69
3.1 - rasm
Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, an‘anaviy tarzda tashkil
etilgan dars mashg‗uloti samarasidan, tajriba sinov orqali o‘tkazilgan
―muammoli ta‘lim texnologiyasi‖ asosida tashkil etilgan darsning ijobiy
natijasini tahlil ma‘lumotlar orqali ko‘rib o‘tdik va quyidagi xulosaga
keldik, tajriba sinov orqali o‘tkazilgan ―muammoli ta‘lim texnologiyasi‖
asosida tashkil etilgan dars talabalarning darsda qatnashish faolligi,
mustaqil fikr yuritish, o‗zlashtirish darajasi yuqoriligi xamda
o‘qituvchining mavzudagi belgilab olgan va o‗z oldiga qo‗ygan
maqsadiga xamda ijobiy natijaga erishadi. Kollej ta‘lim tizimini
mazmunan modernizatsiyalash va ta‘lim – tarbiya samaradorligini yangi
sifat bosqichiga ko‘tarishdan asosiy maqsad talabalarning zamonaviy
bilim va kasbga ega bo‘lishini jamiyatda munosib o‗rin egallashini
ta‘minlashdan iborat hisoblanadi. Ta‘limni yangi imkoniyat va talablar
asosida o‗qitish xamda ta‘limni texnologiyalashtirish axborot
texnologiyalariga asoslangan zamonaviy ta‘lim texnologiyalarni tadbiq
qilishni taqazo etadi. Kollej ta‘limida ta‘lim texnologiyalardan
foydalanishni takomillashtirishning asosiy omillaridan biri bu ta‘lim
jarayonida o‗qitishning barcha texnik vositalar bilan ta‘minlanishi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: