Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105
Makroiqtisodiy tahlil

Inflatsiya xarajatlari. 
Inflatsiya jarayoni jiddiy xarajatlar bilan 
bog‘liq bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
 
«eskirgan oyoq-kiyimlar» xarajatlari (shoe leather costs). 
«menyu»
 
xarajatlari (menu costs). 
Kutilayotgan va kutilmagan inflatsiya. 
Inflatsiyaning oqibatlari 
kutilayotgan (expected) yoki kutilmagan (unexpected)ligiga ko‘ra 
turlicha bo‘ladi. Kutilayotgan inflatsiya sharoitida iqtisodiy agentlar o‘z 
hatti-harakatlari orqali o‘zlarining real daromadlari va pullarining 
qadrsizlanishini kamaytirishga, ya’ni minimallashtirishga erishishlari 
mumkin. Masalan, kutilayotgan inflatsiya sur’atlariga proporsional 
ravishda ishchilar o‘z ish haqlari darajasini ko‘tarilishini, firmalar o‘z 
mahsulotlariga narxlarni ko‘tarishni talab qilishlari mumkin. Kreditorlar 
kreditlarni real foiz stavkasi (kredit bo‘yicha real daromad) - 
r
va 
kutilayotgan inflatsiya darajasi 
𝝅
𝒆
yig‘indisiga teng bo‘lgan nominal foiz 
stavkasi (
Rn
)da berishga tayyor bo‘ladilar: 
Rn = r +
𝝅
𝒆

 
bunda,
r – 
real foiz stavkasi; 

kutilayotgan inflatsiya darajasi.
9.6. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida inflatsiya 
 jarayonlari va aksilinflatsiya siyosati xususiyatlari.
Inflatsiyaning salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari turli mamlakatlarda 
qat’iy aksilinflatsiya siyosat olib borishlikni taqazo etadi. Bunda 
iqtisodchilar birinchi navbatda inflatsiyani keskin chora-tadbirlar ko‘rib 
«bartaraf etish» yoki unga «moslashish kerak» degan savolga javob 
topishga harakat qiladilar. Inflatsiyani bartaraf etishda davlat fiskal va 


95 
pul-kredit siyosatining mavjud dastaklaridan oqilona foydalanishga 
harakat qilsa, inflatsiyaga moslashishda masalan, indeksatsiyadan keng 
foydalanadi va shu tariqa aholi qo‘lidagi naqd pullarning keskin darajada 
qadrsizsizlanishining oldi olinadi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti inflatsiyali xarakterga ega, chunki 
unda inflatsiyaning barcha omillarini bartaraf etishning imkoni 
cheklangan bo‘ladi (budjet taqchilligi, monopoliyalar, xalq xo‘jaligidagi 
nomutanosibliklar, aholi va tadbirkorlarning inflatsiyali kutishlari va 
boshqalar). Real hayotda inflatsiyani to‘liq va batamom yo‘q qilib 
bo‘lmaydi, ammo uning sur’atlarini barcha mamlakatlar mo‘tadil 
darajada ushlab turish, uni nazorat qilishni o‘z oldilariga maqsad qilib 
qo‘yadilar va shuning uchun aksilinflatsiya siyosatini olib boradilar.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin