Maxsus fanlarni



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/81
tarix12.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#142865
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
23887 (1)

Nazorat savollari: 
 
1.
Ma‘ruzaning maqsadi nimalardan iborat? 
2.
Ma‘ruzaga qo‗yiladigan pedagogik talablar nimalardan iborat? 
3.
Amaliy mashg‗ulotlarning asosiy didaktik maqsadlari nimalardan 
iborat? 
4.
Amaliy mashg‗ulotni ishlab chiqishning umumiy metodik tuzilmasi 
nimalardan iborat? 


66 
III – BOB. MAXSUS FANLAR METODIKASI FANINI 
O„QITISHDA, MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISHDA 
AXBOTOT KOMMUNIKASION TEXNOLOGIYALARDAN 
FOYDALANISH 
3.1.
 
Informatika va axborot texnologiyalarning o„ziga xos 
xususiyatlarini qo„llash qobiliyati, talabalarda muammoni 
anglashni 
rivojlantirish 
va 
muammoni 
yechish 
uchun 
motivatsiya qo„zg„atilishini rivojlantirish qobiliyati 
 
Innavatsion 
texnologiya-ta`lim 
samaradorligini 
oshiruvchi 
omillardan foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va 
amalda qo‗llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari. Uning 
asosiy maqsadi ta`lim jarayonida o‗qituvchi va bilim oluvchi faoliytiga 
yangilik, 
o‗zgartirishlar kiritish bo‗lib, interfaol metodlardan 
foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta‘lim jarayonida 
qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil 
fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish 
qiziqarli mashg`ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo‗llanilganda 
mustaqil ishlash ko`nikma va malakasi rivojlanadi. Ma`lumki, hozirgi 
kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo‗lib, ularning 
aksariyati tajriba–sinovdan o‗tib, yaxshi natija bergan. Ta`lim 
texnologiyalarini o‗quv jarayoniga tadbiq etishning asosiy shartlari 
quyidagilardan iborat : 
-darsni o‗qitish jarayonida har bir o‗quvchining bilimlarni 
o‗zlashtirishda erkin muloqotga kirishishini rivojlantirish; 
- ta‘lim jarayonida asosiy e`tiborni bilim oluvchining faolligini 
oshirishga va dars jarayonida ham faollikni oshiruvchi metod va 
zamonaviy ta`lim vositalarida foydalanish.
Pedagogik 
texnologiya 
asosida 
o‗tkazilgan mashg`ulotlar 
yoshlarning 
muhim 
hayotiy 
yutuq 
va 
muoammolarga 
o‗z 
munosabatlarini bildirishga intilishlarini tarbiyalab, ularni fikrlashga, o‗z 
nuqtai 
nazarlarini 
asoslashga 
imkoniyat 
yaratadi. 
Innavatsion 
texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‗qituvchi va o‗quvchi 
faoliyatiga yangilik, o‗zgarishlar kiritish bo‗lib, uni amalga oshirishda 
asosan interfaol usullardan foydalaniladi. Interfaol darslarda o‗qituvchi 


67 
o‗quvchilarning faoliyatini dars maqsadiga yo`naltiradi. Bu usullarning 
o‗ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‗quvchilarning 
birgalikda faoliyat ko‗rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday 
pedagogik hamkorlik jarayoni o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lib, 
o‗quvchining dars davomida befarq bo‗lmasligi, mustaqil fikrlashi, ijod 
va izlanishga jalb etilishi, ta`lim jarayonida fanga bo‗lgan qiziqishlari 
doimiyligi ta`minlanishi, o‗qituvchi va o‗quvchilarning hamkorlikdagi 
faoliyatining doimiy ravishda tashkil etilishini ta`minlaydi. Pedagogik 
texnologiyaning eng asosiy negizini o‗qituvchi va o‗quvchining 
belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishi 
tashkil etiladi. Har bir dars, mavzu, o‗quv predmetining o‗ziga xos 
texnologiyasi bor. O‗quv jarayonidagi pedagogik texnologiya bu aniq 
ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‗lib, u o‗quvchining ehtiyoji, 
qiziqishidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo`naltirilgan, oldindan 
puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan 
bo‗ladi O‗qituvchi darsga tayyorgarlik ko`rish mobaynida o‗quv 
vositalarini dars mavzusiga qarab tanlaydi va asosiy e‘tiborni 
qo‗llaniladigan metodlar va o‗quv vositalariga qaratadi. O‗qituvchi har 
bir mavzuga mos yangi usullar va texnik vositalardan o‗z o`rnida va 
unumli foydalana olsa, shundagina ko‗zlagan maqsadga erisha oladi. Bu 
esa o‗quvchilarni mustaqil bilim olishga, berilgan aniq mavzu bo‗yicha 
atroflicha fikrlashga va ijodiy faol bo‗lishga yo`naltiradi.
Hozirgi kunda keng qo‗llaniladigan usullar: ―Klaster‖, ―Aqliy 
hujum‖, ―Debat‖, ―Muammoli vaziyat‖ kabilardan foydalanib
o‗qituvchilar darsda samarali natijalarga erishmoqda. Dars davomida 
mavzu 
yuzasidan 
kelib 
chiqqan 
muammolarni 
innavatsion 
texnologoyalarni qo‗llash orqali oson yechimini topish mumkin. 
O‗qituvchi o‗quvchilarning darsdagi faoliyatini aniq bir maqsadga 
yo`naltirishi, har bir dars puxta rejalashtirilishi, zamonaviy pedagogik 
texnologiylar asosida tashkil etilishi lozim. O‗qituvchi doimiy ravishda 
o‗quvchilarni o`rganilgan mavzu yuzasidan fikr bildirishga undashi
taklif va mulohazalarni, iste`dodini namoyish qilishga bo‗lgan 
urinishlarini qo‗llab quvvatlashi, buning uchun sharoit va imkoniyat 
yaratib berishi lozim. 
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib 
o‗rin olish uchun ma‘naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni 


68 
yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga 
javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun 
yoshlarimiz 
dunyoqarashini 
o‗zgartirish, 
ularning 
bilim 
va 
ma‘naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish zarur. Bugun 
jamiyat oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini 
maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo‗ydi. Ana shu 
vazifalarni hal etishda muammoli ta‘lim texnologiyasi yetakchi o‗rinni 
egallaydi. 
Muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash o‗quvchi 
faol fikrlash faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini izchil 
ravishda hisobga olish asosida o‗quv jarayonini qayta qurish g‗oyasiga 
olib keldi. Yangi pedagogik faktlarni nazariy jihatdan mulohaza qilib 
ko‘rish asosida muammoli ta‘limning asosiy g‗oyasi aniqlanadi: 
muammoli ta‘limda bilimning deyarli katta qismi o‗quvchilarga tayyor 
holda berilmaydi, balki o‗quvchilarning tomonidan muammoli vaziyat 
sharoitlarida mustaqil bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi. 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin