa muddatdagi 
Fillips egri chizig‘i
41
 
Bunday yangi ko‘rinishdagi modifikatsiyalangan Fillips egri 
chizig‘ining gorizontal o‘qi bo‘ylab ular ishsizlik darajasini (u), vertikal 
o‘qi bo‘ylab tovar va xizmatlar narxlarining o‘sish sur’ati (R)ni 
belgiladilar. Endilikda bu chizma davriylikning turli fazalarida inflatsiya 
va ishsizlik darajalari tebranishlarini aniqroq aks ettirdi. Yuksalish 
fazasida (R
1
;u
1
) inflatsiya sur’atlari ko‘tariladi, ishsizlik esa kamayadi. 
Pasayish fazasida (R
2
;u
2
) ishsizlik ko‘payib, inflatsiya sur’atlari pasayadi.
41
N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018 


97 
«Stagflatsiya» atamasi ikki so‘zning yig‘indisidan tashkil topgan: 
stagnatsiya (turg‘unlik) va inflatsiya. Grafikda u qisqa muddatdagi Fillips 
egri chizig‘ini (shot-term Phillips curve) koordinatalar o‘qiga nisbatan 
o‘ngga siljiganligi bilan tushuntiriladi (9.7.3-rasm).

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin