90
o‗lchami 140x70 sm dan oshmasligi kerak. Ish stolida ish uchun kerakli
bo‗lgan narsalar turadi. Stolning o‗ng va chap burchagiga egasining
ishiga yordam beradigan kartoteka qutichalari, ma‘lumotnoma,
adabiyotlar, stol taqvimini joylashtirish qulay. Ish stoli qog‗oz va mayda
jihozlar saqlaydigan bo‗limlardan tashkil topadi.
Surilma tumba va
tortmalardan iborat bo‗lgan ish stoli juda qulay. Telefon stolning o‗ziga
emas, balki uning yon tomoniga joylanadigan taglik yoki tumbaga
o‗rnatish ma‘qul. Agar xona kattaroq bo‗lsa, ish stolining chap tomoniga
o‗lchami kichikroq qo‗shimcha stol o‗rnatiladi. Unga yozuv
mashinkasini qo‗yish mumkin (yozuv mashinkasi uchun qo‗yilgan stol
balandligi ish stoli baland-ligidan 5—8 sm past bo‗lishi kerak).
Ishlayotganda o‗tirish uchun aylanma stul yoki kreslo tavsiya etiladi.
Yorug‗likning ish joyiga to‗g‗ri tushishi katta ahamiyatga ega.
O‗qiyotganda yoki ish qilayotganda faqat ish stoligina yoritilib qolmay,
balki xonaning hamma qismi yoritilgan bo‗lishi kerak. Ish xonasiga
kreslo, divan, jurnal stoli qo‗yib, dam olish uchun joy ajratsa ham
bo‗ladi. Bu xonadan ijod va ilmiy ishlar bilan shug‗ullanish
uchun
foydalaniladi. Devorga qoqib o‗rnatiladigan shkaflar ish stoli yuzasidan
55 sm balandga joylashtirilishi lozim. Agar shkaf pastroq joylashtirilsa,
ishlayotganda xalal beradi, balandroq joylashtirilsa, yuqori tokchalardan
foydalanishda noqulaylik tug‗diradi.
Yumush paytida zarur sharoit yaratish, mahsulotlar va idishlarni
saqlash uchun oshxonada bitta asosiy ish stol-shkafi bo‗lishi kerak. Agar
oshxona kattaroq bo‗lsa 80—90 sm uzunlikdagi ish stol-shkafi bo‗lgani
ma‘qul. Stol-shkaflardagi ko‗chma tokchalar oshxona anjomlarini
saqlash uchun ancha qulay, chunki ularni idishlarning katta-kichikligiga
qarab turlicha balandlikda joylashtirish mumkin.
Jihozlari burchak
shaklida joylashtiriladi-gan oshxonalar uchun maxsus stol-shkaflar
bo‗lib, ular birlashtirilganda burchak shaklida stol hosil bo‗ladi. Bunday
stollarda vertikal o‗q atrofida aylanadigan tokchalar bo‗ladi. Tortmali
stol-shkaflar ham foydalanish uchun juda qulay. Stol-shkafning
suriladigan 1 ta yoki 2 ta taxtachasi bo‗lgani yaxshi. Bunday
taxtachaning biri stol qopqog‗i ostida joylashgan bo‗lib, unda
mahsulotlar to‗g‗raladi. Ikkinchi taxtacha tortma tagiga poldan 65 sm
balandlikda o‗rnatiladi, oddiy kursiga o‗tirib unda yumush qilish qulay.
Stol
tortmalarini pichoq, vilka, qoshiqlar va oshxonada ishlatish uchun
kerakli turli mayda buyumlarni qo‗yishga moslashtirilgan alohida
91
qismlarga bo‗lib qo‗yish yoki plastmassa idishlardan foydalanish
maqsadga muvofiq. Ish stolining usti pishiq,
issiqqa chidamli, oson
tozalanadigan bo‗lishi kerak. Shuning uchun ish stolining usti qat-qat
plastika bilan qoplangani yaxshi.
Dostları ilə paylaş: