Maxsulot satxini aniqlovchi radiolokatsion detektor df-6201



Yüklə 330,58 Kb.
səhifə1/10
tarix28.11.2022
ölçüsü330,58 Kb.
#70960
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Nodir kurs ishi

KIRISH


О‘lchash va о‘lchov asboblari haqidagi nazariyalarni о‘rganish jarayonida biz nazariy bilimlar olamiz va о‘lchashning fundamental asoslari va texnologik parametrlarni (temperaturani, bosimni, sarfni, satxni, zichlikni, qovushqoqlikni, materiallar namligini, eritmalar konsentratsiyasini va gazlarni taxlil qilishni) о‘lchash usullari, olingan ma’lumotlarni masofaga uzatish usullari tо‘g‘risida tasavvurga ega bo’lamiz va shuniingdek, obyekt xususiyatlarini hisobga olgan xolda, unga to’gri keladigan tan narxi arzon о‘lchov asboblarini tanlash kо‘nikmalariga ega bо‘lamiz.
O’lchov asboblarining barcha turlari o’zlarining belgilangan qonuniyatlari asosida ishlab kelmoqda, lekin zamon talabi o’lchash asboblarininig o’sha qonuniyatlar asosida takomillashishini talab qiladi. O’lshov asboblari har kuni yangilanib, gibridlanib bormoqda. Bu esa bizga ma’lum parametrlarning o’lshash aniqligini juda yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi va o’lchash xatoliklarini kamaytiradi. Bu yangilanishlar o’lchov asboblarining har birida yuz bermoqda. Atab aytadigan bo’lsak satxni o’lchash asboblarining yangilanishi ko’zga ko’rinarli darajada bo’lmoqda.
Satxni о‘lchashdan maqsad, idishdagi modda miqdorini aniqlash va texnologik jarayon ketishida, ishlab chiqarish qurilmalarida suyuqlik va sochiluvchan moddalar satxini nazorat qilish hisoblanadi. Eng kо‘p tarqalgan satx о‘lchagichlardan bu kо‘rsatuvchi shishalar, qalqovuchli, gidrostatik, elektr, radioizotop va ultratovush satx о‘lchagichlardir. Quyida shu satx o’lchagishlarining takomillashgan, hozirgi kunda eng ko’p qo’llanilayotgan turlarini ko’rib chiqamiz.









Maxsulot satxini aniqlovchi radiolokatsion detektor DF-6201


Maxsulot satxini aniqlovchi radiolokatsion detektor DF-6201, omborlarda qattiq moddalarning satxini o'lchash qiyinchiligini hal qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan sozlanish chastotasi, yuqori signal yuqori shovqinga chidamliligi, sezuvchi va stabillashganligi bois omborlardagi qattiq materyallar sathi va bu bilan birgalikda bunkerlardagi mayda sochiluvchan moddalarning satxini aniqlovchi qurilma hisoblanadi. Bu detektor ishlash sharoiti qiyin (ya’ni, juda changli zonalar va materyallar korinishi qiyin), murakkab strukturali skladlarda ishlatishga mo’ljallangan. Radiolokatsion detektor DF-6201 barcha korsatkichlari oldingi orinlarda turuvchi xalqaro analogli o’lchash qurilmalaridan biri hisoblanadi.


Ishlash printsipi
Mahsulot satxini aniqlovchi Radiolokatsion detektor chastotali – modullashgan uzluksiz (CHMU) ishlash printsipiga asoslangan. U satxni aniqlash uchun ozidan har xil chastotadagi signallarni yuboradi va qabul qiladi. Radiolokatsion detektor CHMU doimiy exo signallari jarayonlari tamoyili asosida ishlashi bois, aniqligi yuqori, aniqlash vaqti tez va mahsulotlarning satxini o’lchash doimiyligi juda yuqori hisoblanadi. Satx o’chagishning o’zgachaligi

  1. Qattiq jismlar satxini o’lchash detektori savdo sanoatida birinchi o’rinda turashi, x – diapazonda ishlashi. X – diapazonli radiolokator ko’p joylarga kirish ko’rsatkichlari, shovqindan daxlsizligi, o’lchash aniqligi, ko’rsatish xarakteristikasiga qarabjahonning ilg’or harbiy radiolokatsion texnologiya (radar) larida keng qo’llaniladi.

  2. Sanoatda qattiq materiyallar satxini aniqlash bo’yicha keng qamrovli ishlash korsatkichliligi. O’chash diapazoni 150 m, o'lik zona 0m, aniqligi 5 mm , takrorlanish birlik 0.05 mm, ruxsat etilishi 0,3 mm.

  3. Qattiq materiyallar satxini aniqlash sohasida eng ko’p funktsiyaga ega ekanligi. Foydalanuvchi tanloviga muvofiq 5 ta satx o’lshash rejimi mavjud. Ular: mahsulotning standart darajasi, mahsulotning eng yuqori darajasi, mahsulotning eng kam darajasin mahsulotning o’rtacha darajasi va mahsulotning intellektual darajasi. Ular omborlarda mahsulot satxining judayam ko’p tarmoqli amalga oshirilishini taminlaydi.

  4. Detektor juda oddiy va ulardan foydalanish oson, masofadan boshqariluvchi va boshqarish pulti, HART portativ qurilmasi, HART ning elektr shinalariga biriktirilgan holda boshqarish mumkin. O'rnatish parametrlarini bajarish uchun foydalanuvchiga yordam konfiguratsiya qilish uchun aqlli xususiyatlari mavjudligi bois 5 daqiqada o’rnatib bo’lishi mumkin..

Texnik xarakteristikasi:

  • nurning yoyilish burchagi: 18 °

  • o’lchov diapazoni: 150 m

  • harakatsiz zona: 0m

  • aniqlik: ±5mm

  • ravshanligi: 0,3 mm

  • Chiqish signal: 4-20mA / HART, kirish yoki chiqish ajratkichi

  • Elektr kuchlanishi: 220V 50Hz

  • haroratga adaptatsiyasi: -40 ~ 65 ℃




Yüklə 330,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin