60
Amaliy mashg„ulotlarni tashkil qilish metodikasi.
Amaliy
mashg‗ulotlarning didaktik maqsadi – maxsus va umumkasbiy fanlar
bo‗yicha o‗quv faoliyatda zarur bo‘ladigan o‗quv yoki kasbiy amaliy
bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Amaliy mashg‗ulotlar mundarijasining
asosiy didaktik maqsadi
bilan mos ravishda turli xildagi masalalarni hamda kasbiy masalalarni
(muammoli vaziyatlarning analizi,
holat masalalarini yechish, o‗quv va
ish o‘yinlarida kasbiy funksiyalarni bajarilishi) yechish, hisob-kitoblarni
bajarish, o‘lchov jihozlari, qurilmalar,
apparaturalar bilan ishlash,
normativ hujjatlar bilan, instruktiv materiallar bilan ishlash,
texnik va
maxsus hujjatlar, loyihalar tuzish zarur bo‘ladi.
Amaliy mashg‗ulotlarda talabalar keyinchalik kurs, o‗quv va ishlab
chiqarish loyihalarida mukammallashadigan
va mustahkamlanadigan
boshlang‗ich bilim va ko‗nikmalarga ega bo‘lishadi.
Amaliy mashg‗ulotlarda bilim va ko‗nikmalar shakllanishi bilan
birga nazariy bilimlar tizimlashadi, chuqurlashadi va konkretlashadi,
amalda nazariy bilimlarni qo‗llashga
tayyorlik va qobiliyatlilik
shakllanadi, intellektual bilimlar rivojlanadi.
Amaliy mashg‗ulotni ishlab chiqish metodikasi – bu o‘qituvchi
tomonidan amaliy mashg‗ulotni o‗qitish jarayonida ishlatiladigan hujjat
hisoblanadi. U mashg‗ulotni samarali o‘tkazish uchun va o‘qituvchi
tomonidan tanlangan metodlar va aniq mashg‗ulot uchun metodik
ishlanmalarni asoslash uchun o‗quv qo‗llanma sifatida yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: