Suyuqliklarda



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə1/8
tarix24.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#121346
  1   2   3   4   5   6   7   8
Gidrpnevmoyuritmalar


Gidropnevmoyuritmalar suyuqliklarda kuchlarning tarqalishi va bu kuchlarning harakat davomida o’zgarib borish qonunlarini har xil qurilmalar va mashinalarni hisoblash hamda loyixalashga tadbiq etish bilan shug’ullanadi.
Gidropnevmoyuritmalar so’zi yunoncha so’zdan olingan bo’lib (gydor) – suv (aulos) quvurdagi harakat degan ma`noni bildiradi.Gidropnevmoyuritmalar fani ikki qismdan iborat:“Gidrostatika va gidrodinamika” Gidrostatika qismida suyuqliklarning tinch holatdagi qonunlari o’rganiladi. Buni o’rganishdan maqsad – suyuqliklarning chuqurligi bo’yicha ixtiyoriy nuqtalarda gidrostatik bosimni o’zgarishini aniqlash. Gidrostatik bosimning holatdagi suyuqliklarning turli nuqtalarida har xil bo’ladi. Gidrostatik bosim vaqtga bog’liq emas, u faqat koordinatalarga bog’liq.
  f (х, y, z)
Gidrodinamikada suyuqliklar harakat paytidagi gidrodinamik elementlarning o’zgarish qonunlari o’rganiladi, bunda suyuqlikning har xil nuqtalaridan tezlik va P bosimlarning, vaqt o’tishi bilan miqdorlari har xil bo’ladi.
Bundan tashqari U va P lar biron berilgan nuqtada t vaqt ichida o’zgarishi quyidagicha yoziladi.
Ux t,(х, у, z,t)
Uy t2 (x, y, z,t)
Uz t3(x, y, z,t)
  t4 (x, y, z,t)
Gidrodinamika qismi ikki bo’limdan iborat. Uning birinchi bo’limida gidrodinamikaning asosiy nazariy tenglamalari yoritilgan.

  1. Uzliksizlik tenglamasi (suv sarfining balans tenglamasi)

  2. D.Bernulli tenglamasi (solishtirma energiyaning balans tenglamasi)

  3. Harakat miqdorining gidravlik tenglamasi.

  4. Suyuqlik oqimining barqaror tekis ilgarilanma harakatining asosiy tenglamasi.

  5. O’zanlarda suyuqlik harakati paytida ishqalanish natijasida yo’qotilgan nopor (energiya) tenglamasi.

Gidrodinamika qismining ikkinchi bo’limida esa uning birinchi bo’limidagi asosiy nazariy tenglamalarni har xil gidrotexnik inshootlarni gidravlik hisoblashda amaliy qo’llash usullari beriladi.
Bu fan sifatida meloddan oldingi 4000 ming ilgari Xitoy va Suriyadan Keyinrs Ynoniston, Rimda suvdan foydalanish daryolarida to’g’onlar, charxpalakli tegirmonlar qurishni bilganlar.
Gidropnevmoyuritmalar faniga oid dastlabki qo’lyozma miloddan avval (287 – 212 y) yashagan Ynon fizigi Arximed tomonidan yozilgan «Jismning suzish qonunlari» asari. XV asrga kelib italiyalik olim Leonardo da Vinchi (1452 - 1519) Gidropnevmoyuritmalarga tegishli masalalardan yangi kashfiyotlar ixtiro etgan. Bular «Daryo va o’zanlarda suv harakatini o’rganish hamda «Suyuqlikning teshikdan oqib chiqishi deb nomlangan»
1612 yilda italiyalik fizik, mexanik hamda astranom Galeleo Goliley «Suvdagi jismning harakati» asari va uning shogirdi Torechellening suyuqliklarning teshikdan oqib chiqishi qonuni ishlab chiqdi.
1650 yilda fransuz matematigi Paskal’ «Yopiq idishdagi suyuqlikka tashqaridan berilgan bosim suyuqliklarning barcha nuqtalariga bir xil o’zgarmas miqdorda tarqaldi» deb aniqlagan, 1687 yilda angliyalik olim I.N’yuton suyuqlik harakatida ichki ishqalanish qonuni kashf etdi.
Gidropnevmoyuritmalar fanini rivojlanishiga asos solgan olimlardan Rus olimi M.Lamanosov va Doniel Bernullilar o’zining «Gidrodinamika» kitobi bilan butun dunyoga mashhur bo’lishdi. Keyinchalik shveytsariyalik olim Leonardo Eyler «Suyukliklarning tinch holati va harakat paytidagi holatlari o’rganib, suyuqlik harakatini differentsial tenglamalarni ishlab chiqqan. Fransuz matematigi Dalanbar suyuqlikning tinch va harakatdagi holatlarini o’rgangan. XVIII asrda kelib asosan Fransiyaga Gidropnevmoyuritmalar va matematika fanlari bilan bir qatorda texnika soxasi ham rivoj topdi, suyuqliklarning texnik mexanikasi maktabi tashkil toptirildi. Bu maktabda X.Pita, A.Shezi, SH.Borda kabi yirik olimlar maxaliy qarshiliklar ustida ishlab, shu soxadagi masalalarni yechimini berishdi. Gidropnevmoyuritmalar fanining rivojiga sobiq respublikalar ittifoqidagi olimlardan N.Petrov, N.Jukovskiy, R.Chugaev, Bogolomov va boshqalarni aytish mumkin.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin