Maxsus fanlarni



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/81
tarix12.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#142865
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81
23887 (1)

Laboratoriya 
mashg„ulotlarini tashkil 
qilish 
metodikasi. 
Laboratoriya mashg‗ulotlari nazariy bilimlarni rivojlantirish va 
chuqurlashtirishga yo‗naltirilgan faoliyat sifatida aniqlanishi mumkin. 
Ko‗pgina laboratoriya mashg‗ulotlari rejadagi izlanishlarni kuzatish 
o‘tkazishni namoyon qiladi. Alohida laboratoriya mashg‗ulotlari amaliy 
mashg‗ulotlar bilan mos xarakterga ega bo‘ladi. 


63 
Laboratoriya mashg‗ulotlarini o‘tkazish vaqtini tejash maqsadida 
instruktiv kartochkalardan foydalaniladi. 
Laboratoriya mashg‗ulotlari umum o‗quv bilimlarni analiz, 
taqqoslash, baholash, xulosa qilish, shaxsiy fikrni bildirish va uni 
asoslash, axborotni sharhlash, ish natijalarini turli shakllarda: xulosalar, 
tezislar, mantiqiy sxemalar, jadvallar va boshqalarda taqdim etishni 
shakllantiradi. 
Laboratoriya maqsadidan kelib chiqib o‘qituvchining rolini ham 
ko‘rib chiqish zarur. Agar laboratoriya mashg‗ulotlarida o‘qituvchi 
nazariy material va amaliy mashg‗ulotlarni yaxshi o‗zlashtirmagan 
talabalar bilan ishlasa, u holda laboratoriya mashg‗ulotlarining 
yakuniysini yanada yuqori darajadagi mustaqil ishlash bilan o‘tkazishi 
kerak. Laboratoriya mashg‗uloti analizi kim kerakli bilimlarga o‘rganish 
uchun qo‗shimcha vaqtga muxtoj ekanligini aniqlashga yordam beradi. 
Talabalarning faoliyatini bevosita kuzatish qiyinroq o‗zlashtirilayotgan 
ma‘lumotlarni aniqlashga, nazariy ma‘lumotlarning tushunish chuqurligi 
aniqlahsga yordam beradi. 
Shunday qilib, laboratoriya mashg‗ulotlarining o‗quv jarayonida 
tashkil qilinishi uni yanada qiziqarli bo‘lishiga, o‗qitish sifatini yanada 
oshirishga, o‘qituvchining amaliy yo‗nalganligini kuchaytirishga, 
talabalarning faolligini oshirishga, ularning mantiqiy fikrlashi va 
mustaqil ijodiy ishlashlariga yordam beradi.
Laboratoriya mashg‗ulotlari jarayonida talabalar o‗quv faoliyati 
ko‗rinishida bir yoki bir nechta laboratoriya mashg‗ulotlarini o‘qituvchi 
boshchiligida o‘rganilayotgan o‗quv materiali tarkibiy qismiga mos 
ravishda bajariladi. 
Laboratoriya mashg‗ulotlari quyidagilarga yo‗naltirilgan: 
-
O‘rganilayotgan fan bo‗yicha aniq mavzularning nazariy bilimlarni 
mustahkamlash, chuqurlashtirish, tizimlashtirish, shakllantirish; 
-
Olingan bilimlarni amalda qo‗llay olish, intellektual va amaliy 
birlikni amalga oshirish; 
-
Intellektual 
bilimlarni 
rivojlantirish: 
analitik, 
loyihaviy, 
konstruktiv va boshqalar; 
-
Qo‗yilgan masalalarni yechishda mustaqillik, mas‘uloyatlilik, 
aniqlilik, ijodiy yondashuvni shakllantirish. 


64 
Laboratoriya mashg‗ulotlari tashkil qilinayotgan fanlar bo‗yicha ularni 
bajarishga ketadigan vaqt miqdori ishchi o‗quv rejasi bo‗yicha 
aniqlanadi. 
Laboratoriya 
mashg‗ulotlarini 
tarkibiy 
qismi 
va 
mundarijasini 
rejalashtirishda quyidagi didaktik maqsadlardan kelib chiqishi kerak: 
-
Nazariy holatlarni tekshirish va eksperimental tasdiqlash; 
-
Amaliy - kasbiy bilimlarni shakllantirish; 
-
Laboratoriya mashg‗ulotlari umumkasbiy va maxsus fanlarni 
o‘rganishda o‗z o‘rniga ega. 
Laboratoriya mashg‗ulotlari tarkibiy qismi davlat talablarini amalga 
oshirishga yo‗nalgan bo‘lishi kerak. 
Didaktiv maqsadga mos ravishda laboratoriya mashg‗ulotlari tarkibiy 
qismi formulalarni eksperimental tekshirish, metodik hisob-kitoblar, 
qonuniyatlarni tasdiqlash va belgilash, tajribalarni o‘tkazish metodikasi 
bilan tanishish, moddalarning belgilangan xossalarini, sifatlarini va 
miqdoriy 
xarakteristikalarini 
belgilash, 
jarayonlar, 
hodisalarni 
rivojlanishini kuzatish bo‘lishi mumkin. 
Laboratoriya mashg‗ulotlarining hajmi va tarkibi o‗quv materialining 
o‗zlashtirish qiyinlik darajasi, fanlararo aloqalardan, nazariy holatlarning 
qiymatidan, laboratoriya ishidagi qanday o‘ringa ega ekanligidan, o‗quv 
fanining butunligini shakllantirishning butunligidan kelib chiqadi. 
Laboratoriya mashg‗ulotlarini rejalashtirishda didaktik maqsadlar 
bilan birga nazariy holat bilan mos kelishini hisobga olsih kerak. 
Vazifalarni bajarish jarayonida talabalarda turli jihozlar, qurilmalar, 
apparaturalar hamda izlanish bilimlari (kuzatish, taqqoslash, analiz 
qilish, bog‗liqliklarni aniqlash, xulosalar qilish va birlashtirish
izlanishni 
mustaqil 
amalga 
oshirish, 
natijalarni 
shakllantirish) 
shakllanadi. 
Laboratoriya mashg‗ulotining mundarijasini ishlab chiqishda u o‗quv 
fani bo‗yicha barcha bilimlarni o‗z ichiga olishini hisobga olish kerak. 
Laboratoriya 
mashg‗ulotlari 
davomida 
talabalar 
keyinchalik 
mustahkamlanadigan bilim va ko‗nikmalarga ega bo‘lishadi. 
Bilim va ko‗nikmalar bilan birgalikda laboratoriya mashg‗ulotlarida 
nazariy bilimlar konkretlashadi va chuqurlashadi, tizimlashadi, nazariy 
bilimlarni amalda qo‗llashga tayyorlik va qobiliyat shakllanadi, 
intellektual bilimlar rivojlanadi. 


65 
Laboratoriya mashg‗ulotlari davomida o‘qituvchi talabalarni doimo 
kuzatadi, yordam beradi, ularning faoliyatini to‘g‗rilaydi, alohida 
operatsiyalarning bajarilishini nazorat qiladi. 
Laboratoriya mashg‗ulotlari talabalar tomonidan mustaqil bajariladi, 
lekin mustaqil ishlarning yangi tiplarini taqqoslash va boshlang‗ich 
etaplarda ishni bo‘laklarga bo‘lish tavsiya qilinadi. Boshlanishidan avval 
har biriga o‘qituvchi tushuntirish beradi va ish frontal amalga oshiriladi.
Alohida e‘tiborni ish tugashiga qaratish kerak. Tugashiga bir necha 
minut qolganida talabalarga ajratilgan vaqt tugayotganini aytish kerak. 
Jihozlarni joyiga qo‗yish va ishchi joyni tartibga keltirish zarur. Ishning 
bajarilishini albatta, gaplashib xulosa chiqarib olish kerak. 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin