Maxsus fanlarni



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/81
tarix12.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#142865
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
23887 (1)

Nazorat savollari: 
 
1.
O‗quv va didaktik materiallarni tayyorlashda o‘qituvchi talablari? 
2.
Agar tayyor vositalar yo‘q bo‘lsa, u holda bu vositalarni 
o‘qituvchining o‗zi tayyorlashiga to‘g‗ri keladimi? 
3.
Darslik, o‗quv qo‗llanmalarini yaratish va ularning tuzilishi? 
4.
Didaktik materiallarni fanga targ‗ib qilishni bayon eting?
5.
Darslik mazmunini takomillashtirishda uning nimalariga qarash 
kerak? 
3.2.
 
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari 
muhitida mustaqil o„qitishni tashkil etish
metodikasi 
 
Yangi axborot va tеlеkammunikatsiya tеxnologiyalariga va tеxnik 
vositalarning kеng spеktrlaridan foydalanishga asoslangan bo‗lib, 
o‗quvchilar tomonidan o‗qitish darslarini erkin tanlash, o‗qituvchi bilan 


79 
muloqot qilish imkoniyatlarini ta'minlaydi. Bunda o‗qitish jarayoni 
o‗quvchilarning ham hududiy, ham vaqt bo‗yicha joylashishiga bog`liq 
bo‗lmaydi.
Masofaviy o‗qitishning axborot - ta‘lim muhiti o‗z ichiga
axborotlar, axborot rеsurlari, o‗zaro munosabatlar protokollari, apparat - 
dasturlar va tashkiliy uslubiy ta'minotlardan iborat tizimli-tashkiliy 
to`plam vositalarini oladi hamda foydalanuvchilarning ta‘limga bo‗lgan
ehtiyojlarini qanoatlantirishga yo`naltiriladi.
Masofaviy o‗qitish an'anaviy o‗qitish shakllaridan quyidagi 
xaraktеrli xususiyatlar bilan ajralib turadi. 
Moslashuvchanligi. 
Xohlagan vaqtda, xohlagan joyda va sur'atda 
shug`ullanish imkoniyati. Fanni egallashga ajratilgan 
vaqtning 
chеgaralanmaganligi. 
Modulliligi.
Mustaqil fanlar kurslaridan-modullardan individual yoki 
guruh ehtiyojlariga javob bеradigan o‗quv rеjalarini shakllantirish.
Parallеllik.
Kasbiy faoliyati yoki boshqa o‗quv yurtlaridagi o‗qishi 
bilan parallеl holda ta‘lim olish. 
Qamrab olish.
Bir vaqtning o‗zida o‗quv axboratlarining bir qancha 
manbalariga (elеktron kutubxonalar, axborot bazalari, bilimlar bazalari 
va h.k.), o‗quvchilarning ko`pchiligi murojaat qilishi. Aloqa to`rlari 
orqali bir-birlari va o‗qituvchilar bilan muloqotda bo‗lishi. 
Iqtisodiyligi.
O‗quv xonalari, tеxnika vositalaridan samarali 
foydalanish, o‗quv axborotlari mujassamlashgan va unifikatsiyalashgan 
holda taqdim qilish va unga multi erishish o‗quv jarayonlarini tashkil 
etish harajatlarini kamaytirish.
Tеxnologiyaliligi.
Ta‘lim jarayonida axborot va tеlеkommunikatsiya 
tеxnologiyalarining erishgan yangi yutuqlaridan foydalanish insonni
jahon axborotlar olamiga kirib bеrishini ta'minlaydi.
Ijtimoiy tеnglik. 
O‗quvchining qaеrda yashashidan, sog`lig`ining 
holati, va moddiy ta'minlanganligidan qat'i nazar, ta‘lim olish 
imkoniyatidagi tеnglik. 
Intеrnatsionallik.
Ta‘lim xizmati bozorida jahon yutuqlarining
eksport va importi.
O‗qituvchining yangi o`rni. Masofaviy ta‘lim o‗qituvchining o`rnini 
kеngaytiradi va yangilaydi, bilm olish jarayonini muvofiqlishtiradi, 
o‗qitiladigan kurslarni doimo takomillashtiradi, ijodiy faolligi va


80 
mutaxasisligi bo‗yicha yangiliklar va innovatsiyalarga bo‗lgan talabi
mos ravishda ortib boradi.
Masofadan o‗qitishning sifati ta‘lim olishning kunduzgi shakli
sifatida, ko‗zga ko`ringan o‗qituvchi kadrlar tarkibini jalb qilish va
o‗quv jarayonlarida eng yaxshi o‗quv-uslubiy ishlar va fanlar
bo‗yicha nazorat tеstlaridan foydalanish hisobiga qolishmaydi. 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin