Maxsus fanlarni


Ma‟ruzaga qo„yiladigan pedagogik talablar



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/81
tarix12.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#142865
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81
23887 (1)

Ma‟ruzaga qo„yiladigan pedagogik talablar: 
 
1.
Dunyoni anglash qiymatga ega axborotning yuqori ilmiy darajali 
bo‘lishi; 
2.
Ilmiy axborotning hajmi tizimlashtirilgan va metodik jihatdan 
ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak; 
3.
Aytilayotgan fikrlar faktlarga asoslangan, argumentlangan bo‘lsihi 
kerak; 
4.
Ma‘ruza materiali tushunish uchun oson bo‘lishi kerak; 
5.
Kiritilayotgan atamalar va nomlar tushuntirilgan bo‘lishi kerak; 
6.
Asosiy fikrlar va holatlar ajratilgan bo‘lishi kerak; 
7.
Talabalarga axborotni eshitish, anglab yetish va qisman yozib olish 
imkoni berilishi kerak; 
8.
Ma‘ruzada qayta aloqa tashkil etilgan bo‘lishi kerak (auditoriyaga 
to‘g‗ridan to‘g‗ri savollar, birgalikda fikrlash, yozma nazorat va 
boshqalar bo‘lishi kerak); 
9.
Ko‘rgazmali qurollar, didaktik materiallar ishlatilgan bo‘lishi kerak 
(blok-sxemalar, chizmalar, jadvallar, grafiklar, rasmlar va boshqalar). 


60 
Amaliy mashg„ulotlarni tashkil qilish metodikasi.
Amaliy 
mashg‗ulotlarning didaktik maqsadi – maxsus va umumkasbiy fanlar 
bo‗yicha o‗quv faoliyatda zarur bo‘ladigan o‗quv yoki kasbiy amaliy 
bilimlarni shakllantirishdan iborat. 
Amaliy mashg‗ulotlar mundarijasining asosiy didaktik maqsadi 
bilan mos ravishda turli xildagi masalalarni hamda kasbiy masalalarni 
(muammoli vaziyatlarning analizi, holat masalalarini yechish, o‗quv va 
ish o‘yinlarida kasbiy funksiyalarni bajarilishi) yechish, hisob-kitoblarni 
bajarish, o‘lchov jihozlari, qurilmalar, apparaturalar bilan ishlash
normativ hujjatlar bilan, instruktiv materiallar bilan ishlash, texnik va 
maxsus hujjatlar, loyihalar tuzish zarur bo‘ladi. 
Amaliy mashg‗ulotlarda talabalar keyinchalik kurs, o‗quv va ishlab 
chiqarish loyihalarida mukammallashadigan va mustahkamlanadigan 
boshlang‗ich bilim va ko‗nikmalarga ega bo‘lishadi. 
Amaliy mashg‗ulotlarda bilim va ko‗nikmalar shakllanishi bilan 
birga nazariy bilimlar tizimlashadi, chuqurlashadi va konkretlashadi, 
amalda nazariy bilimlarni qo‗llashga tayyorlik va qobiliyatlilik 
shakllanadi, intellektual bilimlar rivojlanadi. 
Amaliy mashg‗ulotni ishlab chiqish metodikasi – bu o‘qituvchi 
tomonidan amaliy mashg‗ulotni o‗qitish jarayonida ishlatiladigan hujjat 
hisoblanadi. U mashg‗ulotni samarali o‘tkazish uchun va o‘qituvchi 
tomonidan tanlangan metodlar va aniq mashg‗ulot uchun metodik 
ishlanmalarni asoslash uchun o‗quv qo‗llanma sifatida yaratiladi. 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin