Maxsus fanlarni



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/81
tarix12.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#142865
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81
23887 (1)

Nazorat savollari: 
 
1.
Zamonaviy pedagogik usullardan foydalanish orqali yangi 
mavzuni mustahkamlash. 
2.
Muammoli ta‘lim texnologiyasi. 
3.
Muammoni 
yechish 
uchun 
motivatsiya 
qo‗zg‗atilishini 
rivojlantirish qobiliyati. 
3.2. Talabalar maxsus-kasbiy ma‟lumotlarni mustaqil 
qidirishida rahbarlik, instruktajga bo„lgan qobiliyat 
 
Mustaqil mashg‗ulotlarni tashkil etish va o‗tkazishning o‗ziga xos 
xususiyatlar
Bilimlarni mustaqil ravishda egallashga intilish - talaba 
faoliyatining quyidagi eng ajralib turadigan xususiyati, mustaqil o‗qib 
bilim orttirish asosi hisoblanadi. O‗qib bilim egallash talabalarning 
mustaqil tayyorgarlik ko‗rishi, o‗qishga ijodiy tomondan yondashishi 
demakdir. Mustaqil o‗qish o‗quv jarayoni bilan birga belgilangan dastur 
va darsliklar (bildirgichlar) bo‗yicha, ba‘zi hollarda mazkur dastur va 
darsliklardan chetga chiqqan holda olib boriladi. Mustaqil ravishda 
bilish doirasini kengaytirish hamda qo‗shimcha nazariy va amaliy 
materialni egallash talaba egallayotgan kasbiy malaka va ishlab 
chiqarishda mustaqil ishlay bilish ko‗nikmasini orttirish bilan 
chambarchas bog‗langan. Agar o‗quv jarayoni dasturlar va dars 
jadvalida ko‗rsatilgan mashg‗ulotlar bilan cheklangan, olib boriladigan 
barcha mashg‗ulotlar dars xonasida tugallanadigan bo‗lsa, u holda 
texnika sohasida tayyorlanayotgan mutaxassislarning bilimi bir 
tomonlama bo‗lgan bo‗lar edi. Aytish lozimki, o‗quv jarayonining xolis 
o‗zi mutaxassislar tayyorlash uchun yetarli emas. O‗qish jarayoni 
mustaqil bilim orttirish bilan uyg‗unlashtirgandagina ko‗zlangan 
maqsadga erishish mumkin (muqarrar). 
Oliy texnika o‗quv yurtlarida talabalarning bilimlarini 
egallashdagi mustaqilligini rivojlantirishda ma‘ruza matnlari, darsliklar, 


73 
o‗quv qo‗llanmalar, ilmiy nashrlar, texnikaga oid jurnallar, hamdo‗stlik 
mamlakatlari va chet ellarda chop etilgan adabiyotlar, turli xil 
bildirgichlarning vositasi kattadir. Ma‘ruza matnlari va darsliklar 
bo‗yicha talaba dars jarayonida o‗qituvchi tomonidan berilgan o‗quv 
materialini 
takrorlaydi 
va 
mustahkamlaydi. 
Bunda 
talabalar 
darsliklardan o‗qituvchi topshirig‗i bo‗yicha o‗quv materialining 
ma‘lum qismini mustaqil o‗rganadilar. Biroq texnika bo‗yicha 
mutaxassislikni egallayotgan talabalar uchun faqat darsliklar, ma‘ruza 
matnlari bilan cheklanib qolish yetarli emas. Turli xil texnikani ishlab 
chiqaruvchi va ulardan foydalanuvchi korxonalarda mashinalarni 
loyihalashda, ishlatishda foydalanilayotgan yo‗riqnomalardan va texnika 
sohasiga xos ilmiy-texnik adabiyotlaridan keng foydalanishni yo‗lga 
qo‗yish talabalar bilimini to‗ldirishga va kengaytirishga imkoniyat 
yaratadi. Shuningdek mashinalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarda 
yaratilgan ilg‗or tajribalar bilan talabalarni mustaqil tanishtirib borish 
mutaxassislar tayyorlashdagi sifatni oshirish vositasi ekanligini 
o‗qituvchilarimiz yodda tutishlari kerak. 
Texnika oliy o‗quv yurtlari (TOO‗Yu)da talabalarning mustaqil 
ishlashini birinchi kursdan boshlab, to o‗qishning oxirigacha amalga 
oshirish zarur. Shuning bilan birgalikda talabalarga mustaqil o‗rganib 
bilim orttirish... 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin